24.05.2017 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek adabiyoti rivojiga nodir isteʼdodi, badiiy teran, falsafiy sheʼrlari, dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari orqali ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Kahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning isteʼdodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Xalq taʼlimi vazirligining Qarshi shahar Oʻzbekiston koʻchasida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda maktab-internatni joylashtirish uchun Qarshi shahar Oʻzbekiston koʻchasi 219-uyda joylashgan “Barkamol avlod” markazining 150 oʻrinli oʻquv binosini rekonstruksiya qilish, 50 oʻrinli yotoqxona va 50 oʻrinli oshxona binolarini qurish (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va 2017-yilning 1-sentabriga qadar foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan obyektni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xalq taʼlimi vazirligining obyektni rekonstruksiya ishlarini bajarish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi etib Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi tashkilot etib “Yunusjon loyiha servis” MCHJni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotini istisno tariqasida, tanlov savdolarisiz eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq taʼlimi vazirligi bilan Moliya vazirligi birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab mazkur maktab-internatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Qashqadaryo viloyatining hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-son