04.05.2017 yildagi PQ-2951-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash respublika budjeti, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi kuzatuv kengashining tarkibiga kiradi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolariga va uning ijro etuvchi devoni xodimlariga oldingi ish joyida berilgan ko‘p yillik xizmati, maxsus unvon va mansab darajalari uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi, shuningdek Kengashda ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘tganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek mansab darajasi uchun qo‘shimcha to‘lovlar va ko‘p yillik xizmat qilganligiga ustamalar to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5006-son “O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Kengash raisi moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga tenglashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi o‘rinbosari va Kengashning doimiy asosda faoliyatini amalga oshiruvchi a’zolari moddiy, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga tenglashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashining ijro etuvchi devoni xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan tibbiy ta’minot shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda Kengashning joriy moliyaviy ta’minoti uchun mablag‘lar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi Kengashning asoslantirilgan hisob-kitobiga muvofiq 2017-yilda idora mebellari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasining balansidagi asosiy vositalar Kengash balansiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi avtoxo‘jaligi tomonidan beriladigan uchta xizmat yengil avtomobili uchun limit belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2951-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 417-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5209/0140-son; 07.01.2019-y., 07/19/4096/2427-son; 23.08.2025-y., 06/25/141/0772-son)