1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqodga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini toʻliq taʼminlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1056-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1056/2400-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi oʻzgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolishi belgilab qoʻyilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 551-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 09/19/551/3369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi aviaqatnovlarida fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish-kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tadbirlar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha tashkiliy guruhlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning roʻyxati asosida ularni “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida roʻyxatdan oʻtkazib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)lardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hozirgi vaqtga qadar mazkur oʻzini oʻzi boshqarish organlarida navbatda turgan ziyoratchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, xatlov natijalari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxatlarni tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha tashkiliy guruhlarga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar bilan birgalikda har yili “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar kvotasining roʻyxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib, mutanosib ravishda taqsimlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari hamda “Haj” va “Umra” safarlariga boradigan fuqarolarning kvotasi va uning hududlar boʻyicha taqsimoti haqida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. “Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bogʻliq tadbirlar, Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishiga, xususan “Mahalla” telekanali imkoniyatidan koʻproq foydalanishga eʼtibor qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Saudiya Arabistoni Podshohligi (keyingi oʻrinlarda Saudiya Arabistoni deb ataladi) Haj vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkiloti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoni bilan tashkil qilingan Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) bilan kelishgan holda har yili imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Haj” va “Umra” tadbirlarini ado etuvchi dindorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 20-maydagi PQ-869-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) Bosh konsulxonaning “Haj” va “Umra” ishlari boʻyicha attashesi (keyingi oʻrinlarda Bosh konsulxonaning attashesi deb ataladi) Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” tadbirlariga borgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda ziyoratchilar deb ataladi) tadbirlarni toʻliq bajarishida hamda ularning xavfsizligini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni va ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatilishini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uchun ajratilgan oʻrinlar, toʻlovlarning miqdori va boshqalar) muntazam ravishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamoatchilik kengashi, hayʼatlar va tashkiliy guruhlarning tashkil etilishi, ularning tarkibi, vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida Jamoatchilik kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar (keyingi oʻrinlarda hayʼatlar deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar miqyosida tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha tashkiliy guruhlar (keyingi oʻrinlarda tashkiliy guruhlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hayʼatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatlar quyidagi tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari (hayʼat raisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralash ishlarini Haj mavsumidan kamida besh oy avval boshlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini hamda ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sogʻlomlashtirishda hamda mahallalardagi yoʻldan adashganlarni sogʻlom eʼtiqodga qaytarishda alohida namuna koʻrsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga borishiga tavsiya berish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq qonun hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilish vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq Jamoatchilik kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvota asosida tumanlar (shaharlar) boʻyicha kvotani ishlab chiqish hamda har yili tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda Jamoatchilik kengashiga mazkur roʻyxat va kerakli hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun chet elga chiqish jarayonini hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida ziyoratchilarning shaxsiy maʼlumotnomalari yagona bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlarining qoplanishi uchun Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasiga qoʻshimcha tarzda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha alohida smeta ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda diniy va konfessiyalararo bagʻrikenglikni targʻib etish, islomning anʼanaviy hanafiy mazhabiga zid boʻlgan radikal-ekstremistik mafkuralarning oʻz mohiyati boʻyicha buzgʻunchi ekanligini fosh qilishga doir Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklari hayʼatning ishchi organi funksiyasini bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ quyidagi ishlarni tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar asosida ziyoratchilarning chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarni (Saudiya Arabistonida har bir “Haj” va “Umra” ziyoratchisi uchun shartnomaga koʻra sarflanadigan xarajat, aviachiptalar, vaksinalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, “Haj” va “Umra” qoʻllanmasi va DVD disk, ziyoratchilar kiyim-kechagi, sumka va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlarni) ziyoratchilar tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) naqd yoki naqd pulsiz tartibda milliy valyutada oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkiliy guruhlar tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuman (shahar) hokimlari tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy guruhlar tarkibiga, qoidaga koʻra, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari (tashkiliy guruh raisi), bosh imom-xatib, ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar tashkiliy guruhlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” ibodatlari bilan bogʻliq qonun hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilishi vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq hayʼatlar tomonidan tuman (shahar) boʻyicha taqdim etiladigan kvota asosida hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kvotani belgilash hamda tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. Belgilangan muddatlarda tegishli hayʼatlarga mazkur roʻyxat va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)lardagi fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun chet elga chiqish jarayonini hisobga olish va tizimlashtirish maqsadida ziyoratchilarning shaxsiy maʼlumotnomalari yagona bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da diniy va konfessiyalararo bagʻrikenglikni targʻib etish, islomning anʼanaviy hanafiy mazhabiga zid boʻlgan radikal-ekstremistik mafkuralarning oʻz mohiyati boʻyicha buzgʻunchi ekanligini fosh qilishga doir Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yigʻini miqyosida saralab olish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga, qoidaga koʻra, tuman bosh imomi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla raisi, fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, fuqarolar yigʻini raisining Keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi kiritiladi.
(141-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamoatchilik kengashi, hayʼatlar, tashkiliy guruhlar va ishchi guruhlar oʻzlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va oʻtkazilishida davlat hamda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq faoliyati monitoringini olib borish hamda bu haqda Jamoatchilik kengashiga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarining tayyorlanishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatlar tomonidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatining tuzilishini, ziyoratchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, emlanishini, ularga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerining olinishini va “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda islom ahkomlari va shariat qonun-qoidalarini biladigan, jamoat ishlarida faol boʻlgan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari orasidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari, shuningdek, tibbiy xodimlar, tajribali oshpazlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlari hamda mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumida hududlarda ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash, shu jumladan ziyoratchilarning tasdiqlangan jadval asosida Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda boʻlishi va u yerdan qaytib kelishlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumi davomida ziyoratchilarning sogʻ-salomat va ibodatlarni toʻla-toʻkis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqada boʻlish, ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilar guruh rahbarlarining faoliyatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh konsulxonaning attashesi yordamida Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi mehmonxona, transport va oziq-ovqat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-sayti orqali “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimiga (keyingi oʻrinlarda ziyoratchilarning onlayn navbat tizimi deb ataladi) shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimni doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarini tayyorlash va Jamoatchilik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan bir oy oldin ziyoratchilarni emlash uchun vaksina yetkazib beruvchi, ziyoratchilar uchun kiyim-kechak va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun alohida-alohida tender (tanlov) oʻtkazish va tender (tanlov) xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritib, Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tender (tanlov)da gʻolib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni emlash uchun zarur miqdordagi vaksinalarning tegishli tashkilotlar tomonidan hayʼatlar belgilaydigan tibbiyot muassasalariga oʻz vaqtida yetkazilishini va ziyoratchilarni emlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlarning Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun xizmat koʻrsatadigan xorijiy tashkilotlarga toʻlanadigan mablagʻlarning oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini hamda ushbu mablagʻlarning Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) shartnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish (pasportlarning arab tilidagi nusxasini tayyorlash) va ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi orqali vizalar olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning Oʻzbekiston Respublikasidan Saudiya Arabistoniga va Saudiya Arabistonidan Oʻzbekiston Respublikasiga borish-kelishlari yuzasidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda aviaqatnovlar jadvallarini ishlab chiqish, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan tegishli shartnomalarni imzolash hamda ziyoratchilarning safardan kamida oʻn besh kun oldin ushbu aviaqatnovlar jadvali bilan tanishtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumida ziyoratchilarning guruh rahbarlari roʻyxatini tuzib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning guruh rahbarlari tomonidan ziyoratchilarning “Haj” va “Umra” amallarini toʻliq ado etishlari maqsadida ziyorat joylarining maketlari yordamida hamda taqdimot shaklida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida “Haj” va “Umra” tadbirlari toʻgʻrisida bosma va video qoʻllanmalarni tayyorlash hamda ziyoratchilarga safardan kamida oʻn besh kun oldin yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi va u yerdan qaytishi jadvaliga qatʼiy rioya etishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari oldidan ommaviy axborot vositalari orqali muqaddas joylarga ziyoratga borish tartib-qoidalari, ziyoratlarning mazmun-mohiyati haqida, shuningdek fuqarolarning noqonuniy yoʻllar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishga urinishlarining oldini olishga doir keng koʻlamli tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida, shuningdek ziyoratchilar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari bilan safaroldi uchrashuvlari va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini va jamoat xavfsizligini taʼminlash. Ziyoratchilarning belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishini yoʻl-patrul xizmati kuzatuvida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni kuzatish va kutib olish guruhi bilan bevosita hamkorlikda ish olib borilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni emlash uchun vaksina yetkazib beruvchi tashkilotni tanlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkaziladigan tender (tanlov)ni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ziyoratchilarni oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash va Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi talablaridan kelib chiqib, ziyoratchilarga emlanganlik toʻgʻrisida tibbiy sertifikatlar taqdim etilishini taʼminlash. Bunda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirilishini taʼminlash;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 551-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 09/19/551/3369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tayyorlash, hamda mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning ishchi guruh vakillari koʻmagida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar bilan birga yuborilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar nomzodlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etish. “Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar roʻyxati Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng mazkur tibbiy xodimlar bilan safaroldi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga oʻz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini, profilaktika ishlari amalga oshirilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya Arabistoni Haj vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining har yilgi Jidda shahriga safari bilan bogʻliq tashkiliy ishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan vizalar rasmiylashtirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh konsulxonaning attashesi ishtirokida “Haj” va “Umra” tadbirlari boʻyicha tuziladigan shartnomalarni oʻz vaqtida legallashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari davomida ziyoratchilarning sogʻ-salomat va ibodatlarni toʻla-toʻkis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi mutasaddi tashkilotlar bilan doimiy aloqada boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatiga binoan joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan qabul qilingan mablagʻlarni oʻz vaqtida konvertatsiya qilib, Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilotining hisobvaraqlariga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻz vaqtida oʻtkazishni tashkil etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/144/0314-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan ziyoratchilarni tashish yuzasidan shartnomalar tuzish hamda Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish va olib kelish boʻyicha aviaqatnovlar jadvallarini Saudiya Arabistonining mutasaddi tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni tegishli yoʻnalishlarda tashishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari yil davomida doimiy amalga oshirilishini hamda mazkur ziyoratlarga boradigan fuqarolarning soni koʻpligini inobatga olib, ziyoratchilar uchun turli noqulayliklar va qiyinchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida aeroportda ziyoratchilarga samolyotning uchish vaqtini kutish, dam olish, ovqatlanish, ibodat qilish imkonini beradigan alohida bino ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” mavsumida mehmonxonalarda ziyoratdan qaytayotgan ziyoratchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning yuklarini qabul qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarda ziyoratchilarning yuklarini belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3154, 19.04.2019-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar orqali harakatlanayotgan “Haj” va “Umra” ziyoratchilarining respublikadan uchib ketishlari va unga uchib kelishlarida qulayliklar yaratish, bojxona nazorati zonasida uzoq vaqt turib qolishlarining oldini olish maqsadida aeroportlarning uchib ketish va uchib kelish zallarida alohida yoʻlakchalar ajratilib, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratiga uchib ketayotgan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida oldindan tarqatilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga zarur miqdorda Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi blankalarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” ziyoratchilarining uchib kelishlarida bojxona rasmiylashtiruvini havo kemasining oʻzida amalga oshirish uchun guruh tashkil etish va uni tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xodimlari havo kemasida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga uchib borib kelishida ushbu bojxona xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 30-oktabrdagi 299-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi aholiga “Haj” va “Umra” tadbirlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish hamda noqonuniy yoʻllar bilan ziyoratga borishning oldini olishga doir tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar oʻzlariga yuklangan “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va oʻtkazilishi bilan bogʻliq barcha vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni roʻyxatga olish va tegishli yilda kvotaga kiritiladigan fuqarolarning sonini aniqlash. Tadbirlarga yuborish vaqtida qoʻyiladigan qoʻshimcha shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har yili “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar kvotalari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga, viloyatlar va Toshkent shahriga — Jamoatchilik kengashi tomonidan, tumanlarga — Hayʼatlar tomonidan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga — Tashkiliy guruhlar tomonidan roʻyxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi, hayʼatlar va tashkiliy guruhlar kvotalarni belgilashni ziyoratchilarning onlayn navbat tizimiga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun ariza beruvchi doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ariza hamda pasporti nusxasini taqdim etishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun arizasi ularning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joylaridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yil davomida qabul qilinib, navbatga qoʻyib boriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlar navbatga qoʻyilishidan avval ushbu Nizomning 282-bandida nazarda tutilgan talablar asosida ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi va saralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun fuqarolar yigʻini raisi tomonidan nomzodlarning alohida roʻyxati shakllantiriladi. Nomzodlarga ular suhbatdan oʻtkazish va saralash uchun roʻyxatga qoʻshilganligi hamda suhbatdan oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻining raisi tomonidan xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh har oyning 5 sanasidan kech boʻlmagan muddatda shakllangan roʻyxat asosida “Haj” tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qoʻyish uchun nomzodlarni suhbatdan oʻtkazadi va saralaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. “Haj” tadbiriga borishga navbatga qoʻyiladigan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomzod moddiy va jismoniy jihatdan “Haj” tadbiriga qodir boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Haj” amallarini toʻgʻri va toʻla-toʻkis ado etishi uchun yetarli diniy bilimga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nomzod maʼnaviyati, maʼrifati va odob-axloqi bilan mahallada obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oilasidagi muhitning sogʻlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalla fuqarolar yigʻinidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashda ibrat boʻla olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻldan adashganlarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishi, mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkaziladigan xayriya tadbirlarida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushbu Nizomning 46-bandi talablariga javob berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Saralash natijasiga koʻra “Haj” tadbiriga borishga navbatga qoʻyiladigan nomzodlar roʻyxati tegishli hududdagi masjid va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida eʼlon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular boʻyicha jamoatchilik fikri oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif yoki eʼtirozlar ishchi guruh tomonidan 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi va tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh jamoatchilik fikri asosida fuqaroni “Haj” tadbiriga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qoʻyish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga 1 kun muddatda tavsiya beradi”.
(281 — 283-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni roʻyxatga olish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuman (shahar) hokimligi muhri bilan tasdiqlangan, varaqlari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan namunaga muvofiq maxsus jurnallarni yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi arizani qabul qilib olgandan soʻng ariza beruvchiga ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda maʼlumotnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turganlar roʻyxatini tegishli hududdagi fuqarolarining tanishishi uchun qulay joy (eʼlonlar taxtasi)ga doimiy ravishda joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har oyning 5-sanasiga qadar oʻzining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini ziyoratchilarning onlayn navbat tizimida roʻyxatga olish uchun tashkiliy guruhga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Har yili “Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan oldin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy guruh kvotani tasdiqlagandan keyin ikki kun mobaynida, ajratilgan kvotaga muvofiq tegishli yilda oʻzining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini navbat boʻyicha tuzadi hamda imzo va muhr bilan tasdiqlagan holda tashkiliy guruhlarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan fuqarolar tashkiliy guruh tomonidan Saudiya Arabistoniga joʻnashdan kamida bir oy oldin yozma shaklda pochta orqali xabardor qilinadi. Fuqaroning pochta orqali xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat tashkiliy guruhda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan, biroq ziyoratga bormaydigan yoki ziyoratga borish imkoni boʻlmagan fuqarolardan bu haqda ariza olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 46-bandi toʻrtinchi xatboshiga muvofiq “Haj” va “Umra” tadbirlariga mahrami bilan borishi lozim boʻlgan ayollarning navbatga yozilgan mahrami ziyoratga bora olmagan taqdirda uning oʻrniga ayolning ushbu Nizomning 46-bandi talablariga javob beradigan boshqa mahrami borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun roʻyxatda turgan fuqaroning oʻz navbati kelganda muayyan sabablarga koʻra ziyoratga borish imkoni boʻlmasa, u ariza bilan navbatini bir yilgacha muddatga orqaga surishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yildan soʻng ham fuqaroning muayyan sabablarga koʻra ziyoratga borish imkoni boʻlmasa uning navbati bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pochta orqali xabardor qilingan fuqaro ziyoratga oid ishlarni amalga oshirish uchun tashkiliy guruhga murojaat qilmasa, tashkiliy guruh vakili mazkur fuqaroning yashaydigan manziliga borib, fuqaroni yoki uning yaqin qarindoshlarini yoxud u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslarni yozma tarzda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda xabardor qilingan fuqaro tashkiliy guruhga murojaat qilmasa yoki fuqaroning yaqin qarindoshlari yoxud u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslar navbatda turgan fuqaroning muayyan sabablarga koʻra ziyoratga bora olmasligini maʼlum qilsa, tashkiliy guruh tomonidan fuqaroning yaqin qarindoshlari yoki u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslar bilan hududdagi fuqarolar yigʻini raisi ishtirokida dalolatnoma tuzilib, mazkur fuqaroning navbati bekor qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xuddi shunday dalolatnoma tashkiliy guruh vakilining fuqaro yashaydigan manzilga borib ariza beruvchini, uning yaqin qarindoshlari yoki u bilan birga yashaydigan boshqa shaxslarni topa olmagan taqdirda ham tuziladi va fuqaroning navbati bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Fuqaroning navbati bekor qilinganda uning oʻrniga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida undan keyin navbatda turgan fuqaro ziyoratga borish huquqiga ega boʻladi hamda bu haqda ushbu fuqaro uch kun mobaynida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yozma tarzda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga muvofiq navbati bekor qilingan fuqarolar “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga qaytadan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatda turgan fuqarolarning oʻz navbatini oʻzaro almashtirishiga yoki uni roʻyxatda turmagan fuqarolarga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi oʻzgargan taqdirda ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkiliy guruhlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ziyoratchilarning roʻyxati asosida ularni “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimida roʻyxatdan oʻtkazib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yuritiladigan “Haj” va “Umra” safariga borish istagini bildirgan fuqarolarni qayd etish jurnali hamda tegishli hudud boʻyicha onlayn navbat tizimiga kiritilgan ziyoratchilarning roʻyxatining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkiliy guruhlarga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkiliy guruhlar tegishli yilda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolardan oʻzlari hisobda turgan tibbiyot muassasalaridan salomatligi, ziyoratga borishga qodir ekanligi haqidagi maʼlumotnomani va rangli fotosuratlarini qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy guruhlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan olingan roʻyxatlar asosida kvotaga muvofiq tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini hayʼatlar kvotani tasdiqlagandan keyin oʻn kun mobaynida umumlashtiradi. Umumlashtirilgan roʻyxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Mazkur roʻyxatning birinchi nusxasi elektron varianti bilan birga hayʼatlarga taqdim etiladi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi tashkiliy guruhda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hayʼatlar tashkiliy guruhlardan olingan roʻyxatlar asosida tegishli yilda oʻzining hududidan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini umumlashtiradi va ziyoratchilar pasportlarining amal qilish muddati, chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikeri borligini tekshirish, ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatlar oʻzining hududidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarning roʻyxatini Jamoatchilik kengashi kvotani tasdiqlagandan keyin yigirma kun mobaynida umumlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumlashtirilgan roʻyxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Hayʼatlar mazkur roʻyxatning birinchi nusxasini elektron varianti bilan birga Jamoatchilik kengashiga taqdim etadi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi hayʼatlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ziyoratchilarni ziyoratga yuborishdan kamida oʻn kun oldin Jamoatchilik kengashi hayʼatlardan olingan roʻyxatlar asosida tegishli yilda respublika miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlarga taqsimlaydi, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga olib borish va olib kelish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jamoatchilik kengashi va hayʼatlar tomonidan ziyorat bilan bogʻliq barcha shart-sharoitlar (ziyorat toʻlovlari, shartlari va muddati) haqida ziyoratchilarga “Haj” tadbiri boshlanishidan kamida bir oy, “Umra” tadbiri boshlanishidan kamida oʻn toʻrt kun oldin maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha shartlar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga bormoqchi boʻlgan fuqaro “Haj” tadbiriga bormagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan fuqaro soʻnggi ikki yil mobaynida “Umra” yoki soʻnggi besh yil mobaynida “Haj” tadbiriga bormagan boʻlishi;
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlariga bormoqchi boʻlgan fuqarolar voyaga yetgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlariga 45 yoshgacha boʻlgan ayollar uchun mahramlari (eri, otasi, oʻgʻli, akasi, ukasi va h.k.)ning ham birga borishi hamda mahram ekanligini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tugʻilganlik haqida guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma) nusxasi taqdim etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan oʻtkaziladigan safaroldi uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tartibli tashkil qilish, ziyoratchilarning ibodatlari toʻliq boʻlishi maqsadida Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar va oshpazlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari uchun Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida mashgʻulotlar tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari joylarda ziyoratchilar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarining odoblari, ularni amalga oshirish tartibi, safarga borish-kelish qoidalari, shartlari va talablari haqida uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ziyoratchilarning guruh rahbarlari ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularni doimiy ravishda kuzatib borish va safar davomida ularga amaliy yordam berish uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan yakuniy uchrashuvlar oʻtkaziladi hamda bunda mazkur tashkilotlar vakillari oʻz sohalariga oid tegishli tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qoziyoti hamda viloyatlar va Toshkent shahri vakilligi tomonidan banklarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan yigʻiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash maqsadida maxsus hisobvaraqlar (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ziyoratchilardan olinadigan toʻlovlar belgilangan “Haj” va “Umra” mavsumidan kamida ikki oy oldin, bir yoʻla umumiy summani toʻligʻicha toʻlash yoʻli bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochilgan maxsus hisobvaraqlar (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) ochilgan bankning barcha hududiy filiallarida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar Hayʼatning ishchi organi tomonidan ochilgan maxsus hisobvaraqda toʻplanadi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) yigʻilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Turli tashkilotlar vakillaridan iborat ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlarning Saudiya Arabistoniga borish-kelishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga (22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari) yigʻilgan mablagʻlar hisobidan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berishning belgilangan tartibiga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklarining “Haj” va “Umra” masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarining xarajatlari, mazkur xodimlarning ish haqlari har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlari ziyoratchilar hisobidan, hayʼatlar tomonidan tasdiqlanadigan alohida smetalar asosida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun toʻlovni amalga oshirgan, biroq maʼlum sabablarga koʻra mazkur tadbirlarga bora olmagan yoki bora olmaydigan fuqaroga shaxsan oʻzining arizasi yoki uning nomidan ishonchnomaga asosan harakat qilayotgan shaxsning arizasiga muvofiq toʻlangan toʻlovlar toʻlaligicha ariza taqdim etilgan paytdan boshlab oʻn ish kunida fuqaro (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning vafot etishi munosabati bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun toʻlangan toʻlovlar vafot etgan fuqaro qonuniy merosxoʻrining arizasiga asosan merosxoʻr taqdim qilgan maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRI _______________ TUMANI “__________________” MAHALLA FUQAROLAR YIoʻININING “HAJ” SAFARIGA BORISH ISTAGINI BILDIRGAN FUQAROLARNI QAYD ETISH JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20,5 sm
1-varaq
20,5 sm
2-varaq
1,5
6 sm
5 sm
6,5 sm
1,5
1,5
3 sm
3 sm
3,5 sm
3 sm
5 sm
1,5 sm
29 sm
1,5 sm
№
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Tikiladigan joy
Roʻyxatga olingan sana
Tugʻilgan sanasi va yili
Pasport seriyasi
Aloqa uchun telefon
Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan manzili
Izoh
1,5 sm
1.
1,5 sm
2.
1,5 sm
3.
1,5 sm
4.
1,5 sm
5.
1,5 sm
6.
1,5 sm
7.
1,5 sm
8.
1,5 sm
9.
1,5 sm
...
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHAR _______________ TUMANI “__________________” MAHALLA FUQAROLAR YIoʻININING “UMRA” SAFARIGA BORISH ISTAGINI BILDIRGAN FUQAROLARNI QAYD ETISH JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20,5 sm
1-varaq
20,5 sm
2-varaq
1,5
6 sm
5 sm
6,5 sm
1,5
1,5
3 sm
3 sm
3,5 sm
3 sm
5 sm
1,5 sm
29 sm
1,5 sm
№
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Tikiladigan joy
Roʻyxatga olingan sana
Tugʻilgan sanasi va yili
Pasport seriyasi
Aloqa uchun telefon
Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan manzili
Izoh
1,5 sm
1.
1,5 sm
2.
1,5 sm
3.
1,5 sm
4.
1,5 sm
5.
1,5 sm
6.
1,5 sm
7.
1,5 sm
8.
1,5 sm
9.
1,5 sm
...
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ushbu maʼlumotnoma shu haqda berildiki, __________________ viloyati (shahri) ______________ tumani ________________________ fuqarolar yigʻini, mazkur fuqarolar yigʻinidagi _____________ koʻchasi _____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ___________________________________________ 20____ yil _________________ da “Haj” (“Umra”) tadbiriga boruvchilar jurnalida ______________ tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.