O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3–4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash”;
2) 81-moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “Sudyalar oliy kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi”;
“O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat”;
uchinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning” degan so‘zlar “quyi sudlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“111-modda.O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, ma’muriy hamda iqtisodiy sudlarni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalar 2017-yil 1-iyundan e’tiboran amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi