02.06.2017 yildagi 339-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturining amalda bajarilishini samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy muhofaza qilinganligining ishonchli kafolatlari taʼminlanishini davom ettirish, davlat organlarining barcha sohalarini respublikaning ishonchli, gʻoyaviy yetuk va vatanparvar fuqarolari bilan toʻldirish, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirishga taalluqli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejalarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining aʼzolari, hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tuman va shaharlar rahbarlarining fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning kelishilgan ishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha ishlarning holati va natijadorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda, zarurat tugʻilganda, uni yaxshilashga doir aniq tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirishning holati yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kredit olishiga keng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborot asosida ish oʻrinlarini band qilishni tashkillashtirish (har yili sentabr oyida — oliy maʼlumotga ega boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun, fevral oyida — qolgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirish uchun har chorakda seminarlar, davra suhbatlari va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Respublika komissiyasi oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — Respublika komissiyasining;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat boʻyicha hududiy organlar — hududiy komissiyalarning ishchi organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — Respublika komissiyasining ishchi organi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda komissiyalar majlislarini oʻtkazish jadvalini, ularning ish reglamentini tasdiqlasin, kelgusida komissiyalar protokol qarorlarining oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni belgilangan muddatlarda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlovchi amaliy chora-tadbirlar rejasi bajarilishi yuzasidan muntazam va sifatli monitoringni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni hududiy mehnat bozorini puxta tahlil qilish asosida, ishga joylashtirishni va qayta oʻqitishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirishda mutaxassisligi boʻyicha maqsadli yoʻnaltirishni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda (hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmasdan) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha bajarilgan tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibiga muvofiq ularning shaxsiy tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar ishlarini samarali tashkil etsinlar va kelgusida ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtagan fuqarolarning ishga joylashtirilishi monitoringini tashkil etsinlar, keyinchalik ularga davlat tashkilotlarida ishga joylashtirishda koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida unda zarur maʼlumotlarning (familiyalari boʻyicha roʻyxati, ish joyi, mehnat sharoitlari va ijtimoiy muhofazasi) toʻliq qamrab olinishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning samarali ishga joylashtirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish masalalarida olib borilayotgan ishlar boʻyicha va koʻrsatilayotgan amaliy yordamlarning haqiqiy natijadorligini oʻrnatsinlar va tahlil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni kasb tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik vakillari bilan tajriba almashish boʻyicha muntazam uchrashuvlar tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda kamida bir marta muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari boʻyicha fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida targʻibot-tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta vakant ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazishni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuman va shaharlar mudofaa ishlari boʻlimlari orqali har yili hududiy komissiyalarga quyidagilarning taqdim etilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mart oyida — muddatli harbiy xizmatni belgilangan muddatlarda oʻtagan rezervga boʻshatilgan fuqarolarning, shuningdek har oyda — safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarning familiyalar boʻyicha roʻyxatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-maygacha — keyingi yilga ish oʻrinlarini rezerv qilib qoʻyish uchun joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi va Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni buzgʻunchi kuchlar, giyohvandlik, alkogolizm va boshqa salbiy hodisalar taʼsiridan muhofaza qilish maqsadida ular bilan faol tarbiyaviy-maʼrifiy, tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgartirishlarda ishtirok etishga keng jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun “Yosh tadbirkor — mamlakatimiz tayanchi”, “Mening biznesim — mening gʻoyam”, “Yosh tadbirkor — mamlakat kelajagi zamini” va shu kabi biznes-loyihalarda ularning faol ishtirokini taʼminlash ishlarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda doimiy asosda xizmat boʻyicha koʻtarilishning ishonchli zamini sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida mehnatga joylashtirishning, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan, ijtimoiy-foydali mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarni oʻz vaqtida aniqlash boʻyicha faol targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirsin, kelgusida ularni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda, yoshlarni ishga joylashtirishni tashkil etish faoliyati yuzasidan taʼsirchan monitoringni amalga oshirishda faol ishtirok etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga va oʻz xalqiga xizmat qilish, mehnatsevarlik, mamlakatni gullab-yashnatishda, uning iqtisodiyotini izchil rivojlantirishda, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan astoydil manfaatdorlik, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun shaxsiy masʼuliyat ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni mamlakat iqtisodiyotining ishonchli zamini hisoblanadigan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanishga keng jalb etishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ularni oʻqitishni tashkil etish masalalari boʻyicha axborot va konsultatsiya yordami berishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tijorat banklariga xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Aripov A.N.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

Azimov R.S.

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

Abduxakimov A.A.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari — ishchi organ rahbari

Saliyev M.X.

Mudofaa vazirining oʻrinbosari

Mirzayev A.Sh.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Jalilov Sh.I.

Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy kengashi raisi

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi

Tadjiyev O.P.

“Kamolot” YOIH Markaziy kengashi raisi

Shayxov A.E.

Savdo-sanoat palatasi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish boʻyicha hududiy komissiyalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Toshkent shahri hokimi, tuman va shaharlar hokimlari, hududiy komissiyalar raislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri hokimining, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, hududiy komissiyalar raislarining oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlari rahbarlari, ishchi organ rahbari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari boshliqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Kamolot” YOIH hududiy kengashlari raislari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi hududiy kengashlari raislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Mahalla” xayriya jamoat fondi hududiy kengashlari raislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: hududiy komissiyalar aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 466-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)