Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2015-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida”gi;
2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi B. Yusupov toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 4-fevralda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi A. Usmanov toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 10-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 15-fevralda qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasining “2015-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va modernizatsiyalash boʻyicha 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida”gi har yilgi maʼruzasi haqida”gi;
2016-yil 9-martda qabul qilingan “Andijon viloyati Jalolquduq tumanining va Andijon viloyati Jalolquduq tumani Oxunboboyev shahrining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 22-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 30-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2016-yil 30-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi F. Umarov toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-aprel,
SQ-89-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 4-son, 131-modda)