05.06.2017 yildagi 351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlik tuzilmalarini ularning ishlab chiqarish faoliyatida paydo boʻladigan muammoli masalalarni hal etishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga koʻmaklashish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-iqtisodiy holatining doimiy monitoringini olib borish, ularning ishlab chiqarish faoliyatidagi muammoli masalalarni amaliy hal etishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga koʻmaklashish mexanizmi (keyingi oʻrinlarda monitoring mexanizmi deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi 332-son qarori bilan tashkil etilgan Ishchi guruh (Bekenov), Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda — monitoring mexanizmini joriy etsinlar va kelgusida uning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlasinlar, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidagi muammolarni bartaraf etishda tezkor koʻmaklashish, yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tashkilotlar mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarligini belgilashga doir zarur choralar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring mexanizmini uzluksiz takomillashtirish va samaradorligini oshirish choralarini koʻrsinlar, uni qoʻllash boʻyicha toʻplangan tajribaning tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlasinlar hamda monitoring mexanizmini respublikaning barcha hududlarida joriy etish boʻyicha 2017-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda tegishli xoʻjalik boshqaruvi organlari birlashmalari tizimiga kiruvchi Jizzax viloyati tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini tanqidiy oʻrganish asosida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni tubdan qisqartirish, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzdorlikni qoplash, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari va Jizzax viloyati hokimligining tadbirkorlik faoliyatiga aholini keng jalb qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan joriy yilning II choragida Jizzax viloyatining 2-ilovaga* muvofiq qishloq aholi punktlarida kichik va mikroloyihalarni amalga oshirish, shu jumladan tomorqalardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi, mikrokreditlar olishga hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda koʻmaklashuvchi, shuningdek berilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini amalga oshiruvchi aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Jizzax shahrida yangidan tashkil etilgan Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari filiallari, sugʻurta, lizing, baholash, auditorlik tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari vakillari tomonidan koʻrsatiladigan maslahat-axborot, bank, sugʻurta va boshqa xizmatlar koʻlami kengaytirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning II choragida aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish boʻyicha Jizzax shahrida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Biznes-trening markazini, Yangiobod va Mirzachoʻl tumanlarida ATB “Asaka” bankining, Forish tumanida — ATB “Trastbank”ning oʻquv markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi tomonidan aholini va kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini tadbirkorlik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati asoslariga oʻqitish boʻyicha 3-ilovadagi* roʻyxatga muvofiq kasb-hunar kollejlari binolarida darsdan tashqari vaqtda oʻtkaziladigan doimiy kurslarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda yirik tijorat banklari tomonidan qoʻshimcha filiallar, mini-banklar, shuningdek 4-ilovaga* muvofiq boshqa tijorat banklarining mavjud filiallarida vakolatxonalar ochish yoʻli bilan viloyat tumanlarida yirik tijorat banklari xizmatlaridan keng foydalanish maqsadida tadbirkorlar va aholi uchun sharoitlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatining barcha darajalardagi hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga, Jizzax viloyatida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank, tijorat banklari, sugʻurta, lizing, baholash, auditorlik tashkilotlari va bozor infratuzilmasi boshqa subyektlariga Jizzax shahridagi Tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish markazi va aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish markazlari xodimlari uchun xodimlarning lavozim maoshiga qoʻshimcha 30 foizli maxsus ustamani, shuningdek ularning ish natijalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadigan boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlash mexanizmini bir oy muddatda joriy etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — koʻchmas mulk obyektlarini qurishga yer uchastkalari ajratish va ruxsatnomalar berish tartibotlarini yanada soddalashtirish va jadallashtirish boʻyicha bir oy muddatda kelishilgan takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jizzax viloyati hududida har oyda bazaviy hisoblash miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda qatʼiy belgilangan toʻlov mexanizmini joriy etgan holda, yoʻnalish taksi faoliyati bilan shugʻullanuvchilarni roʻyxatga olishning soddalashtirilgan tartibini va yoʻlovchilar tashishga qoʻyiladigan talablarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va joriy qilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda — viloyatdagi fermer xoʻjaliklarini past ball-bonitetli yerlarda yetishtirilgan 2017-yil hosilining 1 tonna paxta xomashyosi uchun ajratiladigan dotatsiya summasi toʻgʻrisida joriy yilning 1-avgustigacha boʻlgan muddatda xabardor qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 332-son qarori bilan tashkil etilgan Ishchi guruh (Bekenov), Jizzax viloyati hokimligi aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va tadbirkorlik subyektlariga ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidagi muammolarni bartaraf qilishda koʻmaklashish boʻyicha mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi holatining tizimli monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasinlar, amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 475-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)