1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, vazifa va funksiyalarini maqbullashtirish boʻyicha institutsional oʻzgartirishlar | ||||
|
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari | ||||
|
1. |
Ichki ishlar idoralari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyati samaradorligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oshirish: barcha darajalardagi boʻlinmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, profilaktika inspektorlariga xos boʻlmagan funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻymaslik; ishni aholi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish; voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashning taʼsirchan tizimini yaratish; tayanch punktlari joylashuvini hududdagi kriminogen vaziyat, aholi soni va uning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
2. |
Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: surishtiruv va dastlabki tergovni oʻtkazishda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etgan holda jinoyatlarni oʻz vaqtida, har tomonlama tergov qilinishi va toʻliq ochilishini taʼminlash; tergovchilarning protsessual mustaqilligini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishda aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik; ilgʻor kriminalistik va ilmiy-texnik vositalar, ishlashning zamonaviy shakl va uslublarini keng joriy etish; ichki ishlar organlari tuzilmasida surishtiruv, ularning ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari)ni tashkil etish; ichki ishlar organlari ekspert kriminalistik boʻlinmalari faoliyati samaradorligini oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov), |
|
3. |
Ichki ishlar organlari jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: jinoyatlarni tez va toʻliq aniqlash, ochish, qidiruv ishlarini amalga oshirishni taʼminlashning samarali tizimini yaratish; barcha darajalardagi boʻlinmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, tezkor xodimlarga xos boʻlmagan funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻymaslik. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 10-may |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), |
|
4. |
Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: barcha darajalardagi boʻlinmalarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligini aniq chegaralash, takrorlanuvchi va dolzarbligini yoʻqotgan vakolatlarni chiqarib tashlash; boʻlinmalarning tezkorligi va samaradorligini taʼminlovchi moddiy-texnik jihozlanishi darajasini mustahkamlash; zamonaviy ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida keng joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 15-may |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), |
|
5. |
Ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini quyidagi yoʻllar o�qali yaratish: kadrlarni joy-joyiga qoʻyishni oqilona tashkil etish, amalda bajariladigan ish hajmini hisobga olgan holda asosiy vazifa va funksiyalarni xodimlar orasida aniq taqsimlash va chegaralash; migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish jarayonlarining taʼsirchan monitoringini amalga oshirish, noqonuniy migratsiya va u bilan bogʻliq tahdidlarga qarshi kurashish; fuqarolarga tezkor va sifatli xizmatlar koʻrsatish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), |
|
6. |
Ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish: axborot texnologiyalarini qoʻllash samaradorligini oshirish hamda samarasiz xizmatlarni tugatish maqsadida yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari shtatlari sonini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish; yoʻl-transport infratuzilmasi holati va yoʻl-transport hodisalari, huquqbuzarliklar, yoʻllarning bandligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlili monitoringini kuchaytirish, infratuzilmani takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrish; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etish shakl va uslublarini yanada takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va ushbu sohaga joriy etish; ilmiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalari qoʻllanilishini kengaytirish hisobiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari samaradorligi, sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 25-may |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), |
|
7. |
Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi tarkibida avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish va qayta ishlashni taʼminlovchi kuch va vositalarni muvofiqlashtirish markazlari, shuningdek axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa markazlarini tashkil etish; yongʻin xavfsizligi inspektorlari lavozimlariga ofitserlar tarkibidan tayinlash yoʻli bilan ushbu lavozimlarni jamlash tartibini oʻzgartirish; yongʻin xavfsizligi inspektorlari uchun xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlarini taʼminlovchi hamda kasbiy-texnikaviy va huquqiy tayyorgarlikning yuqori darajasini nazarda tutuvchi malakaviy talablarni joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-iyun |
Ichki ishlar vazirligi |
|
8. |
Ichki ishlar organlari jazoni ijro etish tizimini isloh qilish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi va uning muassasalari shtatlari sonini maqbullashtirish; ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qayta tarbiyalash va keyingi ijtimoiy moslashuvi jarayonini sifat jihatdan yaxshilash; jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish; jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish; jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 5-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov), |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari faoliyatini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlash; mazkur boʻlinmalar harbiy xizmatchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 5-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov), Moliya vazirligi (J.Kuchkarov) |
|
10. |
Ichki ishlar organlari kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirish: barcha darajalardagi ushbu boʻlinmalarning vazifalari, funksi�lari va javobgarligini aniq chegaralash, shu jumladan vazirlikning kadrlar tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi vakolatlarini joylarga berish; mazkur boʻlinmalarning muvofiqlashtirish, tahliliy va uslubiy ishlarini kuchaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 5-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari | ||||
|
11. |
Ichki ishlar organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha boʻlinmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish: vazirlik huzurida maʼmuriy tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya tashkil etish; ichki ishlar organlari uchun telekommunikatsiya sohasidagi xizmat tariflari boʻyicha imtiyozlarni belgilagan holda axborot tizimlarining yagona integratorini, maʼlumotlar bazasini va telekommunikatsiya tarmoqlari operatorini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 1-may |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
12. |
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkiloti — Interpol kanallaridan xalqaro terrorizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni ochish, shaxsni identifikatsiyalash masalalari boʻyicha foydalanish samaradorligini oshirish; Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi toʻgʻrisidagi nizomni yangilash va tuzilmani maqbullashtirish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 10-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirish: qoʻriqlash xizmatidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida obyektlarni qoʻriqlash va boshqa xizmatlar uchun amaldagi toʻlovlar miqdorini kamaytirish; xodimlar va boʻlinmalar ishini baholash normativlari va mezonlarini belgilash; idoraviy qoʻriqlash boʻlinmalari ustidan nazorat qilish tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 1-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari | ||||
|
14. |
Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga ichki ishlar organlarining xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha vazifalarni yuklagan holda uning faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlarini yaratish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 30-aprel |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) |
|
15. |
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-nazorat va tahliliy faoliyatini takomillashtirish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 1-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) |
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yuridik taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash: normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama va sifatli huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash; inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda quyi turuvchi boʻlinmalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni tashkil etish; qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlariga, ularning huquqiy normalarni bilmasligi va turlicha talqin qilishini istisno etish maqsadida, yetkazish boʻyicha samarali tizimni yaratish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 15-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) |
|
17. |
Transportdagi ichki ishlar organlari boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini yaratish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov) |
|
18. |
Ichki ishlar organlari moddiy-texnika taʼminoti boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning ichki ishlar organlari tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga markazlashgan yondashuvni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini yaratish. |
Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining |
2017-yil 1-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), Moliya vazirligi |
|
19. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari asosida tegishli viloyat va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) tashkiliy-shtat tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyruqlari |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning boʻlinmalari yangi shtatlar-jadvallarini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Shtatlar-jadvallari |
2017-yil 30-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Moliya vazirligi (B.Xodjayev) |
|
II. Ichki ishlar organlarining faoliyatini ochiq va oshkora, shuningdek fuqarolarning ularga ishonchi oshishini taʼminlaydigan tarzda tashkil etish | ||||
|
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari | ||||
|
21. |
2017-yil 1-oktabrdan: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan yiliga ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish holati yuzasidan hisobotini; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan har chorakda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining hisoblarini; xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining, har oyda ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari hisobotlarini eshitish tartibini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2017-yil 10-avgust |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Bosh prokuratura (U.Sunnatov), Adliya vazirligi (M.Ikramov) |
|
22. |
Ichki ishlar organlari faoliyatining isloh qilinishi munosabati bilan qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisi�a takliflar tayyorlash. |
Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil 10-yanvar |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari | ||||
|
23. |
Ichki ishlar organlari qurollanishida boʻlgan oʻqotar qurollarning turlari va ularning oʻq-dorilari roʻyxatini ishlab chiqish va taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
24. |
Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilarini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va unifikatsiyalash, shuningdek fuqarolar ongida ichki ishlar organlari toʻgʻrisida ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida qayta koʻrib chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2018-yil 1-iyul |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Bosh prokuratura (M.Azimov), |
|
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari | ||||
|
25. |
Ichki ishlar organlari tegishli boʻlinmalari taʼminotida turadigan maxsus vositalar roʻyxatini ishlab chiqish va kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi |
2017-yil 20-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
26. |
Terroristik harakatlar natijasida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi |
2017-yil 20-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Shadmanov), Adliya vazirligi (M.Ikramov), Moliya vazirligi (B.Xodjayev) |
|
27. |
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi |
2017-yil 1-avgust |
Ichki ishlar vazirligi (A.Boboxonov), Bosh prokuratura (M.Azimov), Moliya vazirligi (J.Kuchkarov) |
|
28. |
Ichki ishlar organlari tomonidan tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy foydalanish natijasida yetkazilgan zarar va xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi |
2017-yil 10-sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari va boshqa tadbirlar | ||||
|
29. |
Ichki ishlar organlarida murojaatlar, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni tashkil etishning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tizimida fuqarolarni qabul qilish boʻyicha tunu-kun ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni” tashkil etilishini nazarda tutuvchi sifat jihatdan yangi tartibni joriy etish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
30. |
Aholini axborot bilan samarali taʼminlash, shu jumladan: jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xonalarini stendlar, broshyuralar, bukletlar va ular huquqlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa vositalar bilan jihozlash; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa maʼlumotlarning, ichki ishlar organlariga beriladigan turli hujjatlar blankalarining ochiqligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni, shu jumladan ularni elektron shaklda rasmiy veb-saytlarga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlash; murojaat etuvchilarni, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalar yuzasidan koʻrilayotgan choralar boʻyicha, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻz vaqtida xabardor qilib borish mexanizmini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Tasdiqlash 2017-yil Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), Matbuot va axborot agentligi (K.Mansurov), |
|
31. |
Jinoyatchilik, jamoat xavfsizligi holati, korrupsiya, terrorizm, ekstremizm, narkobiznes va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlar va umumlashtiruvchi maʼlumotlarni doimiy tele va radiodasturlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, shu jumladan rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali eʼlon qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Tasdiqlash 2017-yil 15-iyun Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Matbuot va axborot agentligi (K.Mansurov), |
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 — 2019-yillarga moʻljallangan idoraviy huquq ijodkorligi faoliyatini “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq vazirlikning idoraviy hujjatlarini tanqidiy oʻrganib chiqish asosida takomillashtirish. |
Ish reja |
Tasdiqlash 2017-yil 20-iyun Amalga oshirish ish rejaga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Bosh prokuratura (U.Sunnatov) |
|
33. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalaridan foydalanganlik holatini tasdiqlovchi, shuningdek transport vositasidan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjatlar namunasini tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev) |
|
III. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyishning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, ularning malakasi, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash | ||||
|
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari | ||||
|
34. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi faoliyati samaradorligini quyidagilarni nazarda tutgan holda oshirish: kunduzgi taʼlimga tinglovchilar qabuli kvotasini koʻpaytirish; situatsion poligon, shuningdek, Simulyatsiya va modulyatsiya markazini tashkil etish; ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari uchun sirtqi oʻquv shaklini joriy etish; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslari negizida Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorlash fakultetini tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Moliya vazirligi (Y.Tursunov) |
|
35. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika instituti faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish: “Kadrlar bilan ishlash boʻyicha faoliyat”, “Ichki ishlar organlarining saf boʻlinmalarini boshqarish”, “Ishlab chiqarish va moliyaviy taʼminotni tashkil etish” yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi oʻquv shaklini kiritish; Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy tayyorlash fakultetini, shu jumladan unda “Jazoni ijro etish xizmati faoliyati”, “Patrul-post xizmati faoliyati”, “Qoʻriqlash xizmati faoliyati” yoʻnalishlari boʻyicha serjant kadrlar tarkibini tayyorlashni nazarda tutgan holda tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Madjidov) |
|
36. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi instituti faoliyati samaradorligini unda ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha oliy kurslarni tashkil etishni nazarda tutgan holda oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Madjidov) |
|
37. |
Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari faoliyatini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 20-may |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Madjidov) |
|
38. |
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni quyidagilarni nazarda tutgan holda tasdiqlash: ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan amaldagi mezon va talablarni subyektivizm va suiisteʼmolchiliklarga zamin yaratadigan omillarni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish; ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga baho berish mezonlarida huquqbuzarliklar bilan kurashishning son koʻrsatkichlariga emas, sifat koʻrsatkichlariga eʼtiborni qaratish; ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum etish tartibini qayta koʻrib chiqish; rahbar kadrlar tarkibi rotatsiyasini qoida tariqasida har uch yilda amalga oshirish, attestatsiyadan oʻtkazishning bir xil muddatlarini belgilash; xodimlar malakasini oshirish va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni tizimli asosda amalga oshirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
39. |
Xodimlarning yangilangan axloq qoidalarini, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishlarini taʼminlash maqsadida ular bilan individual ishlashni tashkil etishi uchun boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarlik choralarini koʻzda tutuvchi Ichki ishlar organlarining intizom ustavini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), |
|
40. |
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar roʻyxatini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qarorlari | ||||
|
41. |
Maxsus tayyorgarlikni oʻtagan xodimlar uchun tegishli sertifikatlar namunalarini ishlab chiqish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Madjidov) |
|
42. |
Oʻttiz yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarni xizmatga qabul qilish ruxsat etilgan ichki ishlar organlari alohida boʻlinmalari va tashkilotlarining (lavozimlarining) roʻyxatini tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), Mehnat vazirligi (B.Nizomov) |
|
43. |
Profilaktika faoliyati boʻyicha ishlashning ilgʻor tizimlari mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashishni tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Tasdiqlash 2017-yil 10-iyul Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Mirzayev), |
|
44. |
Xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan quyidagi sohalarda keng hamkorlikni yoʻlga qoʻyish: yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishni taʼminlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish; xodimlarni, shu jumladan uyushgan jinoyatchilik, narkobiznes, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik bilan kurashish, shuningdek ekspert-kriminalistika va tergov faoliyati, portlovchi moslamalar va portlash xavfi boʻlgan moddalarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish ishlari sohalarida tayyorlash va ularning malakasini oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Tasdiqlash 2017-yil 10-iyul Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), |
|
45. |
Ichki ishlar organlari boʻlinmalari faoliyatini baholashning, shu jumladan jamoatchilik fikri va ish natijalaridan fuqarolarning qoniqishi, shuningdek aholi bilan hamkorlik qilish, faoliyatning ochiqligi va undan erkin foydalanilishini inobatga olishni nazarda tutuvchi yangi mezonlarini joriy etish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 20-avgust |
Ichki ishlar vazirligi (D.Nazarmuxamedov), Bosh prokuratura (M.Azimov), |
|
IV. Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||
|
46. |
Ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini inventarizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarining aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganish. Davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish, zaruriyat tugʻilganda qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni tayyorlash. |
Tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash 2017-yil 15-iyun Amalga oshirish rejaga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), |
|
47. |
Ichki ishlar organlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yagona siyosatni tasdiqlash. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2017-yil 15-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov) |
|
48. |
Haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalariga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSH SHIR) kiritish imkoniyatining mavjudligi toʻgʻrisida idoralararo hamkorlik va shaxsni universal identifikatsiya qilishni tashkil etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. |
Tashkiliy choralar |
2017-yil 15-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Davlat personallashtirish markazi (N.Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov) |
|
49. |
Ichki ishlar organlari lokal tarmoqlari va yagona himoyalangan korporativ tarmogʻini takomillashtirish hamda ichki ishlar organlarida yagona himoyalangan elektron pochta va hujjatlar aylanishi tizimini ishlab chiqish va joriy etish (dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, tarmoq va boshqa uskunalarni sotib olish, oʻrnatish va foydalanishga topshirish). |
Tadbirlar rejasi |
2017-yil 1-iyul |
Ichki ishlar vazirligi(A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), “Oʻzbektelekom” AK(Sh.Kadirov) |
|
50. |
Ichki ishlar vazirligi veb-saytini (mvd.uz) qonunchilik va aholiga interaktiv xizmat koʻrsatish talablariga muvofiq ravishda sohaviy xizmatlar boʻyicha boʻlimlar yaratgan holda modernizatsiya qilish. |
Veb-saytni ishlab chiqish va ishga tushirish |
2017-yil 10-iyul |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov) |
|
51. |
Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda mazkur sohadagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish boʻyicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Axborot tizimini |
2017-yil 10-iyul |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), |
|
52. |
Kameralarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar yagona elektron qidiruv tizimiga ulagan holda koʻchalar va boshqa jamoat joylarida videokuzatuv tizimini joriy etish boʻyicha Dastur ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Tasdiqlash 2017-yil 15-iyul Amalga oshirish kompleks chora-tadbirlarga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov) |
|
53. |
Ichki ishlar organlarining aloqa operatorlari bilan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan xabar va maʼlumotlarni olishdagi oʻzaro harakatlarini takomillashtirish. |
Qoʻshma qaror |
2017-yil 10-avgust |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (M.Ikramov) |
|
54. |
Ichki ishlar organlari xodimlarini vakolat doirasida barcha tizimlardagi kerakli axborot bilan taʼminlash uchun ichki ishlar organlari xodimlarining yagona himoyalangan portalini; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markazlashgan axborot resursini shakllantirishning avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Yagona himoyalangan xizmat portalini ishlab chiqish va joriy etish |
2018-yil 10-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), vazirlik va idoralar |
|
55. |
Aloqador vazirlik va idoralar bilan idoralararo bogʻlanishni, dasturiy taʼminotni yangilashni nazarda tutuvchi “Pasport-viza” tizimini modernizatsiya qilish. |
Raqamli vositalar va texnikalarni, taʼminot dasturlarini sotib olish |
2018-yil |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Davlat personallashtirish markazi (N.Turaxodjayev), MXX, “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov) |
|
56. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot resurslaridan xodimlarning foydalanilishini taʼminlaydigan planshetlar yoki bort kompyuterlari asosida masofadan mobil kirish tizmini yaratish. |
Kompleks axborot tizimlari va kirish vositalarini yaratish |
2018-yil 15-noyabr |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), “Oʻzbektelekom” AK (Sh.Kadirov), Moliya vazirligi (B.Xodjayev) |
|
57. |
Identifikatsiyalashning zamonaviy elektron usullaridan foydalangan holda shaxsni aynanlashtirish hujjatlarining yangi turlarini joriy etish orqali maʼlumotlarni kiritishning avtomatlashtirilgan tizimiga oʻtish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tadbirlar rejasi |
Tasdiqlash 2017-yil 10-noyabr Amalga oshirish rejaga muvofiq |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov) |
|
58. |
Quyidagilarni yaratishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish: interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish uchun Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimini (“yagona darcha” prinsipi boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvi asosida) yaratish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xizmat agentliklarini yaratish. |
Qoʻshma qaror |
2017-yil 15-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Adliya vazirligi (M.Ikramov), Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov) |
|
59. |
Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning texnik vazifalarini ishlab chiqish, maʼlumotlarning toifalarini, axborot xavfsizligini taʼminlash va noqonuniy kirishning oldini olishni hisobga olgan holda ichki ishlar organlari foydalanuvchilarining ruxsat darajalarini belgilash. |
Loyihalashtirish hujjatlari |
2017-yil 15-dekabr |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), Moliya vazirligi (B.Xodjayev), MXX |
|
60. |
Shaxsni identifikatsiyalashning tezkorligini oshirish maqsadida ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalaridagi “ADTT” va “SHIQAT” avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish. |
Raqamli vositalar va texnikalarni, taʼminot dasturlarini sotib olish |
2017 — 2019-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov) |
|
61. |
Ichki ishlar organlari faoliyati yoʻnalishlari, jumladan quyidagilar boʻyicha axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarini basqichma-bosqich ishlab chiqish: huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, ochilmagan jinoyatlar holatining kompleks tahlilini va faoliyatni rejalashtirishni tashkil etish; profilaktika va qidiruv ishlarini olib borish; hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirish; vazirlik va idoralarning axborot resurslari bilan almashishning idoralararo tizimini yaratish; ichki ishlar idoralarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va rotatsiya qilish. |
Ishlab chiqish va foydalanishga topshirish |
2017 — 2019-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), MXX, Moliya vazirligi (B.Xodjayev) |
|
62. |
Quyidagi sohalarda zamonaviy raqamli geoaxborot tizimini joriy etish: jinoyat va huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish va roʻyxatga olish (102 xizmati); yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish va roʻyxatga olish (101) xodimlar va harakatlanuvchi obyektlar faoliyati va joylashuvini idoraviy nazorat qilish (GPS). |
Server va periferiya asbob-uskunalarini hamda taʼminot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish |
2017-2018-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh.Shermatov), Yergeodezkadastr (A.Abdullayev) |
|
63. |
Ichki ishlar organlarini quyidagilar bilan bosqichma-bosqich jihozlash: kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari (raqamli radiostansiyalar, video-audiokonferensaloqa, serverlar, aloqa kabellari va b.), dasturiy taʼminot; axborot xavfsizligini taʼminlovchi maxsus texnika vositalari va uskunalari. |
Raqamli vositalar va texnikalarni, taʼminot dasturlarini sotib olish |
2017-2020-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov), MXX |
|
64. |
Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratish va mavjud barcha idoraviy maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini zaxira sifatida unga ulash. |
Xonalarni tayyorlash, server jihozlari va taʼminot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish |
2017-2020-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov) |
|
65. |
Markazlashgan videokuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik qoʻriqlash punktlari xabarlarini uzatish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻriqlash boʻlinmalarining tezkor harakatlantirish tizimini yaratish. |
Server va periferiya asbob-uskunalarini hamda taʼminot dasturlarini sotib olish, montaj qilish va foydalanishga topshirish |
2018-2020-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK (X.Xasanov), “Oʻzbektelekom” AK (Sh.Kadirov) |
|
66. |
Konfidensial maʼlumotning ichki ishlar organlari korporativ tarmogʻidan chiqib ketishining oldini olish va ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlari ustidan ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha monitoring tizimini joriy etish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
2018-2019-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK(X.Xasanov), “Oʻzbektelekom”AK (Sh.Kadirov) |
|
67. |
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi axborotni kriptografik himoyalash vositalarini joriy etish hamda ularni axborot xavfsizligi talablari boʻyicha vakolatli davlat organida sertifikatlash. |
Dasturiy-apparat jihozlarini sotib olish va foydalanishga topshirish |
2018-2019-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), “Unicon.uz” DUK(X.Xasanov), MXX |
|
68. |
Ichki ishlar organlari axborot tizimlarida fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash hamda axborot xavfsizligini buzish bilan bogʻliq ravishda sodir etilishi mumkin boʻlgan hodisalarga tezkor javob qaytarish vositalarini joriy etish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
Doimiy |
Ichki ishlar vazirligi (A.Azizov), MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi(Sh.Shermatov) |
|
V. Ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasi, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va uy-joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash | ||||
|
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari | ||||
|
69. |
Ichki ishlar organlari xodimlari mehnatig� haq toʻlash tizimini, ularning pul taʼminoti turlari va miqdorini (xizmat yillari va nafaqa taʼminotini hisoblash) ish natijalari va bajarilayotgan vazifaning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ustama haq va toʻlovlarning differensiyalashtirilgan miqdorlarini belgilashni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyun |
Moliya vazirligi (Y.Tursunov), Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev) |
|
70. |
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlari uchun pul kompensatsiyasi tartibi va miqdorini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa tadbirlar | ||||
|
71. |
Turar joyga va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yashash uchun joy olishlari tartibini belgilash maqsadida ichki ishlar organlari xizmat turur joy fondini shakllantirish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-2021-yillar mobaynida |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), Moliya vazirligi (J.Kuchkarov), Davarxitektqurilish (B.Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari |
|
72. |
Mehnatning koʻchib yurish xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan hamda xizmat safarlariga shaxsiy transport vositasidan foydalanib xizmat vazifalarini bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga pul kompensatsiyasini toʻlash yoki shahar yoʻlovchi transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl kartochkalarini berish tartibi va miqdorini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
73. |
Ichki ishlar organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka kreditlari imtiyozlaridan foydalangan holda kvartira va uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olish huquqini berish tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
74. |
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitar, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriya-kurort taʼminotini tashkil etish, ichki ishlar organlari xodimlarini tibbiy guvohlantirish va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 30-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
75. |
Ichki ishlar organlari xodimi yoki uning yaqin qarindoshlari mulkiga uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq ravishda yetkazilgan zararni qoplash tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 30-iyun |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev), |
|
76. |
Xizmat vazifalarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda xizmat vazifalarini bajarish �ogʻida halok boʻlgan xodimlarning oilalariga bir martalik beriladigan nafaqalar miqdori va tartibini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 30-iyun |
Moliya vazirligi (J.Kuchkarov), Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev) |
|
77. |
Ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini zamonaviy maxsus vositalar, jihozlar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslaridan foydalanish hisobiga taʼminlash zaruriyatini hisobga olgan holda ichki ishlar organlarini bosqichma-bosqich moddiy-texnikaviy jihozlash Dasturini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2017-yil 10-iyul |
Moliya vazirligi (Y.Tursunov), Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev) |
|
78. |
Maxsus yorugʻlik va tovush signallari namunalari hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek maxsus transport vositalarining ichki ishlar organlarining aynan qaysi boʻlinmasiga tegishli ekanligini bildiruvchi boʻyoq sxemalarini tasdiqlash. |
Ichki ishlar |
2017-yil 20-oktabr |
Ichki ishlar vazirligi (R.Ergashev) |
2-ILOVA
|
Azizov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Maxsus komissiya raisi | |
|
2. |
Azimov M.B. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Maxsus komissiya raisining oʻrinbosari |
|
3. |
Nazarmuxamedov D.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Maxsus komissiya raisining oʻrinbosari |
|
4. |
Madumarov T.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
5. |
Mamadjanov Sh.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
|
6. |
Javlonov Sh.S. |
— |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
|
7. |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi | |
|
8. |
Xodjayev B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
9. |
Qosimov R.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
10. |
Shermatov Sh.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi |
|
11. |
Adilov B.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori |
|
12. |
Achilov J.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori |
|
13. |
Ikramov A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi inspektori |
|
14. |
Joʻrayev N.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari |
|
15. |
Matlyubov B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi |
|
16. |
Mavlonov B.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi |
|
17. |
Hayitov E.Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti boʻlim boshligʻi |
|
18. |
Ismoilov A.S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshligʻi, Maxsus komissiya masʼul kotibi. |
Ichki ishlar organlari aholining tinch va farovon hayot kechirishini taʼminlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek boshqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oshirishda alohida oʻrin egallaydi. Mustaqillik yillarida ichki ishlar organlarini jazolovchi, nazorat qiluvchi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi.
Oʻtgan davr mobaynida olib borilgan tizimli chora-tadbirlar yakuni boʻyicha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan natijalarga erishildi. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga yoʻnaltirilgan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida oʻtgan yilning sentabr oyida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Biroq, mazkur Qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini oʻrganish sohada hamon oʻz yechimini kutayotgan koʻplab muammo va masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.
Milliy va xorijiy tajriba shuni koʻrsatadiki, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi anʼanaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti. Bu esa, oʻz navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qoʻllash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va oʻz yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.
Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi boʻlinmalar oʻrtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori boʻgʻindagi ayrim boʻlinmalar xodimlari oʻz ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solmayotgan bir paytda, quyi boʻgʻin boʻlinmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiy imkoniyatlaridan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, xodimlarning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishda masʼuliyatning susayishiga sabab boʻlmoqda.
Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot oʻrnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yoʻlga qoʻyishni talab etadi.
Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda boʻlish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi boʻlgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda.
Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga oʻz vaqtida va sifatli yordam koʻrsatadigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.
Shuningdek, Farmonda barcha boʻgʻindagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot oʻrnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yoʻnalishlar alohida belgilab berilgan.
Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi oʻrnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining hisobotini eshitadi.
Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar koʻpayishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
Ichki ishlar organlari quyi boʻgʻini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi lavozimini joriy etish koʻzda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.
Shu bilan birga, Farmonda tizimda qator tashkiliy oʻzgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo boʻlayotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar eʼtiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.
Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan tergov organlarining mustaqilligini taʼminlash, ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga oʻzgartirilmoqda.
Taʼkidlash oʻrinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.
Tizimga bilimli, oʻz ishiga sodiq va masʼuliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni oʻzining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va Oʻz xavfsizligi boshqarmasi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta koʻrib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yongʻin xavfsizligi institutlariga aylantiriladi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xalqaro aloqalari kengayib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Biroq bugungi kungacha vazirlikning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati bir necha boʻlinmalar tomonidan ikkinchi darajali vazifalar sifatida amalga oshirib kelingan. Shular eʼtiborga olinib, Farmon bilan tegishli tarkibiy boʻlimlar negizida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashkil etiladi.
Shuningdek, pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va boʻlish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari boʻyicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi koʻp murojaat qiladigan tuman (shahar) boʻlimlarida ish hajmining toʻgʻri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansalorliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi eʼtiborga olinib, ushbu yoʻnalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani koʻp jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yoʻqligi bilan bogʻliqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Shu munosabat bilan Farmonda Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish koʻzda tutilgan.
Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish boʻyicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Farmon ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi. Uning ijrosini taʼminlash qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini oʻz vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshadi.