Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangilangan dizayni loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot kotibi H.T. Tulyaganovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangilangan dizayni loyihasi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangilangan dizayni loyihasi tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh (I.Z.Abdullayev) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangilangan dizayni loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning ijro etilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S.S.Otamuratov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-iyun,
474-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 6-son, 169-modda)