Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA CHAKANA SAVDO QOIDALARIGA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarining 60-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“aeroportlarga, temir yoʻl vokzallariga va avtostansiyalarga yondosh hududlarda, jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida joylashgan koʻchma va turgʻun chakana savdo obyektlaridan”;
oʻn birinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyun,
288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 24-son, 276-modda)