10.05.2017 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlarining topshirilgan lavozimda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ijro intizomini mustahkamlash va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini soʻzsiz bajarish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq ularga ishonib topshirilgan organlarning samarali va natijali ishini tashkil etish boʻyicha ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda aybli xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga, shuningdek ularning oʻrinbosarlariga (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladigan mansabdor shaxslar roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aybli xatti-harakatlar (harakatsizliklar)ning turlari va ularni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sodir etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladigan aybli xatti-harakatlar (harakatsizliklar) turlari roʻyxati ushbu Nizomga 2-ilovada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mansabdor shaxsning aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorining 8-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ijro intizomining tizimli va tanqidiy tahlili asosida, shuningdek qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan maqsadli oʻrganishlar natijalari boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning aybli harakatlari (harakatsizligi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar va oʻrganishlar natijalari boʻyicha ham belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflar Bosh vazir oʻrinbosarlari, Apparatning boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklif:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taklif kiritilgan mansabdor shaxsdan yozma tushuntirish talab qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarini kiritishning belgilangan muddatlarining buzilishiga olib kelgan sabablari tahlil qilinishini, shu jumladan kiritilgan hujjatlar loyihalari taqdim etilishi va kelishilishi xronologiyasi koʻrib chiqilishini, shuningdek asossiz ravishda kechiktirishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar aniqlangan holda hujjatning loyihasini sifatsiz ekspertizadan oʻtkazgan organlarni aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanmaganligi, ular ijrosini tashkil etishning va nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinishini oʻz ichiga oladigan xizmat tekshiruvi natijalari asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan sxemaga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Intizomiy jazo choralari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ijro intizomining umumlashtirilgan tahlili asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazoni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxsga nisbatan yoʻl qoʻyilgan aybli harakatlar (harakatsizlik) uchun intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Intizomiy jazo choralari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻl qoʻyilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxs ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha intizomiy jazoga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo turlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan, har bir alohida aniq holat uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori boʻyicha mansabdor shaxslar aybli harakatlar (harakatsizlik) uchun rasman ogohlantirilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 180-moddasiga muvofiq qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish boʻyicha toʻlovlar miqdorlari kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mansabdor shaxsga intizomiy jazo amal qilishi davrida mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilmagan mukofotlar toʻlanmaydi, shuningdek ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari va kamchiliklar bartaraf etilganda, mansabdor shaxs tomonidan tegishli organning samarali va natijali ishlashi taʼminlanganda intizomiy jazo ushbu jazoni qoʻllagan shaxs tomonidan uning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Intizomiy jazo amal qilishi davrida mansabdor shaxs tomonidan aybli harakatlarga (harakatsizlikka) takroran yoʻl qoʻyilganda mansabdor shaxsning egallab turilgan lavozimda bundan buyon boʻlishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Intizomiy choralar ijrosi uchun kadrlar xizmati xodimlari umumiy javob beradi, jarima, ragʻbatlantirish boʻyicha toʻlovlarning toʻxtatilishi yoki ularning miqdori pasaytirilishi tarzidagi intizomiy jazolar ijrosi uchun esa — davlat (xoʻjalik) boshqaruvining (hokimlik) va boshqa tashkilotlarning tegishli organi moliya xizmati (bosh buxgalter) javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Intizomiy jazo qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo choralari qoʻllaniladigan mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar va vazirlarning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat qoʻmitalari raislari va ularning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat organlari va davlat tashkilotlarining rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladigan aybli harakatlar (harakatsizlik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hujjatlar loyihalarini tayyorlashda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentning yozma va ogʻzaki topshiriqlari, shuningdek qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishining muddatlari buzilishi, sifatsiz yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sifatsiz tayyorlangan va qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjat loyihasi kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari (kelishish muddatlari asossiz choʻzilishi) buzilishi yoki qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjat loyihasini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi hamda asoslanmagan xulosalar va takliflar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hujjatlar loyihalarini kiritish muddatlarining buzilishi (kiritish muddatlarining asossiz choʻzilishi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasini koʻrib chiqishga tayyorlash va koʻrib chiqish muddatining buzilishi;
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, asoslanmagan xulosalar, takliflar berilishi va kelishish asossiz ravishda choʻzilishi;
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy boʻlinmasi tomonidan hujjat loyihasi vazirlikka va idoraga (loyihaning tashabbuskoriga) asossiz ravishda qaytarilishi yoki qaytarish muddatining buzilishi;
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasi qaytarilmasligi yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishining nazoratini tashkil etishda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishining nazoratini tashkil etishning past sifati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari talablari bajarilmasligi yoki oʻz vaqtida bajarilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari pasaytirilishiga yoʻl qoʻyilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari manziliga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilishi, shuningdek ularni koʻrib chiqishdagi rasmiyatchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan intizomiy jazo choralari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻl qoʻyilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxs intizomiy jazo choralarining quyidagi turlariga tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorda jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasining toʻxtatilishi (lavozimdan ozod qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mansabdor shaxsga jarima tarzida intizomiy jazo choralarini qoʻllashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi (kelishish muddatlari asossiz ravishda choʻzilganligi) uchun — lavozim maoshining 10 foizi miqdorigacha jarima qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarining past sifati va qonun hujjatlariga muvofiq emasligi, shuningdek sifatsiz iqtisodiy-moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi, asoslanmagan xulosalar va takliflar berilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga hujjatlar loyihalarini kiritish muddatlari buzilganligi (kiritish muddatlari asossiz ravishda choʻzilganligi) uchun, lavozim maoshining 10 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan hujjat loyihasini koʻrib chiqishga tayyorlash muddatlari va koʻrib chiqish, sifatli iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddatlari buzilganligi, asossiz xulosalar berilganligi va kelishish muddatlari asossiz ravishda choʻzilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi tomonidan hujjat loyihasi vazirlikka va idoraga (loyihaning tashabbuskoriga) asossiz ravishda qaytarilganligi yoki qaytarish muddati buzilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasi qaytarilmaganligi yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilganligi uchun — lavozim maoshining 10 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari ijrosini tashkil etish va amalga oshirilishi ustidan nazoratning past sifati uchun — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari bajarilmaganligi yoki oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun — lavozim maoshining 50 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi yoki shaxsning egallab turgan lavozimda boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida taklif kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlari pasayishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari manziliga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyda jarimaning umumiy summasi jami lavozim maoshining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 340-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)