18.04.2017 yildagi PF-5017-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olinishini tubdan yaxshilash, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida barcha tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi uygʻunlashgan texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, koʻp xonadonli uylarning saqlanishi talablariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini oshirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — “Uyjoykomxizmat” vazirligi) tashkil qilinsin va uning tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi hamda ularning tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Uyjoyfondinspeksiyasi”) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspeksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻp xonadonli uylar, issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli arzon uylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini taʼminlash, koʻp xonadonli arzon uylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, koʻp xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash boʻyicha talablarga, koʻp xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va normalariga, koʻp xonadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik taʼminoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bogʻlagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisoblash oʻlchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarxining pasayishini taʼminlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, oʻquv stajirovkalarini chet ellarda oʻtkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasining boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasining boshliqlari oʻz maqomiga koʻra tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari zimmasiga hududiy boʻlinmalarning, shu jumladan, tumanlar (shaharlar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlarining quyidagi masalalarda samarali hamkorlik qilishlarini taʼminlash uchun masʼuliyat yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va muhandislik kommunikatsiyalari obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli arzon uylar, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha dasturlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy fondini, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda koʻchmas mulk egalari tomonidan xonalarning oʻzboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi hamda ularni taʼmirlash-tiklash ishlari tizimli amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni mukammal taʼmirlash uchun jamlanadigan koʻchmas mulk egalarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanishning mavjud qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha — xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga va koʻchmas mulk egalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish boʻyicha — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlariga bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar taqdim etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, taqdim etilgan koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda Inspeksiya, qonun hujjatlariga muvofiq, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tegishli mansabdor shaxslarga jarima solish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar va maʼmuriy javobgarlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vakolatlaridan kelib chiquvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning idoraviy mansubligi qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan oʻzaro munosabatlariga oid vakolatlari qismi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Kommunxizmat” agentligi etib qayta tashkil qilinsin va u Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tuzilmasiga kiritilsin hamda uning zimmasiga uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkommunxizmat” agentligi obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin va uning mintaqalararo filiallari tuzilsin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga bevosita boʻysundirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish, uning mablagʻlarini birinchi navbatda koʻp xonadonli arzon uy-joy fondini, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, mukammal va joriy taʼmirlashga, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga hamda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5017-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-sonli farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-sonli Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvining respublika organlari roʻyxatidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I boʻlim quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) III boʻlimning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Yaratilgan mustahkam meʼyoriy-huquqiy bazaga muvofiq tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 mingdan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq koʻp xonadonli uylarga xizmat koʻrsatmoqda. Uy-joylarni, avvalo, ipoteka krediti asosida qurish va rekonstruksiya qilish koʻlami kengaymoqda. Bu oʻtgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil oʻsib borishiga qaramasdan, aholini uy-joy bilan taʼminlash darajasini kishi boshiga 1991-yildagi 12,4 kvadrat metr oʻrniga oʻrtacha 15,2 kvadrat metrga yetkazish imkonini berdi.

Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish maqsadida markazlashtirilgan davlat kapital qoʻyilmalarini yoʻnaltirish va xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim boʻlgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi.

Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yoʻqligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishga toʻsiq boʻlmoqda va uy-joy mulkdorlarining haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda.

Koʻp xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, koʻp hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi boʻyicha belgilangan talablar buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Bino va inshootlarni taʼmirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish boʻyicha ishlar olib borilmayapti, koʻp xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena meʼyorlariga toʻliq javob bermaydi.

Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti bilan yetarli darajada taʼminlanmayapti.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, koʻp xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik nazorat qilish boʻyicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari koʻrsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etildi.

Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

koʻp xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini taʼminlash, bunday uy-joylarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini barpo etish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilash talablariga, koʻp xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, koʻp xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;

aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bogʻliq holda, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni taʼminlash;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xoʻjalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish-oʻlchash priborlari bilan taʼminlash, qurilish-montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti boʻyicha xizmat koʻrsatish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga doir kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tarif siyosatini shakllantirish;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, ularni, jumladan, xorijda oʻquv stajirovkalarini oʻtkazish orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish.

Shuningdek, Vazirlik tarkibida Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uning hududiy inspeksiyalari tashkil etildi.

Quyidagilarni nazorat qilish Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

koʻp xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlar tozaligini tegishli ravishda saqlash hamda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, koʻchmas mulk egalarining binolarni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaslik;

umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylar ichidagi muhandislik-kommunikatsiyalarni taʼmirlash-tiklash ishlarini tizimli amalga oshirish qoidalariga rioya etish;

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining tegishli kommunal xizmatlar koʻrsatishda texnik tartibga solish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etishi;

koʻchmas mulk egalarining koʻp xonadonli uylarni kapital taʼmirlash uchun toʻplanadigan mablagʻidan maqsadli foydalanish.

Shuni taʼkidlash kerakki, Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlarini, birinchi navbatda, koʻp xonadonli arzon uy-joy fondi, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy taʼmirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan taʼminlash hamda boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablagʻlar, ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma manbalari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, xizmat koʻrsatuvchi banklarda suv taʼminoti tashkilotlariga ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama mablagʻlarini toʻplash uchun maxsus hisob raqam ochishni va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlar yoʻnaltirishini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, Farmonda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzurida “Taʼmirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida koʻp xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash boʻyicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, koʻp xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, koʻp xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy taʼmirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmon va qarori amalga oshirilishi:

birinchidan — uy-joy kommunal xizmatining sifatini tubdan oshirish, maqbul narxlarni taʼminlash uchun uy-joy kommunal sohasini davlat tomonidan boshqarishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida zarur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish;

ikkinchidan — isteʼmolchilarga sifatli va kafolatli kommunal xizmatlar koʻrsatishni taʼminlash maqsadida uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va muhandislik infratuzilma obyektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish borasida samarali hamkorlik uchun respublika va mahalliy darajadagi barcha boshqaruv boʻgʻinlarining masʼuliyatini oshirish;

uchinchidan — arzon uy-joylar qurish, koʻp xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti obyektlarini barpo etish hamda rekonstruksiya qilish sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablagʻlarni maqsadli va ishonchli yoʻnaltirishni taʼminlaydigan kompleks tadbirlar koʻrish;

toʻrtinchidan — koʻp xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, koʻchmas mulk egalarining xonalarni oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaslik;

beshinchidan — koʻp xonadonli uy-joy fondidan sifatli foydalanish va taʼmirlash-tiklash ishlari oʻtkazilishini taʼminlash;

oltinchidan — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

yettinchidan — aholini zamonaviy va sifatli kommunal xizmatlar bilan taʼminlash darajasini oshirish imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 267-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son; 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son; 07.04.2021-y., 06/21/6200/0310-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)