Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2697-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-apreldagi 54, 2019/31-1, 7, 2019-18, 01-02/8-23-sonli “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2697-2, 13.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-apreldagi PQ-1961-son “Mahalliy isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 23-iyundagi 54, EG-01/14-3170, 96, 2015-17, 01-02/8-16-son “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2697, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 375-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
67-son
Tashqi savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
2017/09-09-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
133-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
2017-21-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 5-iyun,
01-02/8-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 5-iyundagi, 67, 2017/09-09, 133, 2017-21 va 01-02/8-21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash hamda ular tomonidan daromadlarning alohida-alohida hisobini yuritish tartibini belgilaydi.”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarga tatbiq etiladi.”;
v) 4-banddan “, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
g) 5 va 17-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
d) 14-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining” degan soʻzlar “Tashqi savdo vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 16-banddagi “, mazkur Nizom 1-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar” degan soʻzlar “korxonalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 506-modda)