Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2021 30.04.1998 yildagi 604-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2021
Hujjat 04.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Dehqon xoʻjaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oilaviy mayda tovar xoʻjaligi boʻlib, oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xoʻjaligi aʼzolarining istagiga koʻra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Dehqon xoʻjaligi aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Dehqon xoʻjaligi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda dehqon xoʻjaligi nomidan shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshligʻi yoki oilaning muomalaga layoqatli aʼzolaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining boshligʻi vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt boʻlmaganda u oʻz majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xoʻjalik aʼzolaridan biriga, dehqon xoʻjaligining aʼzosi bir kishidan iborat boʻlganda esa, shartnoma asosida — ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Dehqon xoʻjaligini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida, xoʻjalik boshligʻining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ish beruvchisiga (maʼmuriyatiga) hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan tashkil etiladi. Arizada soʻralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xoʻjaligining tarkibi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (maʼmuriyati) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining yoki boshqa qishloq xoʻjalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisining (maʼmuriyatining) qarori asosida yer uchastkalari berish masalalarini koʻrish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda tuman hokimi dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori tumanning moliyaviy, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining boshligʻini davlat roʻyxatiga olish dehqon xoʻjaligi boshligʻining doimiy yashash joyidagi tuman hokimligi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida amalga oshiriladi. Dehqon xoʻjaligi boshligʻiga Yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat roʻyxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki dehqon xoʻjaligi boshligʻi asossiz deb hisoblaydigan sabablarga koʻra rad etilgan boʻlsa, xoʻjalik boshligʻi sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari har bir dehqon xoʻjaligini Xoʻjalik kitobiga kiritib, unda dehqon xoʻjaligining tarkibi, xoʻjalik boshligʻi yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xoʻjalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik yigʻimini toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOB. DEHQON XOʻJALIKLARIGA YER BERISh. YERGA EGALIK QILISh, YERDAN VA SUVDAN FOYDALANISh
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Tomorqa yer uchastkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer uchastkasi — qishloq xoʻjalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila aʼzolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va oʻlchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan guvohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dehqon xoʻjaliklariga yer berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) aʼzolarining, boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oilalariga, shuningdek qishloq joylarda yashovchi oʻqituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi imorat va hovli egallagan maydonni ham qoʻshganda sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 gektargacha oʻlchamda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga tomorqa yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaror dehqon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining, boshqa qishloq xoʻjalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisining (maʼmuriyatining) qarori asosida tuman hokimi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilayotgan dehqon xoʻjaligi uchun tomorqa yer uchastkasi olish huquqidan mazkur joyda kamida uch yil mobaynida doimiy yashab kelayotgan shaxslar foydalanadilar (yangi oʻzlashtirilayotgan yer maydonlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining, boshqa qishloq xoʻjalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti boshqaruv organining, ish beruvchisining (maʼmuriyatining) hamda tuman hokimining dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun tomorqa yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning oʻzida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi tomonidan umumiy majlisning qarori asosida, boshqa qishloq xoʻjalik korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (maʼmuriyati) tomonidan qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish, yem ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qoʻshimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer berish yoki yerni realizatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan tomorqa yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa yer uchastkasining oʻlchami va chegaralari faqat dehqon xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xoʻjalik aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida, dehqon xoʻjaligi faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan xoʻjalik aʼzolaridan biriga meros boʻyicha oʻtadi. Dehqon xoʻjaligi boshligʻi mehnat qobiliyatini toʻla yoʻqotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xoʻjalik aʼzolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi yer uchastkasini olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilgandan keyin, dov-daraxtlar, buzilayotgan binolar va inshootlarning yoxud ularni boshqa joyga koʻchirish yoki boshqa binolar va inshootlar qurish qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan foydani qoʻshgan holda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻla hajmda toʻlangan holda yoʻl qoʻyiladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer soligʻi tariqasida undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Suvdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi, shuningdek mazkur soliq boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOB. DEHQON XOʻJALIGINING HAMDA UNING AʼZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Dehqon xoʻjaligining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga oʻz xohishi boʻyicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga moʻljallangan aksiyalarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qoʻyish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer uchastkasidan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy obyekt boʻlmish yerga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligining majburiyatlari va qarzlari boʻyicha toʻla javobgar boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik aʼzolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida dehqon xoʻjaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dehqon xoʻjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda hisobvaraqlar ochish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi dehqon xoʻjaligining hamda uning aʼzolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi boshligʻi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dehqon xoʻjaligi aʼzolarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma shartlariga koʻra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan oʻz ulushini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilish va ijtimoiy taʼminlanish, shuningdek tovar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xoʻjaligida sarflangan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega.
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzolari dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida dehqon xoʻjaligi aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-BOB. DEHQON XOʻJALIGINING MOL-MULKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Dehqon xoʻjaligining mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga qarashli uy-joylar, xoʻjalik imoratlari, qishloq xoʻjalik ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xoʻjalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan daromadga (foydaga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega boʻlingan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga boʻlgan mulk huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining oʻziga qarashli mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining mol-mulki, agar uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan boʻlmasa, uning aʼzolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xoʻjalik aʼzolarining oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, koʻpaytirish, olish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Dehqon xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xoʻjaligining hisob-kitob hisobvaragʻidan mablagʻlarni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Dehqon xoʻjaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari normalariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-BOB. DEHQON XOʻJALIGI FAOLIYATINING ASOSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Dehqon xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga, shu jumladan ular tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yoʻnalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining dehqon xoʻjaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xoʻjaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tariqasida roʻyxatga olingan dehqon xoʻjaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xoʻjalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Dehqon xoʻjaligida mehnat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining faoliyati xoʻjalik aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xoʻjaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining aʼzolari dehqon xoʻjaligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda badallar toʻlangan taqdirda davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining barcha aʼzolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlab borayotgan dehqon xoʻjaligi aʼzolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xoʻjaligi boshligʻi yuritadi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qoʻshiladi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida), boshqa qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon xoʻjaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xoʻjaligi aʼzosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlashi hisobini yuritish qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), boshqa qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti tomonidan ham, dehqon xoʻjaligi tomonidan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi aʼzolariga ijtimoiy sugʻurta boʻyicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Mahsulotni dehqon xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Dehqon xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmat koʻrsatish boʻyicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Dehqon xoʻjaligiga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan holda hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soligʻi toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligidan yer soligʻi tomorqa yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan miqdorda undiriladi. Soliq solish tartibi hamda dehqon xoʻjaligi toʻlaydigan yer soligʻining stavkalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta tomorqa yer uchastkasi olgan dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran ikki yil muddatga yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Dehqon xoʻjaligini kreditlash va sugʻurtalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklari faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xoʻjaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sugʻurta hamda boshqa kafolatlarini taʼminlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining (koʻchatzorlarining), koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sugʻurta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurta tovoni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Dehqon xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi dehqon xoʻjaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari dehqon xoʻjaligini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari boʻlmagan hududda dehqon xoʻjaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yoʻllar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurish, suv bilan taʼminlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash) ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklariga ishlab chiqarish obyektlari va turar joylarni barpo etishda yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navli urugʻlik va qishloq xoʻjalik ekinlarining koʻchat materiallarini, organik va mineral oʻgʻitlarni, qishloq xoʻjalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati koʻrsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining chorva mollariga zooveterinariya xizmati koʻrsatish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting va axborot xizmatlari koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari dehqon xoʻjaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Dehqon xoʻjaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-BOB. DEHQON XOʻJALIGINI TUGATISh (FAOLIYATINI TOʻXTATISh)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Dehqon xoʻjaligini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati toʻxtatiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatini davom ettirish istagida boʻlgan bironta ham xoʻjalik aʼzosi yoki merosxoʻr qolmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan soliqlar muttasil toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Dehqon xoʻjaligini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligi aʼzolarining qaroriga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati toʻxtatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dehqon xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha, dehqon xoʻjaligi esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi qonun hujjatlariga muvofiq xoʻjalik aʼzolarining va unda vaqtinchalik asosda ishlayotgan shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligining hamda uning aʼzolarining yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
604-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 88-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 5-son, 89-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; , 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 52-son, 555-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)