Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR MEʼYORIY HUJJATLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH VA ISHLAB CHIQISH TOʻGʻRISIDA
Ishlab chiqarishda mehnatning muhofaza qilinishini taʼminlash uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda bozor qayta oʻzgartirishlari shart-sharoitlariga javob beradigan meʼyoriy bazani yaratish, shu asosda mulkchilikning barcha shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda ishlovchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yoki Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga nazoratdagi obyektlar boʻyicha tasdiqlash uchun kiritiladi, qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoida va normalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
3. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda ushbu Dasturga kirmagan standartlarni, xavfsizlik texnikasi qoidalarini, sanitariya norma va qoidalarini tahlil qilsinlar, mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalarda kelgusida qoʻllanish uchun qayta koʻrib chiqish va tasdiqlashning aniq rejalarini tuzsinlar.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlamaydigan hamda ushbu Dasturga muvofiq masʼul ijrochilar sifatida jalb etilgan boshqa tashkilotlar norma va qoidalarning qayta koʻrib chiqilishini hamda ushbu ishlar uchun zarur mablagʻlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Dasturning budjet hisobidan mablagʻ taʼminlanadigan masʼul ijrochilari tomonidan bajariladigan mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish boʻyicha ishlarni Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining respublikaga tegishli qismi mablagʻlaridan moliyalashtirishga ruxsat etilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Mehnat” nashriyoti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tavsiyasiga koʻra, mehnatni muhofaza qilishga doir ishlab chiqilgan norma va qoidalarni, boshqa normativlar va qoʻllanmalarni vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida nashr etishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yangi qabul qilingan normativlarni oʻrgatsinlar va ish jarayonida ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-iyul,
267-son
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
TARTIBI
Mazkur Tartib “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan tayyorlangan va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, yangilarini tasdiqlash, shuningdek amal qilayotganlarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilishning yagona tizimini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi (keyingi oʻrinlarda “Tartib” deb ataladi) vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, tashkilotlar va mulkchilikning har qanday shakllaridagi va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarga, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalarini (keyingi oʻrinlarda “Qoidalar” deb ataladi) ishlab chiquvchi va ularni qayta koʻrib chiquvchi shaxslarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoidalar oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi yoki qayta koʻrib chiqilishi, ularning kelishilishi, tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, agentliklar va uyushmalar javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, standartlar, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari, ergonomik talablar va boshqa normativ hujjatlar hisobga olingan holda ishlab chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoidalarni tasdiqlagan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ularning davlat standartlari, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini muntazam tekshirishlari hamda zaruriyat boʻlganda tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoidalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qoidalarni qayta koʻrib chiqishga:
qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa normativ hujjatlarning oʻzgarishi;
yangi texnika va texnologiya joriy etilishi asos boʻlib hisoblanadi.
6. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda tasdiqlangan Qoidalarni oʻzlariga qarashli muassasalar, tashkilotlar, korxonalarga yetkazadi va ularning bajarilishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDAGI QOIDALAR MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
7. Qoidalar quyidagi asosiy boʻlimlarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy qism;
xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar;
ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar;
ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar;
tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi.
8. Noishlab chiqarish tarmoqlari (savdo, madaniyat tashkilotlari, davlat muassasalari) shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni tuzatish, montaj qilish, oʻrnatish va qurish bilan bogʻliq jarayonlar, teleradio korxonalari va aloqa korxonalari, transportda tashish, saqlash, tashish jarayonlari va boshqa jarayonlar uchun Qoidalar mazmuniga tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqib boʻlimlar qoʻshilishi mumkin.
III. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI BOʻLIMLARI MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
9. “Umumiy qism” boʻlimida Qoidalar qoʻllanilishi va tatbiq etilishi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon qilinishi kerak.
10. “Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar” boʻlimida:
Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish;
xodimlarni oʻqitishni, ularning bilimlarini tekshirishni va ularga yoʻriqnoma berishni tashkil etish;
yoʻl qoʻyiladigan sanitariya normalari darajalari, konsentratsiyalar va boshqa parametrlar koʻrsatilgan holda aniq bir ishlab chiqarish uchun xos boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati;
ularga nisbatan mehnat xavfsizligining qoʻshimcha talablari qoʻyiladigan yuqori xavf-xatarli kasblar va ishlar roʻyxati;
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash zarurligi;
kasb-kor tanlovi oʻtkazilishi zarurligi;
xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlariga qoʻyiladigan talablar;
xodimlarning salomatligini nazorat qilishning davriyligiga qoʻyiladigan talablar;
Qoidalar tatbiq etiladigan ishlab chiqarish jarayonlariga xos boʻlgan yoritish, harorat rejimi, namlik va boshqa omillar boʻyicha sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari talablari;
korxonalarning ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan talablar;
shamollatish, isitish, havoni sovutish, suv quvuri, kanalizatsiya, energiya bilan jihozlash va yoritishga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan binolar, inshootlar, imoratlar, ishchi oʻrinlariga muhandislik jihatidan jihozlashga qoʻyiladigan talablar;
maishiy imoratlarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablar;
mehnati xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar uchun mehnat rejimiga, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarga, smenaning davom etishi cheklanishiga qoʻyiladigan talablar nazarda tutilishi kerak.
11. “Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida;
texnologiya hujjatlarida hisobga olinishi kerak boʻlgan xavfsizlik talablari;
ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan yongʻin va portlash xavfsizligi talablari;
xodimlarning himoya qilinishini va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining avariya paytida uzib qoʻyilishini taʼminlaydigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi;
ayrim texnologiya operatsiyalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo boʻlganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlum qilish usullari;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlgan yoki kamroq intensivlikka ega boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, jarayonlar va operatsiyalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq texnologiya jarayonlari va operatsiyalarini almashtirish tadbirlari;
texnologiya jarayoni buzilgan taqdirda xodimlarning xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar;
birlamchi materiallarga, yarim mahsulotga va yarim tayyor mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar;
birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan talablar;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini oʻz vaqtida chiqarib tashlash va zararsizlantirishga qoʻyiladigan talablar;
xodimlarning birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada boʻlishini istisno etuvchi chora-tadbirlar;
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha talablar belgilanadi.
12. “Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
muayyan texnologiya jarayonida foydalaniladigan aniq ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar davlat standartiga muvofiq boʻlishi kerak. Xavfsizlikning aniq talablari amaldagi standartlarga muvofiq asbob-uskunalarning alohida guruhlari va turlariga belgilanadi;
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, kommunikatsiyalarni joylashtirishda xavfsizlik shartlari. Har bir asbob-uskuna, asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish binolari, inshootlar devorlari oʻrtasidagi masofa texnologiya loyihalashtirilishi normalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi;
muayyan texnologiya jarayoniga tatbiqan ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
zararli omillar taʼsiri darajasining amaldagi sanitariya normalari bilan belgilangan miqdorgacha pasayishini taʼminlovchi usullar va chora-tadbirlar;
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladigan texnologiya taʼsiridan himoya qilish usullari va mehnat sharoitlari.
13. “Tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
tuzatish ishlarini olib borish shartlari va tartibi; uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
tuzatishni amalga oshirish muddatlari, tuzatish ishlarini olib borish uchun masʼul shaxsni tayinlash;
tuzatish ishlarini bajaruvchi shaxslarning malakasiga qoʻyiladigan talablar;
tuzatiladigan uchastkani ajratish (toʻsib qoʻyish) zarurligi va tuzatishdan oldingi maxsus ishlarni bajarish;
tuzatish ishlari xavfsiz olib borilishini taʼminlaydigan maxsus talablar, shu jumladan elektr energiyasini toʻxtatib qoʻyish va berish, ishlovchining yonida asbob-uskuna boʻlganda ochiq maydonlarda va binoda, zinapoyalarda va koʻtarish mexanizmlarida ishlash shartlari, himoya vositalari bilan taʼminlash va boshqalar;
asbob-uskunalar va moslamalarni tuzatishga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilib olish tartibi.
14. “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi” boʻlimida Qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi uchun mansabdor shaxslar va xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarligi belgilanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI RASMIYLASHTIRISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
15. Qoidalar talablarini bayon qilish har xil talqin qilish imkoniyatini istisno qiluvchi loʻnda va aniq boʻlishi kerak. Majburiy talablarni bayon qilishda Qoidalarda “kerak”, “lozim”, “zarur” va ulardan hosil boʻluvchi soʻzlar qoʻllaniladi.
16. Qoidalarni bayon qilishda:
belgilangan tartibda qabul qilingan atamalar va taʼriflar;
SI tizimida ifodalangan fizik miqdorlar qoʻllanilishi kerak.
17. Hajmi va mazmuniga bogʻliq ravishda Qoidalar oʻz nomiga ega boʻlgan alohida boʻlimlarga boʻlinadi. Boʻlimlarga Rim raqamlari bilan boshdan oxir bir tartibdagi raqamlar qoʻyilishi kerak, barcha boʻlimlarning kichik boʻlimlari boshdan oxir bir tartibdagi arab raqamlari bilan belgilanadi.
Qoidalar matniga ilovalarda “1-ilova” va hokazo majburiy belgilar qoʻyilgan holda boshdan oxir bir tartibdagi raqamlar qoʻyiladi, jadvallarga “1-jadval” va hokazo holda majburiy belgi qoʻyilgan holda boshdan oxir bir tartibdagi raqamlar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qoidalarning har bir bandida bitta tugallangan normativ koʻrsatma boʻlishi kerak.
19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalari, qoidaga koʻra, ilovalarda joylashtirilishi, matnda esa tegishli havolalar koʻrsatilishi kerak.
20. Qoidalarning sarvaragʻi 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
Sarvaraqning ichki tomonida (2-ilova) quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Qoidalarni ishlab chiquvchilar (mualliflar);
Qoidalarning qisqacha tavsifi;
Qoidalar qoʻllaniladigan soha;
Qoidalar birinchi marta ishlab chiqilganligi yoki ilgari amal qilgan hujjat asosida qayta koʻrib chiqilganligi (ular qaysi hujjat oʻrniga yaratilganligi koʻrsatilishi kerak);
Qoidalarning kuchga kirish sanasi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI KELISHISH VA TASDIQLASH TARTIBI
21. Ishlab chiqilgan Qoidalar tushuntirish xati bilan birgalikda kelishish va tasdiqlash uchun yuboriladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Qoidalar birinchi marta ishlab chiqilganligi yoki amaldagi Qoidalar qayta ishlanganligi;
Qoidalarni ishlab chiqish yoki qayta ishlash uchun asoslar;
oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular asosida kiritilgan hujjatlar va materiallar roʻyxati;
ishlab chiqishda qatnashgan tashkilot (birinchi boʻlib ishlab chiquvchi tashkilot yoziladi).
22. Tayyorlangan qoidalar ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan:
hamijrochi tashkilotlar;
Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi;
sanitariya-gigiyena talablariga tegishli qismi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi;
qurilish normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi talablariga tegishli qismi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi;
zaruriyat boʻlganda boshqa organlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Qoidalar, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(22-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Belgilangan tartibda kelishilgan Qoidalar masʼul ijrochilar tomonidan tegishliligi boʻyicha tasdiqlash uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda tasdiqlangan Qoidalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qoidalarni tasdiqlagan organning nomi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan
|
|
|
|
|
№____________________ |
|
_______yil “___” ____________ |
|
KELISHILDI |
|
TASDIQLANDI |
|
Tashkilotlar nomi |
|
Tashkilotning nomi |
|
(Mazkur Tartibning 22-bandiga muvofiq) |
|
sana |
|
Sana |
|
Tasdiqlash hujjati |
|
Kelishish hujjati |
|
№ |
|
№ |
|
|
|
QOIDALAR | ||
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qoidalarning qisqacha bayoni va qoʻllanish sohasi
Birinchi marta ishlab chiqilgan
yoki ilgari amal qilgan qoidaning (nomi)
oʻrniga ishlab chiqilgan
____________ dan boshlab kuchga kiradi
Muharrir yoki tahrir hayʼati tarkibi
Ishlab chiquvchilar:
Ishlab chiquvchi tashkilotning nomi (ishlab chiquvchi, agar ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan boʻlsa ishchi guruh tarkibi koʻrsatilsin).
Keyingi tahrirga qarang.