Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yoʻlovchilar tashish xavfsizligini va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatining zarur darajasini, yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda — avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish, yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalarini, toʻxtash bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tarmoq jadvallarining bajarilishi yuzasidan muntazam monitoringni taʼminlasinlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
yangi avtostansiyalar, oxirgi toʻxtash bekatlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishda ularni yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan joylarda, yoʻlovchilar toʻplanadigan yirik punktlarda (temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, bozorlar va boshqalarda), asosan xususiy investorlarni jalb etib, ularga yoʻlovchilar harakati xavfsizligiga toʻsqinlik qilmaydigan faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish imkoniyatini bergan holda, joylashtirishni nazarda tutsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda — har yili faoliyat koʻrsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻl sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat boʻlganda, taʼmirlash ishlari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
yoʻlovchi tashishning amalda vujudga kelayotgan xarajatlarini qoplashni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqqan holda shahar yoʻlovchi transportida yurish tariflarini oʻz vaqtida qayta koʻrib chiqsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda — tadbirlarni amalga oshirish natijalarini har tomonlama tahlil qilish asosida, zarurat boʻlganda, 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan yangi avtobuslar va mikroavtobuslar sotib olish, avtobus yoʻnalishlarini tashkil etish, yoʻlovchilar avtovokzallari va avtostansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlariga tuzatishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 144-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish), 145-moddaning ikkinchi qismi bilan (yoʻlovchilarni chiptasiz tashish), 1461-moddasida (tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shugʻullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish), 1764-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar toʻgʻrisidagi protokollar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
undiriladigan jarimalar summasining 60 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son)
7. “Oʻzavtosanoat” AK:
yetkazib berish va moliyalashtirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qatʼiy muvofiq ravishda avtobuslarning xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlasin;
respublikada yoʻlovchilar tashish mikroavtobuslari ishlab chiqarishni tashkil etishni yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqishni jadallashtirsin va takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin, shuningdek baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-aprel,
238-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“boʻlib oʻtmagan tender munosabati bilan yoʻnalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha boʻlgan davrga kontraktning amalda boʻlishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yoʻnalishga xizmat koʻrsatishni yuklaydi”;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Shahar atrofi, shaharlararo (viloyat ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomda:
2-banddagi “Har bir transport vositasini bittalab koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha belgilangan namunadagi, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining muhri bilan tasdiqlangan ijobiy dalolatnomaning mavjud boʻlishi qatnashchi uchun majburiy shart hisoblanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“boʻlib oʻtmagan tender munosabati bilan yoʻnalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha boʻlgan davrga kontraktning amalda boʻlishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yoʻnalishga xizmat koʻrsatishni yuklaydi”;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Tender takliflari Komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi:
a) qatnashchi tomonidan yoʻnalishdagi 1 nafar yoʻlovchi km. uchun tavsiya etilayotgan tarif darajasi uchun — Komissiya talab etadigan tashish tarifi oʻrniga darajani pasaytirishning har bir punkti uchun ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha;
b) transport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili uchun — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha. Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1.15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa;
v) tashish uchun tavsiya etilayotgan avtotransport vositalarining umumiy sigʻimi uchun — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha.
Komissiya yoʻnalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobil rusumini va uning boʻyicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil ravishda belgilaydi;
g) avtobuslar ish rejimining tavsiya etilayotgan varianti uchun — besh balli tizim boʻyicha;
d) yoʻnalishdagi reyslarning tavsiya etilayotgan soni uchun — besh balli tizim boʻyicha;
e) yoʻnalishlarda ishlashda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim boʻyicha. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
transport vositalarining har kuni reysdan oldingi texnik nazoratini taʼminlash;
haydovchilarning har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash;
haydovchilarni Yoʻl harakati qoidalarining 30 soatli dasturi boʻyicha oʻqitish.
Komissiya, yoʻnalishga aniq talablarni hisobga olgan holda, ishtirokchilarning tender takliflarini baholashga qoʻshimcha talablarni tavsiya etishga haqlidir.
Tender takliflarini baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan yoʻriqnoma-metodik hujjatlar va ularning shakllari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“boʻlib oʻtmagan tender munosabati bilan yoʻnalish tashuvchining xizmatisiz qoladi. Komissiya yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvaliga) takroriy tender natijalarigacha boʻlgan davrga kontraktning amalda boʻlishini uzaytiradi yoxud istalgan tashuvchiga ushbu davrda mazkur yoʻnalishga xizmat koʻrsatishni yuklaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
23. |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
Avtomobilʼ transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashishga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji |
25 |
”. |
|
Avtomobillarda tashuvlar sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi |
25 |
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 300-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 27.05.2019-y., 09/19/429/3185-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)