Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi birinchi oʻqishda qabul qilingan quyidagi qonun loyihalarini: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 11-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-124-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 4-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-130-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari D. Abdukadirov, R. Karimov, Sh. Mamadjanov, D. Saʼdullayev va T. Abdusattarov tomonidan 2016-yil 12-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qoʻshimcha va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-137-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 8-iyunda kiritilgan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-140-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-141-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari A. Saidov, A. Toshkulov, Sh. Mamadjanov, T. Abdusattarov va A. Qurbonov tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-142-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 15-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-143-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 23-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-144-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari R. Kamilov, R. Xakimov, Sh. Tuxtashev, D. Aripov va M. Dadaxodjayeva tomonidan 2016-yil 24-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari V. Svetkov, B. Artikov, N. Xalilova, D. Fayziyeva va E. Xalbutayev tomonidan 2016-yil 25-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-147-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 9-avgustda kiritilgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxatiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-151-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-avgust,
532-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 8-son, 258-modda)