Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2778-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 24-mart,
01-02/12-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 24-martdagi 01-02/12-15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-banddagi “24” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin.
2. 4-ilova quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
| “51. Tovar rejimda turadigan muddat: _________________________________________. | ||
|
(vaqtincha olib chiqishga ruxsat berilgan muddat koʻrsatiladi)”. |
3. 6-ilova quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
| “51. Tovar rejimda turadigan muddat:_________________________________________. | ||
|
(vaqtincha olib kirishga ruxsat berilgan muddat koʻrsatiladi)”. |
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 25-ilova bilan toʻldirilsin.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga
25-ILOVA
25-ILOVA
| | | |
Oʻzbekiston Respublikasi | |
| | | | | |
|
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish uchun | ||||
| | | | | |
| Sizdan ________________________________________________________________ni | ||||
|
(yuridik shaxsning nomi) | ||||
| bojxona tashuvchilari reyestriga kiritishingizni soʻrayman. | | |||
| Joylashgan yeri (pochta manzili): _____________________________________________ Telefon raqami: _________________ KTUT kodi______________________ Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami ____________________________________ Bank hisob raqami: ________________________________________________________ MFO ___________________________ | ||||
|
Arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 237-moddasida belgilangan hujjatlar ilova qilinadi. | ||||
| | | | | |
|
___________________________________ |
_________________ | |||
|
(yuridik shaxs rahbarining F.I.Sh.) |
(imzo) | |||
| | | | | |
|
“____” _______________ 20__ yil”. |
| | ||
| | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 241-modda)