Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.06.2000 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 10.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORT ISTEʼMOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import isteʼmol tovarlari sotishni tartibga solish, savdoning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va mustahkamlash, aholining xarid qobiliyatini oshirish, isteʼmol tovarlariga narx belgilash tizimini takomillashtirish va narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2000-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo korxonalari yalpi daromad soligʻini daromadlilik darajasiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha ilovaga muvofiq toʻlaydilar. Bunda yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash har oyda, oʻsib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol yogʻi, qand-shakar va choy Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilganda aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta xarid qilinganligi uchun 5 foiz miqdorida yigʻim undirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo korxonalari tomonidan yalpi daromadga soliq solishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar, bunda qonunni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazolar qoʻllasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-iyulgacha import qilinadigan isteʼmol tovarlari narxlari ustidan monitoring olib borish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etsinlar, unga narxlar darajasiga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni oʻrganib chiqish va isteʼmol tovarlariga narx belgilash mexanizmini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni yuklasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Savdo korxonalarining yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin, bunda, shuningdek, savdo maydonlari ijaraga olinganligi uchun savdo korxonalari daromadlariga soliq solish boʻyicha imtiyozlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 350-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-iyuldan boshlab buyum bozorlarida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlovning amaldagi stavkalarini 1,5 baravar oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligining jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan import isteʼmol tovarlarini mayda ulgurji va chakana sotish boʻyicha savdo markazi tashkil etish va uni “Chorsu” univermagi tomonidan foydalanilayotgan binoga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda turgʻun binolarda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar tizimini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uyushtirilgan savdoni kengaytirish hamda tovar aylanishi hajmida uning ulushini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, shu jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini amalga oshirishlari uchun mavjud ombor va savdo maydonlarini, shuningdek, turar joyga moʻljallanmagan fonddagi boʻsh maydonlarni koʻplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish turgʻun markazlari tashkil etish, shu jumladan, ularga yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlar sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslardan import tovarlar xarid qilish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo korxonalarini yer uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushtirilgan savdo tizimida ombor binolari va savdo maydonlaridan foydalanilganligi uchun ijara toʻlovining buyum bozorlariga nisbatan tadbirkorlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan foydaliroq shart-sharoitlarini taʼminlovchi imtiyozli miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shuningdek, turgʻun binolarda chakana savdoni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun kassa apparatlarini kreditga yoki lizing shartlarida sotib olishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga 2000-yil yakunlari boʻyicha axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-iyundagi 242-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji va chakana savdo korxonalarining yalpi daromadiga solinadigan soliqning tabaqalashtirilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Daromadlilik‎

Korxonalar daromad olish darajasi (yalpi daromadning tovar aylanmasiga nisbati, foizlarda)‎

Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari (yalpi daromadga nisbatan foizlarda)‎‎

Shahar va qishloq joylardagi korxonalar‎

Uzoq va togʻli tumanlardagi korxonalar‎

Foizgacha‎ 20‎ 20‎ 15‎
Foizdan ortiq ‎ 20‎ 30* 30*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Stavka daromadlilikning belgilangan darajasidan oshuvchi daromadlarga nisbatan qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.