12.07.2000 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR MEʼYORIY HUJJATLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH VA ISHLAB CHIQISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishda mehnatning muhofaza qilinishini taʼminlash uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda bozor qayta oʻzgartirishlari shart-sharoitlariga javob beradigan meʼyoriy bazani yaratish, shu asosda mulkchilikning barcha shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda ishlovchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga nazoratdagi obyektlar boʻyicha tasdiqlash uchun kiritiladi, qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoida va normalar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 28-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda ushbu Dasturga kirmagan standartlarni, xavfsizlik texnikasi qoidalarini, sanitariya norma va qoidalarini tahlil qilsinlar, mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalarda kelgusida qoʻllanish uchun qayta koʻrib chiqish va tasdiqlashning aniq rejalarini tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlamaydigan hamda ushbu Dasturga muvofiq masʼul ijrochilar sifatida jalb etilgan boshqa tashkilotlar norma va qoidalarning qayta koʻrib chiqilishini hamda ushbu ishlar uchun zarur mablagʻlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Dasturning budjet hisobidan mablagʻ taʼminlanadigan masʼul ijrochilari tomonidan bajariladigan mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish boʻyicha ishlarni Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining respublikaga tegishli qismi mablagʻlaridan moliyalashtirishga ruxsat etilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mehnat” nashriyoti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tavsiyasiga koʻra, mehnatni muhofaza qilishga doir ishlab chiqilgan norma va qoidalarni, boshqa normativlar va qoʻllanmalarni vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida nashr etishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yangi qabul qilingan normativlarni oʻrgatsinlar va ish jarayonida ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, shuningdek qayta koʻrib chiqishning yagona tizimini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) ishlab chiquvchi va ularni qayta koʻrib chiquvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidalarning oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi yoki qayta koʻrib chiqilishi, ularning kelishilishi, tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar masʼul hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, standartlar, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari, ergonomik talablar va boshqa normativ hujjatlar hisobga olingan holda ishlab chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoidalarni tasdiqlagan vazirliklar, idoralar ularning davlat standartlari, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini muntazam tekshirishlari hamda zaruriyat boʻlganda tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoidalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qoidalarni qayta koʻrib chiqishga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa normativ hujjatlarning oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnika va texnologiya joriy etilishi asos boʻlib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda qabul qilingan Qoidalarni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDAGI QOIDALAR MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoidalar quyidagi asosiy boʻlimlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy qism;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Noishlab chiqarish tarmoqlari (savdo, madaniyat tashkilotlari, davlat muassasalari) shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni tuzatish, montaj qilish, oʻrnatish va qurish bilan bogʻliq jarayonlar, teleradio korxonalari va aloqa korxonalari, transportda tashish, saqlash, tashish jarayonlari va boshqa jarayonlar uchun Qoidalar mazmuniga tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqib boʻlimlar qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI BOʻLIMLARI MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Umumiy qism” boʻlimida Qoidalar qoʻllanilishi va tatbiq etilishi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni oʻqitishni, ularning bilimlarini tekshirishni va ularga yoʻriqnoma berishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qoʻyiladigan sanitariya normalari darajalari, konsentratsiyalar va boshqa parametrlar koʻrsatilgan holda aniq bir ishlab chiqarish uchun xos boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan mehnat xavfsizligining qoʻshimcha talablari qoʻyiladigan yuqori xavf-xatarli kasblar va ishlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-kor tanlovi oʻtkazilishi zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning salomatligini nazorat qilishning davriyligiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar tatbiq etiladigan ishlab chiqarish jarayonlariga xos boʻlgan yoritish, harorat rejimi, namlik va boshqa omillar boʻyicha sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamollatish, isitish, havoni sovutish, suv quvuri, kanalizatsiya, energiya bilan jihozlash va yoritishga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan binolar, inshootlar, imoratlar, ishchi oʻrinlariga muhandislik jihatidan jihozlashga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy imoratlarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnati xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar uchun mehnat rejimiga, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarga, smenaning davom etishi cheklanishiga qoʻyiladigan talablar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya hujjatlarida hisobga olinishi kerak boʻlgan xavfsizlik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan yongʻin va portlash xavfsizligi talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning himoya qilinishini va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining avariya paytida uzib qoʻyilishini taʼminlaydigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim texnologiya operatsiyalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo boʻlganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlum qilish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlgan yoki kamroq intensivlikka ega boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, jarayonlar va operatsiyalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq texnologiya jarayonlari va operatsiyalarini almashtirish tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya jarayoni buzilgan taqdirda xodimlarning xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi materiallarga, yarim mahsulotga va yarim tayyor mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini oʻz vaqtida chiqarib tashlash va zararsizlantirishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada boʻlishini istisno etuvchi chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan texnologiya jarayonida foydalaniladigan aniq ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar davlat standartiga muvofiq boʻlishi kerak. Xavfsizlikning aniq talablari amaldagi standartlarga muvofiq asbob-uskunalarning alohida guruhlari va turlariga belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, kommunikatsiyalarni joylashtirishda xavfsizlik shartlari. Har bir asbob-uskuna, asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish binolari, inshootlar devorlari oʻrtasidagi masofa texnologiya loyihalashtirilishi normalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan texnologiya jarayoniga tatbiqan ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli omillar taʼsiri darajasining amaldagi sanitariya normalari bilan belgilangan miqdorgacha pasayishini taʼminlovchi usullar va chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladigan texnologiya taʼsiridan himoya qilish usullari va mehnat sharoitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish ishlarini olib borish shartlari va tartibi; uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatishni amalga oshirish muddatlari, tuzatish ishlarini olib borish uchun masʼul shaxsni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish ishlarini bajaruvchi shaxslarning malakasiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatiladigan uchastkani ajratish (toʻsib qoʻyish) zarurligi va tuzatishdan oldingi maxsus ishlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish ishlari xavfsiz olib borilishini taʼminlaydigan maxsus talablar, shu jumladan elektr energiyasini toʻxtatib qoʻyish va berish, ishlovchining yonida asbob-uskuna boʻlganda ochiq maydonlarda va binoda, zinapoyalarda va koʻtarish mexanizmlarida ishlash shartlari, himoya vositalari bilan taʼminlash va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar va moslamalarni tuzatishga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilib olish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi” boʻlimida Qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi uchun mansabdor shaxslar va xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarligi belgilanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI RASMIYLASHTIRISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoidalar talablarini bayon qilish har xil talqin qilish imkoniyatini istisno qiluvchi loʻnda va aniq boʻlishi kerak. Majburiy talablarni bayon qilishda Qoidalarda “kerak”, “lozim”, “zarur” va ulardan hosil boʻluvchi soʻzlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoidalarni bayon qilishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda qabul qilingan atamalar va taʼriflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SI tizimida ifodalangan fizik miqdorlar qoʻllanilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hajmi va mazmuniga bogʻliq ravishda Qoidalar quyidagi pasayib boruvchi tarkibiy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tarkibiy birliklarga boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimlar va boblar rim raqamlari bilan belgilanadi va ularda sarlavha boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, ularga arab raqamlari bilan tartib raqami qoʻyiladi va ularda sarlavha boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoidalarning har bir bandida bitta tugallangan normativ koʻrsatma boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalari, qoidaga koʻra, ilovalarda joylashtirilishi, matnda esa tegishli havolalar koʻrsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI KELISHISH VA TASDIQLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishlab chiqilgan Qoidalar tushuntirish xati bilan birgalikda kelishish va tasdiqlash uchun yuboriladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar birinchi marta ishlab chiqilganligi yoki amaldagi Qoidalar qayta ishlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarni ishlab chiqish yoki qayta ishlash uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular asosida kiritilgan hujjatlar va materiallar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqishda qatnashgan tashkilot (birinchi boʻlib ishlab chiquvchi tashkilot yoziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tayyorlangan qoidalar ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamijrochi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena talablariga tegishli qismi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga tegishli qismi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda boshqa organlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan Qoidalar, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(22-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Belgilangan tartibda kelishilgan Qoidalar masʼul ijrochilar tomonidan tegishliligi boʻyicha tasdiqlash uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Qoidalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)