Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining Kotibiyati toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining ishini tashkil etish, shu jumladan qarorlar qabul qilinishining izchilligini kuzatib borish, yalpi majlis nomiga kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oltinchi yalpi majlisining Kotibiyati tuzilsin:
|
Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari (Kotibiyat rahbari) |
|
Ataniyazova Oral Aminovna |
— |
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori |
|
Mavlonov Shavkat Teshayevich |
— |
Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-avgust,
SQ-91-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 8-son, 237-modda)