10-ILOVA
|
Soliq imtiyozlari va preferensiyalari, ularni berish shartlari |
Beriladigan muddat | |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga muvofiq “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilariga berilgan soliq imtiyozlarini (boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan tashqari) Jizzax viloyatida (Jizzax shahri bundan mustasno) yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalariga, investitsiya hajmlaridan qatʼi nazar, tatbiq etish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
2. |
Jizzax viloyati fermer xoʻjaliklarini paxta va gʻalla yetishtirilayotgan yerlar boʻyicha yagona yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
3. |
Jizzax viloyati fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini 5 foiz miqdorida belgilash, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tavsiya etadigan xodimlarning eng kam soni normativlariga rioya etilgan taqdirda. Jizzax viloyati fermer xoʻjaliklarini paxta xomashyosini yigʻib-terib olish uchun mavsumiy ishlarga jalb etiladigan xodimlarning mehnatga haq toʻlash fondi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod qilish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
4. |
Jizzax viloyatida joylashgan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xoʻjaliklari uchun yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdorini bekor qilish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
5. |
Arnasoy, Baxmal, Forish, Zafarobod, Zarbdor, Yangiobod tumanlarida, shuningdek Jizzax viloyatining boshqa tumanlari qishloq aholi punktlarida maishiy (sartaroshxona, poyabzal, kiyim-kechak, elektr maishiy priborlar taʼmirlash va boshqalar) xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni belgilab qoʻyilgan soliq toʻlashdan ozod qilish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
6. |
Jizzax viloyatining issiqxonalar tashkil etgan va ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon xoʻjaliklarini va jismoniy shaxslarini quyidagi shartlarda yer soligʻidan ozod qilish, issiqxona maydoni: jismoniy shaxslar uchun — kamida 100 kvadrat metr; dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer uchastkasida — kamida 500 kvadrat metr boʻlganda. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
7. |
Jizzax viloyati xalq deputatlari tuman Kengashlariga zarurat boʻlganda quyidagilar boʻyicha vakolatlarni berish: yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchilar uchun belgilab qoʻyilgan soliqning tasdiqlangan stavkasiga pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash; tomorqalaridan, shuningdek dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi stavkasini ikki baravargacha koʻpaytirish. |
2017-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha |
|
9. |
Jizzax viloyati muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha hududiy komissiyasiga soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini 12 oygacha bir marta uzaytirish hamda faoliyatini Jizzax viloyati hududida amalga oshirayotgan korxonalar va fermer xoʻjaliklarining muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlari boʻyicha hisoblangan penyani hisobdan chiqarish huquqini berish. |
2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha |
|
10. |
Jizzax viloyati fermer xoʻjaliklariga asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili yigʻib olingandan keyin boʻshaydigan yer uchastkalarini jismoniy shaxslarga takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish uchun vaqtinchalik foydalanish uchun shartnoma asosida, 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga berish huquqini berish. |
2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha |
|
11. |
Quyidagi tartibni belgilash, unga koʻra Jizzax viloyatida yashovchi oʻz tomorqalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga dehqon xoʻjaliklari uchun belgilangan miqdorda sugʻurta badallari toʻlashi pensiya tayinlashda ish stajini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi. |
2017-yil 1-iyuldan 2019-yil 1-yanvargacha |
|
12. |
Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun ularning Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga oʻtishi munosabati bilan xodimlarining cheklangan soni oʻzgarganda, erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadagi xodimlarning cheklangan sonini kichik tadbirkorlik subyektlari jumlasiga kiritishda qoʻllash huquqi saqlab qolinishini belgilab qoʻyish. |
Roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab |
12-ILOVA
|
1. |
Bekenov S.X. |
— |
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
|
2. |
Mustafoyev U.M. |
— |
Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
3. |
Xadjizadayev Sh.R. |
— |
Markaziy bank raisining oʻrinbosari |
|
4. |
Xolmurodov S.R. |
— |
“Oʻzmilliybank” raisi |
|
5. |
Shayxov A.E. |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
6. |
Tursunov Y.E. |
— |
Moliya vazirining oʻrinbosari |
|
7. |
Usmanov A.A. |
— |
Adliya vazirining oʻrinbosari |
|
8. |
Safarov T.B. |
— |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
|
9. |
Gadoyev E.F. |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
10. |
Roʻzmetov M.I. |
— |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
11. |
Ximmatov A.X. |
— |
Davlat raqobat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
12. |
Ikramov A.A. |
— |
Davlat statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
13. |
Sharaxmetov Sh.Sh. |
— |
Turizm davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
14. |
Raximov B.S. |
— |
“Oʻzbekenergo” AJ raisining oʻrinbosari |
|
15. |
Xoliyarov Y.D. |
— |
“Oʻzkimyosanoat” AJ raisining oʻrinbosari |
|
16. |
Rustamov O.B. |
— |
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisining oʻrinbosari |
|
17. |
Xolmurodov A.A. |
— |
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob jamgʻarmasi direktori |
|
18. |
Ashurov U.M. |
— |
“Oʻztransgaz” AK raisining oʻrinbosari |
|
19. |
Uralov Sh. |
— |
Tashqi savdo vazirligining boshqarma boshligʻi |
|
20. |
Xolmurodov N. |
— |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boshqarma boshligʻi |
|
21. |
Xotamov S. |
— |
Markaziy bank departament direktorining oʻrinbosari |
|
22. |
Abdullayev A.K. |
— |
“Jizzax” EIZ direktori |
|
23. |
Lavozimiga koʻra |
— |
tijorat banklari rahbarlari |