Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003 05.07.2000 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2003
Hujjat 05.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

DAVLAT MULKINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aktivlarini va aksiyalar ulushlarini boshqarish samaradorligini oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni aniq va maqsadli qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyoti tuzilmasida yetakchi mavqega ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlaridagi (1-ilovaga* muvofiq) davlatning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi maxsus Komissiya tomonidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamgʻarmasida davlat mulki ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan boshqa aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Komplekslari takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati tomonidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan biznes-rejalar va nomzodlarning dasturlari koʻrib chiqilgan holda ustun darajada tanlov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini tayinlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillari toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning tegishli qarorlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasida davlatning ulushi 25 foizgacha va undan kamayganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik jihatdan muhim va yirik davlat korxonalarini aksiyalashtirishda ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan yangi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilganda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan korxonalar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi korxonalarning ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini 25 foiz va undan ortiq miqdorda saqlab qolishning maqsadga muvofiqligi hamda ularni fond bozorida, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda koʻrib chiqsin va qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining manfaatdor Komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va korporatsiyalar bilan birgalikda 2000-yilning uchinchi choragi mobaynida barcha davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2000-yil 1-sentabrgacha aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari miqdorlarini oʻrganib chiqsin hamda ular ustav jamgʻarmalarining ularga kirmagan markazlashtirilgan investitsiyalar va boshqa budjet ajratmalari miqdoriga oʻzgartirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Davlat mulki qoʻmitasining Markaziy apparati tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 15 nafar boʻlgan Aksiyadorlik jamiyatlarida davlat mulkini boshqarish departamenti tashkil etsin. Belgilansinki, Departament faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qoldiriladigan xususiylashtirishdan olingan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, aksiyalarida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarni tanlash va ularni oʻqitish ishlarini olib borish, shuningdek ularning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy yilning oxirigacha davlatning ishonchli vakillarini va ishonchli boshqaruvchilarni korporativ boshqarish asoslariga oʻqitish boʻyicha doimiy ishlovchi kurslar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-son

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 5-iyuldagi 257-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatning aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishonchli vakillari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Ushbu Nizom davlatning ishonchli vakilining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, uning hisobot topshirish hamda haq olish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Davlatning ishonchli vakillari davlat ulushi 25 foizdan oshadigan aksiyadorlik jamiyatlarida tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Davlatning ishonchli vakili Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida va Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashida davlatning vakolatli ishonchli vakili hisoblanadi, davlat nomidan aksiyador huquqlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Davlatning ishonchli vakili lavozimiga koʻra Aksiyadorlik jamiyati kuzatuvchi kengashining aʼzosi (raisi) hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanmaydi (qayta saylanmaydi). Davlatning ishonchli vakili lavozimiga koʻra Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hayʼati tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlatning ishonchli vakilini tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Respublika iqtisodiyoti tarkibida yetakchi mavqega ega boʻlgan, roʻyxati hukumat qarori bilan belgilanadigan, davlatning aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi taqdimnomasiga binoan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondidagi davlat mulki ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan boshqa aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari taqdimnomasiga binoan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Davlatning ishonchli vakillari nomzodlari boʻyicha takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlatning ishonchli vakillari nomzodlari muayyan iqtisodiy bilimlar darajasiga, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida rahbarlik ishi amaliyotiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Agar tavsiya etilgan nomzodlar belgilangan mezonlarga javob bermasa, Davlat mulki qoʻmitasi bu toʻgʻrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari Kotibiyatlariga ularning yangi nomzodlar kiritishi uchun xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn kun muddatda boshqa nomzodlar tavsiya etilmagan taqdirda Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya yoki Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati tomonidan tegishli ravishda davlatning ishonchli vakillarini tasdiqlash uchun nomzodlarni mustaqil ravishda tanlash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Davlatning ishonchli vakillari, qoidaga koʻra, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya yoki Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati qarori bilan, muddatli uzaytirish imkoniyati bilan, 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlatning ishonchli vakili vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Davlatning ishonchli vakili vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyador sifatida davlat manfaatlarini himoya qilish, aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishiga koʻmaklashish, uning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilash, menejment va marketing tizimini takomillashtirish, shuningdek xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni renovatsiya qilish va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarni yangilash, raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash maqsadida, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha tadbirlarni bajarish monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning budjetdan qarzdor boʻlib qolishining yuz berishiga va iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlar huquqlariga va mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar davlat paketi boʻyicha dividendlardan aksiyadorlik jamiyatini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashda maqsadli foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlatning ishonchli vakili huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Davlatning ishonchli vakili quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining Jamiyat kuzatuvchi Kengashi aʼzosi (yoki uning raisi) hamda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qatnashchisi sifatidagi barcha vakolatlaridan aksiyalar davlat paketi miqdoriga muvofiq jamiyat Ustavi va amaldagi qonunlar bilan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida Kuzatuvchi kengashga talabnoma kiritish va Kuzatuvchi Kengash mazkur talabnomani rad etgan taqdirda Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida va Jamiyat kuzatuvchi kengashida qarorlar qabul qilishda ovoz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati faoliyati toʻgʻrisida moliya-iqtisodiy va boshqa axborotlarni, shu jumladan korxonaning tijorat siri boʻlgan axborotlarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Davlatning ishonchli vakili aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshiriladigan joriy ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmaydi, ularning xatti-harakatlari qonunlarning buzilishiga olib kelishi va davlatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Davlatning ishonchli vakili quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning davlat paketi bilan beriladigan vakolatlarga muvofiq, ushbu Nizomning 3.1-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalari bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va Kuzatuvchi Kengash yigʻilishining barchasida hamda Vazirlar Mahkamasi Kompleksi bilan kelishilgan korxonani rivojlantirish strategiyasiga muvofiq yakuniy qarorlar qabul qilish chogʻidagi ovoz berishda bevosita qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasini oʻz faoliyati natijalari va aksiyadorlik jamiyatining moliya-xoʻjalik ahvoli toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning ishonchli vakiliga oʻziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid maqsadlarda foydalanmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Davlatning ishonchli vakili tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishib olinmasdan boshqa aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlaridagi vakili boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlatning ishonchli vakili faoliyatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Davlatning ishonchli vakili faoliyatiga haq toʻlash Jamiyat kuzatuvchi Kengashi aʼzosi (raisi) sifatida, amaldagi qonunlar va jamiyat Ustavi bilan belgilangan tartibda aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Davlatning ishonchli vakili oʻz funksiyalarini bajarganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda beriladigan haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdori aksiyadorlik jamiyatining hisobot davridagi faoliyati yakunlariga bogʻliq boʻladigan qoʻshimcha haq (mukofot) olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Aksiyadorlik jamiyati mablagʻlari davlatning ishonchli vakili faoliyatiga haq toʻlash manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish Davlat mulki qoʻmitasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shakllar boʻyicha ular tomonidan taqdim etiladigan har chorakdagi hisobotlarni tahlil qilish va ularni korxonalarning moliya-iqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari bilan qiyoslash asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatini bevosita korxonalarda oʻrganib chiqish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy attestatsiyalar va ular bilan suhbatlar oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari bilan birgalikda ikki yilda kamida bir marta davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Davlatning ishonchli vakillarini almashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini tahlil qilish va Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiya natijalariga koʻra, oʻz vazifalari va qabul qilingan majburiyatlari bajarilishini taʼminlamayotgan davlatning ishonchli vakillari mazkur tartibga muvofiq almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Davlatning ishonchli vakilini ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Komissiya va Davlat mulki qoʻmitasi Hayʼati tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan vazifalar va qabul qilingan majburiyatlarning davlatning ishonchli vakili tomonidan bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishonchli vakilining oʻz majburiyatlarini bundan buyon bajara olmasligi toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Davlat ishonchli vakilining hisoboti va masʼuliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Davlatning ishonchli vakili har chorakda (hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisob beradi. Hisobot qogʻozda va magnit manbalarida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Davlatning ishonchli vakili oʻz majburiyatlarining oʻz vaqtida, toʻliq va zarur darajada bajarilishi uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.