Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-136-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
2. “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-142-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-143-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A. Ikromovning “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturining tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlashga, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axboroti eshituvini oʻtkazish haqida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B. Axmedovning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti eshituvini oʻtkazish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyul,
494-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 7-son, 179-modda)