24.05.2017 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek adabiyoti rivojiga nodir isteʼdodi, badiiy teran, falsafiy sheʼrlari, dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari orqali ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Kahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning isteʼdodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (keyingi oʻrinlarda — ijod maktabi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ijod maktabida har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga esa ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlar salohiyatidan hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda maktab-internatni joylashtirish uchun Qarshi shahar Oʻzbekiston koʻchasi 219-uyda joylashgan “Barkamol avlod” markazining 150 oʻrinli oʻquv binosini rekonstruksiya qilish, 50 oʻrinli yotoqxona va 50 oʻrinli oshxona binolarini qurish (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va 2017-yilning 1-sentabriga qadar foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2017-yilgi Investitsiya dasturi doirasida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan obyektni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xalq taʼlimi vazirligining obyektni rekonstruksiya ishlarini bajarish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi etib Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyihachi tashkilot etib “Yunusjon loyiha servis” MCHJni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotini istisno tariqasida, tanlov savdolarisiz eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur ijod maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Qashqadaryo viloyatining hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 398-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)