Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-137-A-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari — Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining aʼzolari tomonidan 2016-yil 11-iyulda kiritilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-137-A-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga — Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining aʼzolariga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-iyul,
484-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 7-son, 173-modda)