Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A. Ikromovning “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlashga, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Ikromovning “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlashga, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti eshitilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi eshituvning tayyorlanishi hamda oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyul,
500-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 7-son, 185-modda)