Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlariga hamda kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan maʼruza toʻgʻrisida.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
2. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
3. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
|
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
4. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
|
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
5. “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
|
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
6. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni toʻgʻrisida.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida.
|
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari |
8. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga parlament soʻrovlarini yuborish toʻgʻrisida.
|
Oliy Majlis Senatining tegishli qoʻmitalari |
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
|
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-avgust,
SQ-93-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 8-son, 239-modda)