25.04.2017 yildagi F-4917-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjirining” Respublika loyiha instituti (keyingi oʻrinlarda — “OʻzInjiniring” RLI) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qarori, shuningdek Institut va uning Ilmiy-texnik kengashi haqidagi nizomlarning talablariga qatʼiy rioya etilishi uchun — “OʻzInjiniring” RLI direktori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbus koʻrsatib ishlab chiqilayotgan loyihalarning oʻz vaqtida kiritilishi, shuningdek loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIX va TIA/TIXlarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, kelishib olish va texnik hamkorlik qilish uchun “OʻzInjiniring” RLIga taqdim etiladigan axborotning toʻliqligi. sifati va ishonchliligi uchun — iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari, shu jumladan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK loyihalarining tashabbuskorlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari shaxsan javob berishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini va ishlab chiqarish quvvatlarini qurish hamda modernizatsiyalash boʻyicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻidagi loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2901-sonli qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmoqlari bundan mustasno) “OʻzInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina vakolatli organlarga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar davlat qoʻmitasi “OʻzInjiniring” RLI bilan birgalikda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari xamda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash boʻyicha investitsiya loyihalarini keyinchalik vakolatli organlarga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun ularni sinchiklab, puxta ishlab chiqish boʻyicha harakatlarning birga muvofiqlashtirilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” RLI direktori Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-fevraldagi PQ-3557-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son) )
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” RLI direktorining oʻrinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “OʻzInjiniring” RLI Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning yangilangan ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning davlat roʻyxatidan Oʻtkazilishini taʼminlasin xamda Institutning shtatlar jadvalini tuzsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “OʻzInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan Nizom talablarini hisobga olgan holda uning shaxsiy tarkibi boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi oʻn kun muddatda Institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan litsenziya bitimlarini “OʻzInjiniring” RLI bilan belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “OʻzInjiniring” RLI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari va statistika axborotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-4917-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi F-4917-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning dastlabki va uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblarini (DTIA/DTIH va TIA/TIH)larni ishlab chiqish va moslashtirishni, shuningdek loyiha (ish hujjatlarini) hamda geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (qurilish bosqichida) texnik kuzatishni amalga oshiradi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2901-sonli “Neft-gaz tarmogʻida loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmogʻi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut faoliyatiga mutasaddilik qilish Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari boʻyicha kompleks zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institut mustaqil balansga, bank hisobvaraqlari, shu jumladan valyuta hisobvaraqlariga, toʻliq operativ boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka ega boʻlib, oʻz majburiyatlari boʻyicha mol-mulki bilan javob beradi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qoʻlga kiritishi va amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudlarda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Institutning asosiy vazifa va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining texnik tartibga solish va standartlar sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni texnik kuzatish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari loyihalarining tender savdolari (loyihalashtirishga taalluqli qismida) tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni oʻtkazish va kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy oʻzgartirish, geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini koʻrib chiqish va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning progressiv usullarini loyihalash jarayonlariga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish, keyinchalik iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda oʻz zimmasiga bosh pudratchi funksiyalarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yordamchi pudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek yetakchi mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va unumdorligiga nisbatan zamonaviy talablarga, energiya va resurslarni tejash hamda ekologik standartlarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar va uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish, bunda istiqbolsiz, maʼnan va jismonan eskirgan uskuna va texnologiyalarni respublikaga olib kirish, istisno etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishda yuqori texnologiyali, energiya samarali ilgʻor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ilmiy-texnik kengashida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha, loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash qismida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan mustahkam hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tasniflari, samaradorligi va amalda sinalganlik darajasi toʻgʻrisida, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi, faoliyat sohasi boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiquvchi va litsenziya beruvchi chet ellardagi asosiy sheriklar toʻgʻrisida axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimo yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflar toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish va umumlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy texnologik uskunalarning cheklangan narx parametrlari boʻyicha, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining qiymati boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xoʻjalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning buyurtmasiga binoan investitsiya loyihalarining mustaqil texnik–iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, yuqori malakali muhandis-loyihachilarni tayyorlash masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi sifatida — iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish va moslashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning normativ hujjatlariga muvofiq Ilmiy-texnik kengash ishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi hujjatlari tayyorlanishi, shuningdek, tarmoq idoralari, shu jumladan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — loyihalarning tashabbuskorlaridan olinadigan axborot asosida Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflarga oid axborotni (shu jumladan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning tashabbuskorlari — tarmoq idoralarining axboroti asosida) yigʻadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy oʻzgartirish, geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini koʻrib chiqish va kelishishda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ham chet ellarda ham oʻz mutaxassislari va muhandislarini oʻqitish va malakasini oshirishni tashkillashtiradi, buning uchun mahalliy va xorijiy loyiha va injiniring kompaniyalarining yetakchi mutaxassislarini jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratilgan ilgʻor xorijiy tajriba asosidagi loyihalashtirishning progressiv metodologiyasini loyiha faoliyatiga joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obuna boʻlingan muntazam xorijiy va mahalliy nashrlar va kataloglar asosida axborot yigʻadi va energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar, texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va litsenziya beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, ilgʻor texnologiyalar bozorini tahlil qiladi, keyinchalik ularni iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashtirishda qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari buyurtmasiga koʻra investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini amalga oshiradi, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq asosiy texnologik uskunalar narxi hamda tayyor holda topshiriladigan loyihalar qiymatining cheklangan parametrlari boʻyicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Institutning huquq va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur hujjatlar, statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni belgilangan tartibda begʻaraz asosda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, shuningdek xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni moslashtirishda, istisno tariqasida, ayrim turdagi ishlarga mahalliy ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri subpudrat shartnomalari tuzish, shuningdek, institut zimmasiga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri kontraktlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan texnik topshiriqlarning energiya samaradorligi, loyihalarda foydalanilgan texnologiyalar va uskunalarning zamonaviylik talablariga, ishlab chiqish uchun taqdim etilgan loyihaoldi hujjatlarning parametrlari mos kelmagan taqdirda — ularni buyurtmachilarga puxta ishlab chiqish uchun qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan faoliyat doirasida loyiha tashkilotlari, vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarning, jumladan xorijning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi va ekspertlar sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlarini yetakchi mahalliy loyiha institutlariga va xorijiy injiniring kompaniyalarining oʻquv markazlariga, shuningdek, ularning malakasini oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut negizida oʻz xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish uchun, shuningdek, shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning mutaxassislari uchun kurslar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining investitsiyaviy infratuzilmaviy loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, moslashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihaoldi hujjatlarini oʻz vaqtida ilgari surish masalalari boʻyicha loyiha tashkilotlarining ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq konsalting xizmati va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda muvaqqat ishchi guruhlarni, shu jumladan shartnoma asosida tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlar chop etish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturini, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini eng yaqin va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda loyihalarning texnik iqtisodiy parametrlarini koʻrib chiqishda ishtirok etish va ularni kelishib olishda takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsorsiumlar tashkil etish yoki konsorsiumlarda qatnashish, shuningdek, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish uchun yetakchi mahalliy va xorijiy injiniring kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalar hamda oʻziga qarashli shuʼba korxonalar va filiallarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalash va qurish sohasida mavjud normativ bazani takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining texnik tartibga solish sohasidagi qurilish normalari va standartlariga muvofiqlashtirmagan holda loyihalarni xorijiy buyurtmachilar va investorlarning soʻrovnomalari asosida moslashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishuvida xorijiy va xalqaro standartlar va normativlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari (keyingi oʻrinlarda — XMI) tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maslahatchilar sifatida jalb etiladigan kompaniyalar va mutaxassislar monitoringini amalga oshirish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish qismida texnik iqtisodiy asoslarni (keyingi oʻrinlarda — TIA) ishlab chiqish va hisobotlarni tayyorlash, boshqarish va nazorat qilish qoidalari va talablari doirasida xalqaro maslahatchilarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIAni ishlab chiqish va bosh pudratchi, konsorsium ishtirokchisi yoki subpudratchi sifatida hisobotlarni tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xalqaro maslahatchini aniqlashga tender savdolarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda tender tarkibi va loyiha hujjatlari boʻyicha maslahatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, sertifikatlashtiruvchi organlar tomonidan sertifikatsiya auditlarini oʻtkazishga zarur mablagʻlar ajratish, maslahat yordami koʻrsatish uchun maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, Institut sifat menejmenti tizimining faoliyat yuritishi va takomillashtirilishi uchun masʼul boʻlgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday murakkablik darajasidagi loyiha ishlarini amalga oshirish uchun zarur litsenzion dasturlar va tizimlarni, shuningdek, istisno tariqasida, zarur uskunalarni ularning tayyorlovchilari yoki rasmiy dilerlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning rivojlanishini taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar va tashkilotlar bilan birgalikda mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro standartlar tizimini va boshqa standartlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda anjumanlar, shu jumladan xalqaro anjumanlarni tashkillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston bozorida va chet ellarda oʻz xizmatlarini ilgari surish maqsadida xalqaro anjumanlar, koʻrgazmalar va konferensiyalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xonalarini belgilangan tartibda ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut oʻz zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Institutning tuzilmasi va uning faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Institutning ishlab chiqarish jarayonlari bilan band boʻlgan asosiy tarkibiy boʻlinmalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha bosh muhandislari rahbarlik qiladigan tarmoq byurolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha bosh arxitektori byurosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish istiqbollari boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy texnikaviy va axborot-tahliliy ishlanmalar boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIAni baholash boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni tayyorlash va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor texnologiyalar va uskunalarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarini tayyorlash va oʻtkazish boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta ishlari boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni chiqarish boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-shartnoma boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy tahlili boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ishlab chiqarish boʻlinmalari (boʻlimlari) soni va nomlanishi mazkur Nizom 20-bandining beshinchi xatboshiga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bosh muhandislari va loyiha bosh arxitektorlari maqomiga koʻra yetakchi boʻlim boshligʻiga tenglashtiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, loyiha qidiruv ishlarini amalga oshirishga va loyihalar amalga oshirilishini texnik kuzatishga shartnoma asosida ajratilgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar buyurtmachilarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻz faoliyat bilan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial kontoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari Institut xodimlariga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qolgan foyda Institut ixtiyorida qoladi va u quyidagi maqsadlarga mutanosib ravishda yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Institutning ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — zaxira jamgʻarmasini shakllantirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Institutga direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktorining oʻrinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Institut direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarining bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shu jumladan uning manfaatlarini himoya qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha tashkilotlarida va undan tashqarida bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut nomidan uchinchi shaxslar bilan bitim va shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda, zarurat boʻlganda, Institut xodimlari soni va tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda soʻnggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining maʼlumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 va undan koʻproq foizi miqdoriga teng summada bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining maʼlumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 foizdan kamroq miqdoriga teng summada bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut asosiy vositalari va tovar-moddiy boyliklari qiymatini balansdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzInjiniring” RLIning shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlaydi va belgilangan xodimlar umumiy soni doirasida unga oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga yuksak malaka, professionalizm va ish sifati uchun har oylik va har choraklik ustamalar, biryoʻla beriladigan, shu jumladan loyihaoldi va loyiha ishlari yuqori sifat bilan oʻtkazilganligi uchun mukofotlar belgilaydi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq Institut qayta tashkil etilgan paytda ilgari amal qilib kelgan ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsenti)ni saqlab qoladi, bu ustamalar Institut daromadlari doirasida toʻlab boriladi, shuningdek, xodimlar tomonidan oʻzlariga topshirilgan vazifalarni bajarish natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida talab etiladigan miqdorda qoʻshimcha jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Institut xodimlari tomonidan bajarilish majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 293-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)