Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan mahsulotlarni chakana savdo korxonalarida sotish qoidalarining 3-bandidagi “barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar (savdo korxonalari, tadbirkorlar)ga” soʻzlari “barcha yuridik shaxslarga va ularning tarkibiy boʻlinmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, ilova qilinayotgan roʻyxatga kirmagan tadbirkorlik faoliyati turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shugʻullanishlari mumkin, qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning faqat yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin boʻlgan ayrim turlari bundan mustasno”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-oktabr,
363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 20-son, 157-modda; 2003-y., 3-son, 27-modda)