Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlariga reklama toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining koʻrsatib oʻtilgan organlari bir oy muddatda oʻzlarining amaldagi nizomlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasi huzurida Reklama boʻyicha idoralararo kengash tuzilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
* 4-ilova berilmaydi.
Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat boshqaruv organlari va joylardagi hokimiyat organlarining, shuningdek, respublika jamoat birlashmalari (tashkilotlari)ning reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq bank, sugʻurta va boshqa xizmatlar bozorlarida, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorlarida reklamani tarqatishda halol raqobatni va jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
reklama beruvchilar, reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar va reklamadan foydalanuvchilarning jahon standartlariga va milliy anʼanalarga zid boʻlmagan manfaatlariga rioya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-iyun,
243-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishini taʼminlash yuklangan davlat boshqaruvi organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari | “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi | Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi |
| 1. | Telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda; Ommaviy axborot vositalarida; Pochta joʻnatmalari, elektron aloqa vositalarida reklamalarning bir xil boʻlishini taʼminlash |
11-modda | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 2. | Homiylar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻyicha koʻrsatmalar Homiylar xizmatlaridan telekoʻrsatuvlarda va radioeshittirishlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik |
12-modda | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston MTRK |
| 3. | Yashirin reklamalardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik | 14-modda | Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 4. | Televideniye va radioda reklamalarni cheklash | 17-modda | Oʻzbekiston MTRK |
| 5. | Ommaviy axborot vositalarida reklamalarni cheklash Matbuot nashrlarida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasini cheklash |
18-modda 23-modda |
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalarini nashr etuvchi vazirliklar va idoralar, mustaqil ommaviy axborot vositalari |
| 6. | Tashqi reklamalarni joylashtirish tartibini belgilash, tashqi joylashtirishni nazorat qilish Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish |
20-modda 23-modda |
Joylardagi davlat hokimiyati organlari |
| 7. | Yer usti transport vositalarida; metropolitenda, vokzallarda, portlarda va aeroportlarda reklamalarni joylashtirish hamda tarqatishni nazorat qilish | 21-modda | Ichki ishlar vazirligi (DAN); joylardagi davlat hokimiyati organlari |
| 8. | Pochta joʻnatmalarida reklamalarni tarqatish uchun ruxsatnomalar berish | 21-modda | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 9. | Quyidagilarni reklama qilish uchun ruxsatnomalar berish: Voyaga yetmaganlar uchun dori-darmon vositalari; Gipnoz qilish va taʼsir koʻrsatishning ruhiy yoki bioenergiya usullaridan foydalangan holda davolash seanslari, shunga oʻxshash boshqa tadbirlar; Tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikani, gigiyena, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari; Davolab boʻlmaydigan va davolash qiyin boʻlgan kasalli�larga nisbatan terapevtik natija. Tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan dori-darmonlarni reklama qilish tartibini belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish |
22-modda | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 10. | Quyidagilarni qoʻllash va sotish uchun tegishli ruxsatnomalar berish: Kosmetika vositalari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari; Maishiy kimyo vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari | 22-modda | Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzstandart” agentligi |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
1. Reklama boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va jamoat birlashmalarining reklamani ishlab chiqarish, tarqatish va joylashtirish, reklama foydalanuvchilarini chalgʻitadigan yoki fuqarolar salomatligiga, fuqarolar yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga, atrof muhitga yoxud koʻrsatib oʻtilgan shaxslar shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishdagi obroʻsiga zarar yetkazadigan, shuningdek, jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq tamoyillariga tahdid soladigan reklamadan jamiyatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni takomillashtirish maqsadida tuziladi.
Kengash maslahat organi hisoblanadi va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
2. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar va meʼyoriy hujjatlarning qoʻllanish amaliyotini tahlil qilish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorida reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish jarayonida paydo boʻladigan xulq-atvorning madaniyatli norma va qoidalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning reklama faoliyatiga koʻmaklashish, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, reklama faoliyatini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorlarida, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻlik bank, sugʻurta va boshqa xizmatlar bozorlarida shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorlarida reklamani tarqatishda halol raqobatni va jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
reklama beruvchilar, reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar va reklamadan foydalanuvchilar manfaatlariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasining ijodiy uyushmalari, jamoat birlashmalari, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan reklama faoliyati masalalari boʻyicha aloqalarni rivojlantirish;
reklama faoliyatini yoritishga, halol raqobatni, reklamada ijodkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va tanlovlar)ni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
reklama faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va oʻzini oʻzi tartibga solish boʻyicha chet el tajribasini tahlil qilish;
reklama faoliyatini amalga oshirish ustidan nazoratning samaradorligi masalasi boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etish;
ijtimoiy reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatishda tashabbuskorlik koʻrsatish.
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
reklamani nazorat qilishga taalluqli qonunlar va meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
Kengash vazifalarini hal etish uchun ishchi guruhlar, komissiyalar tuzish va ular ishida jamoatchilik asosida ishlash uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.
3. KENGAShNING TARKIBI VA ISh TARTIBI
5. Kengash vazirliklarning, davlat boshqaruvi respublika boshqa organlari, jamoat birlashmalari vakillaridan, ular rahbarlarining taqdimnomasiga binoan shakllantiriladi.
Kengashda ishlash uchun (ularning roziligiga koʻra) mutaxassislar, olimlar, ekspertlar hamda reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish faoliyati sohasiga kiradigan turli tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va muassasalar vakillari jalb etilishi mumkin.
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda Rais, ikki nafar oʻrinbosar, kotib va oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Kengash aʼzolaridan iborat boʻladi.
6. Kengash Raisi:
Kengash faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Kengash majlislarini chaqiradi, ularning kun tartibini tuzadi, uni Kengash majlisi oʻtkaziladigan kungacha toʻrt kundan kechikmay Kengash aʼzolariga yetkazishni tashkil qiladi;
Kengash aʼzolarining Kengash qarorlari va vazifalarini bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Kengash tomonidan tuzilgan seksiyalar, ishchi guruhlar va komissiyalar faoliyatini nazorat qiladi;
davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;
Kengash qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Kengash tomonidan oʻziga yuklangan boshqa vazifalar va funksiyalarni bajaradi.
7. Kengashda ish yuritishni kotib amalga oshiradi.
8. Kengash oʻz ishini oʻzi tasdiqlaydigan ish tartibi asosida amalga oshiradi. Kengash majlislari zaruriyatiga koʻra, lekin yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi va protokollar bilan rasmiylashtiriladi. Kengash oʻz ishlari boʻyicha har yili yakun chiqaradi.
9. Kengash qarorlari tavsiyanoma tusida boʻladi va majlisda raislik qiluvchi hamda kotib tomonidan imzolanadi.
10. Kengashda koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalar va uning qarorlari loyihalari Kengash aʼzolari tomonidan, ish rejasiga muvofiq vazirliklar, davlat boshqaruvi respublika boshqa organlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 6-son, 32-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 27-son, 191-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 44-45-son, 380-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)