ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Ishlarning asosiy turlari |
Tadbirlar |
Muddatlar |
Masʼul bajaruvchilar |
|
I bosqich |
Qurish |
1. Xizmat uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilganini hisobga olgan holda, buyurtmachi, bosh loyihachi va pudratchi tashkilot oʻrtasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va xizmat uy-joylarni qurish uchun shartnomalar tuzish. 3. Namunaviy loyihalarni joy bilan bogʻlash va xizmat uy-joylarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 4. Xizmat uy-joylarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida pudratchi bosh tashkilotlarni tender savdolari oʻtkazmasdan belgilash hisobga olingan holda qurish. 5. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmani markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari, shuningdek Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etish. |
Xizmat uy-joylarini qurish parametrlari aniqlangandan soʻng
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar |
|
II bosqich |
Obodonlashtirish |
1. Xizmat uy-joylarining bosh rejalarini hisobga olib, ularni obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Massivlarni mahalliy budjetlar hisobidan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratish. 3. Landshaft dizayni, yoʻlaklar, yoritish, yashil ekinlarni sugʻorish va oʻtkazish tizimlari tuzilishini hisobga olib, massivlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. 4. Massivlarni obodonlashtirish uchun zarur holatlarda: yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlaridan foydalanish; vakolatli organlar va hududiy tashkilotlar koʻmagida hasharlar tashkil etish. 5. Tumanlar (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boshqarmalari: xizmat uy-joylari massivlari hududlarida tegishli tartibni va mazkur Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlari talablarining qatʼiy bajarilishini; xizmat uy-joylari massivlari hududlaridagi barcha turdagi yashil ekinlarni sugʻorish, parvarish qilishni taʼminlaydi. 6. Ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xizmat uy-joylari massivlari hududlarida maishiy chiqindilar uchun konteynerli axlat toʻplash punktlarini hamda ularning oʻz vaqtida olib ketilishini belgilangan tartibda tashkil qiladi. |
Massivlar bosh rejalari tasdiqlangandan soʻng Loyiha-smeta hujjatlari ishla chiqilgandan soʻng Kalendar jadval boʻyicha
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, Moliya vazirligi, obodonlashtirish boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari, manfaatdor idora va tashkilotlar |
|
III bosqich |
Foydalanishga topshirish |
1. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komissiyasini tashkil etish. 2. Qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini qabul qilish komi?siyasining dalolatnomasini asmiylashtirish va tasdiqlash. 3. Hokimlarning qurilishi yakunlangan xizmat uy-joylarini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisida qarorlar chiqarish 4. Xizmat uy-joylari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish. |
Qurilish nihoyasiga yetguniga qadar Qurilish nihoyasiga yetgach
Hokimlar qarorlari qabul qilingach |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” XK, manfaatdor idora va tashkilotlar |
|
IV bosqich |
Jihozlash |
1. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyxatni hisobga olgan holda jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Xizmat uy-joylarini minimal roʻyxat boʻyicha jihozlash uchun mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlarini sotib olish. 3. Zarur hollarda minimal roʻyxatga kiritilmagan mebel, maishiy texnika va boshqa xoʻjalik buyumlari xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadi. |
Qurilish nihoyasiga yetgach
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, manfaatdor idora va tashkilotlar Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari |
|
V bosqich |
Taqsimlash va koʻchirib kiritish |
1. Xizmat uy-joylarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2693-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq taqsimlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish. 2. Qabul qilingan qaror asosida xizmat uy-joyi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va order berish. 3. Rahbarlar va xizmat uy-joylari balans taʼminotchisi oʻrtasida yollash shartnomasini tuzish. 4. Xizmat uy-joylariga joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolarini joylashtirish. |
Xizmat uy-joylari foydalanishga topshirilgach
Shartnoma tuzilgach |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, manfaatdor idora va tashkilotlar |
|
VI bosqich |
Foydalanish, saqlash va taʼmirlash |
1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari xizmat uy-joylari holatini tegishli ravishda saqlaydi. 2. Xizmat uy-joylaridan ushbu uylarda yashaydigan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan foydalaniladi, saqlanadi va taʼmirlanadi. 3. Xizmat uy-joylarini faqat belgilangan muddatlarda, ayrim hollarda belgilangan muddatgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda mukammal taʼmirlashga yoʻl qoʻyiladi. 4. Xizmat uy-joylari mahalliy budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal taʼmirlanadi. |
Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida
|
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari
“Yagona buyurtmachi xizmati” XK |
|
VII bosqich |
Kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar |
1. Xizmat uy-joylarida yashaydigan rahbarlar kommunal xizmatlar bilan barcha kommunal xizmatlar turlarini jismoniy shaxslar (aholi) uchun belgilangan tariflar boʻyicha koʻrsatish haqida shartnomalar tuza?i. 2. Koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar xizmat uy-joylarida yashayotgan rahbarlar va ularning oila aʼzolari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. |
Xizmat uy-joylaridan foydalanish davrida
|
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari |
|
VIII bosqich |
Koʻchirib chiqarish |
1. Rahbar va uning oila aʼzolari xizmat uy-joyini boʻshatgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish. 2. Egallab turgan lavozimidan boʻshagan rahbardan xizmat uy-joyini qabul qilib olish. 3. Koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitoblarni taqqoslash va qarzlarni toʻlash. |
Lavozimdan boʻshaganda |
Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning oila aʼzolari |
2-ILOVA
|
T/r |
Buyumlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Soni | |
|
bir qavatli besh xonali uy uchun |
ikki qavatli toʻrt xonali uy uchun | |||
|
1. |
Muzlatgich |
ta |
1 |
1 |
|
2. |
Televizor |
ta |
1 |
1 |
|
3. |
Ikki kishilik krovat |
ta |
1 |
1 |
|
4. |
Bir kishilik karavot |
ta |
3 |
2 |
|
5. |
Oshxona mebeli |
toʻplam |
1 |
1 |
|
6. |
Mehmonxona uchun stol ( 6 stul va idish-tovoqlar shkafi bilan) |
toʻplam |
1 |
1 |
|
7. |
Mehmonxona uchun yumshoq mebel (divan va ikkita kreslo) |
toʻplam |
1 |
1 |
|
8. |
Kiyim shkafi |
ta |
2 |
2 |