11.08.2016 yildagi 525-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari H. Ketmonovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, 2016-yil 25-iyundan 5-iyulga qadar saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar chogʻida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuni taʼkidlash kerakki, Qonunchilik palatasi deputatlari tizimli va samarali ishlarni tashkil etish, saylovchilar manfaatlariga daxldor muhim hayotiy masalalarni hal qilish uchun oʻzlariga berilgan vaqtdan samarali foydalandilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan uchrashuvlarning maqsadi aholini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida hayot faoliyatining barcha sohalarida, chunonchi davlat suverenitetini yanada mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga izchil ravishda oʻtish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish borasida erishilgan yutuqlar haqida, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati toʻgʻrisida keng xabardor etishdan, joylarda huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolarni aniqlash hamda qonun hujjatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar korpusi tomonidan joylarda 2021 ta uchrashuv tashkil etilib, bu uchrashuvlarda 125 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Oʻtkazilgan uchrashuvlar soni 2016-yil mart oyida tashkil etilgan uchrashuvlar bilan qiyoslaganda 197 taga yoki 9,7 foiz koʻpaydi, aholini qamrab olish darajasi esa — 41,5 ming kishiga yoki 24,9 foiz kamaydi, bu esa aholining qishloq xoʻjaligi ishlarida bandligi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglarida tashkil etilgan tadbirlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, siyosiy partiyalar mahalliy organlarining vakillari ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlib oʻtgan uchrashuvlar chogʻida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusining hamda Oʻzbekiston Prezidenti va XXP Raisi 2016-yil 22-iyun kuni parlament Senati aʼzolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari oldida soʻzlagan nutqlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirishga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek deputatlar bilan uchrashuvlar chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligini bayram qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi. Shu yoʻnalishda “Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” shiori ostida 363 ta tadbir oʻtkazilib, ularda 26,4 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflariga koʻra deputatlarning saylov okruglarida oʻtkazgan bir kuni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish masalalariga bagʻishlandi. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining, jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining faoliyati, shuningdek mazkur fond tomonidan oʻtkazilayotgan grant tanlovlarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi axborot saylovchilar eʼtiboriga yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan joylarda amalga oshirilgan ishlar markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek chet el internet-saytlarida keng yoritildi. Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari OAVning 1261 ta materialida, shu jumladan 198 ta material — markaziy nashrlarda, 907 ta material mahalliy nashrlarda va 156 ta material — chet el internet-saytlarida yoritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchrashuvlar vaqtida saylovchilar mamlakatimizda oʻtkazilayotgan islohotlar, shak-shubhasiz, aholining turmush darajasi va sifatini izchil oshirishga qaratilganligini taʼkidladilar, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli oʻzgarishlarga, shuningdek mustaqillik yillarida davlat hayotining barcha sohalarida Oʻzbekiston erishgan yutuqlarga yuqori baho berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar dunyoning turli mintaqalarida keskinlik oshib, xalqaro terrorizm va ekstremizm xurujlari kuchayib borayotgan bir sharoitda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik saqlanib turganligini asosiy yutuqlar sifatida taʼkidlamoqdalar. Ijtimoiy-iqіtisodiy sohada erishilayotgan yutuqlar, shuningdek mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Saylov okruglaridagi uchrashuvlar chogʻida oʻzining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi uchinchi raisligi doirasida Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlarga hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashining joriy yil 23-24-iyun kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan yubiley majlisi yakunlariga keng jamoatchilik tomonidan yuqori baho berildi. Saylovchilar mamlakatimizning ShHT faoliyatini takomillashtirishga qoʻshgan hissasini va jahonda obroʻ-eʼtibori oshganligini eʼtirof etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar bilan uchrashuvlar chogʻida deputatlar mamlakatimizning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotiga taalluqli 6134 tadan ortiq murojaatni koʻrib chiqdilar. 2016-yil mart oyidagi koʻrsatkich bilan taqqoslaganda murojaatlar soni 10,3 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, okruglardagi uchrashuvlar chogʻida saylovchilarni tashvishlantirayotgan bir qator muammolar koʻtarildi. Chunonchi, ayrim saylovchilar ishga joylashish, shu jumladan kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, pensiyalar va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash, bank-plastik kartalaridan foydalanish, shuningdek kommunal soha bilan bogʻliq muammolar mavjudligiga aloqador masalalarni koʻtardilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek deputatlar tomonidan elektorat bilan olib borilgan ishlar dori-darmonlarning narxini oshirish, dori preparatlarini qalbakilashtirish hamda taʼlim tizimi ayrim rahbarlarining poraxoʻrligi hollari mavjudligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, mazkur masalalarni hal etish siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va deputatlarning umuman hukumat bilan va, xususan, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bundan buyon ham hamkorlikda ish olib borishini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlari shuni koʻrsatdiki, deputatlar korpusining okruglardagi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlarning joylardagi ishi chogʻida hokimliklar va siyosiy partiyalar mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan saylov okruglaridagi bu muhim faoliyatga yetarli darajada eʼtibor qaratilmaganligi hollari kuzatildi. Masalan, shu sababli Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida Qonunchilik palatasi ayrim deputatlarining elektorat bilan uchrashuvlari lozim darajada oʻtkazilmadi, ishtirokchilarning son va sifat koʻrsatkichlari past boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda deputatlar tomonidan uchrashuvlar va tadbirlar jadvallarini saylov okrugiga borilganidan soʻng tuzish hollari uchradi, bu esa uchrashuvlarning saylovchilar kam qamrab olingan holda sifatsiz tashkil etilishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim deputatlar saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrmadilar, deputatlar korpusini zarur axborot materiallari bilan taʼminlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, elektorat tomonidan koʻtarilgan masalalarga javob berishda ularning malakasizligi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish vaqtidan oqilona foydalanmaslik hollariga, shuningdek deputatlarning okruglarda ish olib borish muddatlarini qonun hujjatlari doirasida ajratilgan muddatlardan oʻzboshimchalik bilan qisqartirish kabi ayrim hollarga yoʻl qoʻyildi. Masalan, Qonunchilik palatasining ayrim deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlar uchun belgilab qoʻyilgan 10 kun oʻrniga faqat 3-4 kun ajratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari H. Ketmonovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin (axborot ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz majlislarida deputatlarning saylov okruglarida olib borgan ishi yakunlarini koʻrib chiqish va unga tegishli baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va oʻtkazishda yuzaki yondashuvga yoʻl qoʻygan ayrim deputatlarning xatti-harakatini tanqidiy jihatdan koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ishini yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlarini oʻtkazishga sifatli tayyorgarlik koʻrish uchun siyosiy partiyalar mintaqaviy boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlar chogʻida koʻtarilgan masalalar asosida parlament soʻrovlari va parlament eshituvlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga oʻz ishlarini rejalashtirishda bank tizimi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning plastik kartalardan samarali foydalanishga doir qismi ijro etilishini, kommunal xizmat koʻrsatish (aholini ichimlik suv, tibbiy gaz, ichki avtomobil yoʻllari bilan taʼminlash) sohasini nazorat qilish, dori vositalariga narxlar belgilanishi, shuningdek taʼlim sohasidagi (pedagoglar tarkibini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning javobgarligi) qonun hujjatlarining ijrosi masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zokirovga “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlar va aholi punktlarining koʻchalarini (ichki avtomobil yoʻllarini) qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda saqlash holati va istiqbollari” mavzuida parlament soʻrovi yuborish masalasi ishlab chiqilayotgani, Qonunchilik palatasining ayrim deputatlari tomonidan bank tuzilmalari rahbarlari nomiga plastik kartalardan foydalanish samaradorligini oshirishga taalluqli, shuningdek tegishli organlar rahbarlariga dori preparatlarining maqbul narxlarda boʻlishini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan choralarga doir deputat soʻrovlari tayyorlanayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning saylov okruglarida olib boradigan ishiga koʻmaklashish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qarorni koʻrib chiqishga bagʻishlangan majlis oʻtkazib, uning yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashini xabardor qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari H. Ketmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kunda eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
525-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 8-son, 256-modda)