07.06.2017 yildagi PQ-3042-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5075-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni taʼminlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklariga quyidagilarni taʼminlash yuklatilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududidagi soliq toʻlovchilarni toʻliq qamrab olish va soliqlar yigʻiluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy budjet daromadlarini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri tumanlari budjetlarining umumiy hajmidan 1 foiz miqdorida tuman hokimliklari zaxira jamgʻarmalari shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va tuman hokimliklari tumanlar budjeti parametrlariga nisbatan 8 foiz miqdorida aylanma kassa mablagʻlarini yil oxirigacha shakllantirishni taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman budjetlarida belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining chorak yakuni bilan saqlanishi va xarajatlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini gʻaznachilik boʻlinmalari taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahri hududida budjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliyaviy yil oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi lozim;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vakolatiga kiruvchi muayyan xarajatlar Toshkent shahar mahalliy budjetiga berilganda, ularni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan oʻzaro hisob-kitoblar orqali mablagʻlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan daromadlar parametrlari bajarilmasligi natijasida quyi mahalliy budjetlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi moliya yili mobaynidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari — aylanma kassa mablagʻlarini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalari orqali qoplanadi, bir moliya yilidan ortiq boʻlgan davrdagi kassa uzilishlari — yuqori budjetdan 2 yilgacha boʻlgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, 2017-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlariga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirish kiritsin, bunda Toshkent shahri shahar va tumanlar budjetlarining parametrlari moliya yili uchun bir marta tasdiqlanadi va ularning daromadlarini oshirish yoki kamaytirishga aniqlik kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlariga quyidagi vakolatlar berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda mahalliy budjetlar parametrlariga tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida oʻzgartirish kiritish boʻyicha tegishli Xalq deputatlari kengashiga taklif kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar budjetlarida har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismini mustaqil tasarruf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet xarajatlari, jumladan, belgilangan normativlar doirasida budjet tashkilotlari va ularning shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga moliya yili davomida boʻshab qolgan mablagʻlarni boshqa zarur xarajatlarga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan budjet tashkilotlari rahbarlari, hokimlik, moliya, gʻaznachilik va soliq organlari xodimlarini erishilgan natijalar asosida yiliga bir oylik lavozim ish haqi miqdorida tegishli ravishda Toshkent shahar va tumanlar budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan bir martalik mukofotlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat budjet inspektorlari lavozimlari joriy etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar parametrlarining budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi boʻyicha nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarda aylanma kassa mablagʻlarining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablagʻlari miqdorlarining toʻgʻri aniqlanishi ustidan monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar hisobidan budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, eʼlonlar berish muddatlari belgilanishi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3042-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 491-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)