05.06.2017 yildagi F-4956-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali tovarlar eksportini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali, shu jumladan, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahalliy tovarlarning keng turlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni tashkillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Qozogʻiston Respublikasi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga boʻlgan tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan Qozogʻiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ilovaga muvofiq qoʻshma korxonalar (keyingi oʻrinlarda — savdo uylari deb yuritiladi) tashkil etildi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyunidan boshlab “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzvinsanoatxolding” XK, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻztreyd”AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sugʻurtalash polisini taqdim etmasdan, ustav jamgʻarmasida, mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan, ushbu qarorning ilovasida belgilangan Qozogʻiston Respublikasidagi savdo uylari manzillariga tovarlarni konsignatsiya shartlarida yetkazib berishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2005-yil, 8-son, 40-bet) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi, quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzvinsanoatxolding” XK, “Oʻzsanoateksport” AJ, “Oʻztreyd”AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, ustav jamgʻarmasida, mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan Qozogʻiston Respublikasidagi savdo uylari manziliga yetkazib berilishi mumkin.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4956-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi F-4956-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar (savdo uylari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “NefteximTreyding” Oʻzbekiston-Qozogʻiston savdo uyi” MCHSH — neft-kimyo va kimyo mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari ulushi: “Oʻzbekneftgaz” MXK — 17 foiz, “Oʻzkimyosanoat” AJ — 17 foiz, “Oʻzsanoateksport” AJ — 17 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Markaziy Osiyo savdo uyi” MCHSH — oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari ulushi: “Oʻzagroeksport” AJ — 17 foiz, “Vinpromimpeks” MCHJ — 17 foiz, “Oʻztreyd” AJ — 17 foiz.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 462-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)