Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024 02.05.2016 yildagi 442-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori, 02.05.2016 yildagi 442-III-son
Кучга кириш санаси
02.05.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 29-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan foydalanish tartibiga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi oʻz hisobvaraqlarida jamlangan boʻsh mablagʻlar qoldiqlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtincha joylashtirishga yoʻnaltiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 4-bandiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hisobvaraqlarida boʻsh mablagʻlar qoldiqlari sifatida jamlanadigan, qaytarilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarilgan boʻsh mablagʻlarning qoldiqlarini Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek hisoblab chiqariladigan foizli depozit toʻlovlarni sarflash tartibi va shartlarini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ KQ-87-III
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 150-modda)