Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003 02.08.1999 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003
Hujjat 02.08.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ChAKANA BOZORLARI HUDUDIDA JISMONIY ShAXSLARNING SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solish, shuningdek xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Otchopar buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ish tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa chakana bozorlariga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 1999-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida va 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda jismoniy shaxslar yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati tartibida isteʼmol tovarlari sotish va xizmatlar koʻrsatish uchun chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslari hududiga tadbirkorda tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan hamda daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi toʻgʻrisida soliq inspeksiyasining belgisi qoʻyilgan guvohnoma mavjud boʻlgan holdagina qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi oʻrinlarda bozorlar deb ataladi) jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani olgan va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftarini yuritishdan ozod qilinadilar va mazkur qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq qayd etilgan stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar hududida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdo qilayotgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkasi oziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan oʻttiz baravarigachani, nooziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan yigirma baravarigachani va xizmatlar koʻrsatuvchilar uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan oʻn baravarigachani tashkil etadi. Bir jismoniy shaxs bir vaqtning oʻzida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilgan taqdirda soliq oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun belgilangan miqdordan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarda joy berish, savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlov undirish va savdo joyi ijaraga olinganligi uchun talonlar berish chakana bozorlar direksiyalari tomonidan faqat chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida amalga oshiriladi. Chakana bozorlar rahbarlari mazkur talab bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlarda chakana savdo faoliyatini amalga oshirishni va xizmatlar koʻrsatishni xohlovchi jismoniy shaxslar tegishli soliqlarni va savdo joyi uchun ijara haqini kamida bir oy muddatga oldindan toʻlashlari kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana bozorlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy moliya va soliq organlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini olgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkalari miqdorlarini har bir aniq chakana bozorda ular joylashgan joyni va savdo oborotiga taʼsir qiluvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda, mazkur qaror bilan belgilangan koʻrsatkichlar doirasida har yili belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tartib joriy etilgunga qadar chakana bozorlar hududida savdo faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar oʻrtasida zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini tashkil etsinlar va oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyatga koʻra umumiy foydalanishdagi turgʻun savdo pavilonlari prinsipi boʻyicha oziq-ovqat tovarlarini sotishga ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat bozorlari va savdo markazlari tashkil etsinlar, ularda tovarlarni joylashtirish uchun ulgurji bazalar, meva-sabzavot kombinatlari, bozorlar va boshqa mavjud inshootlarning boʻsh turgan maydonlari va quvvatlaridan foydalangan holda tovarlarni sotish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni va chakana bozorlar hududida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomalarni oʻz vaqtida tayyorlash va berishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi chakana bozorlar hududida yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslardan budjetga soliqlar oʻz vaqtida tushishi ustidan samarali nazoratni taʼminlashning taʼsirchan chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirliklar va idoralar oʻz meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-avgustdagi 373-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi oʻrinlarda — bozorlar deb ataladi) oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor sifatida oʻzining doimiy yashash joyidagi hokimlikda roʻyxatdan oʻtishi va xususiy tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi tegishli guvohnomani olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor joylashgan joydagi soliq organidan muayyan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi tegishli hokimlik tomonidan berilgan 1-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnomani olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi bitta guvohnoma bozorda bitta savdo qilish (xizmat koʻrsatish) joyi uchun huquq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bozorda savdo va xizmatlar koʻrsatish joylari soni bozor direksiyasi tomonidan belgilanadi va bozorlar joylashgan joydagi tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bozordagi savdo qilish joylari va xizmatlar koʻrsatish uchun mavjud boʻsh joylarning hisobini, bozorda savdo qilayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslar reyestrini, shuningdek, bozorda savdo qilishni yoki xizmat koʻrsatishni xohlovchi navbatda turganlar roʻyxatining doimiy tezkor hisobini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo joylari dastlab taqsimlanayotganda, mazkur Tartibga muvofiq, bozordagi boʻsh va boʻshab qolgan joylarda savdo qilish ustuvor huquqiga bozorda ilgari savdo qilgan yoki xizmatlar koʻrsatgan va savdo qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish qoidalarini buzmagan shaxslar ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Tartib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor boʻlmagan, biroq shaxsiy buyumini bozorda bir marta sotayotgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi. Bozor maʼmuriyati savdo joyi ijaraga olinganligi uchun toʻlov undirgan holda ularga maxsus ajratilgan joydan joy beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar xususiy tadbirkorlar sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy yashash joyidagi hokimliklarda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar bozorda chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtirish uchun bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagilarni taqdim etishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport (shaxsan koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 ta fotosurat (3,5 x 4,5sm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) hokimligi barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizani qabul qilib olgach:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus daftarda (tikib bogʻlangan, tartib raqami qoʻyilgan va tuman (shahar) hokimi imzosi hamda hokimlik muhri bilan tasdiqlangan) roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini qayd etadi va sotuvchining familiyasini, ismini, otasining ismini, pasportga oid maʼlumotlarni, hisobga olinganlik, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etadi, uning roʻyxatdan oʻtkazish raqamini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida kvitansiya beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki ish kuni mobaynida, boʻsh oʻrinlar mavjudligini hisobga olgan holda, arizachiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, arizachining qoʻliga qaror nusxasini beradi, shuningdek bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi, uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlikning xususiy tadbirkorga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi qarorida yozib berilgan guvohnomaning tartib raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bozorda boʻsh savdo qilish joylari boʻlmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorga uning navbatining tartib raqami koʻrsatilgan (2-ilovaga muvofiq shaklda) maʼlumotnoma beradi yoki tadbirkorning xohishiga koʻra boshqa bozordagi boʻsh joyni (mavjud boʻlganda) taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar direksiyasi boʻsh joylar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda har oyda eʼlon qilib boradi, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni bozorlar hududidagi va tumanlar (shaharlar) hokimliklaridagi axborotlar stendlariga ilib qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatda turganlar roʻyxati tumanlar (shaharlar) hokimliklarining axborotlar stendlariga ilib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Tartibning 9, 10, 11-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va rasmiylashtirish tartibotlarini tezlashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimliklari bozorlar hududida tegishli markazlar tashkil etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor tomonidan tuman (shahar) hokimligining unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilgani toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi taqdim etilgach, bir ish kuni mobaynida tadbirkorga, belgilangan tartibda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan daromadlaridan soliq toʻlash uchun belgilangan namunadagi (3-ilova) toʻlov xabarnomasini yozib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor kelgusi oy uchun daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani va pasportni taqdim etgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qoʻygan holda uni soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyadi va jurnalga imzo qoʻydirib tadbirkorga guvohnomani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor joylashgan joydagi soliq organi ikki kun muddatda boshqa tuman (shahar)da doimiy yashash joyiga ega boʻlgan, bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlgan tadbirkorni hisobga qoʻygani va uning tomonidan daromad soligʻi toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorning yashash joyidagi soliq organiga joʻnatishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bozor maʼmuriyati tadbirkor tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hamda soliq organlarining daromaddan olinadigan soliq toʻlaganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yigʻim undirilishini taʼminlaydi va ijaraning butun muddatida savdo qilish uchun joy koʻrsatiladigan tegishli talon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har bir muayyan bozor uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma tadbirkorning arizasiga muvofiq 1 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Amal qilish muddati tugagach guvohnoma bozor joylashgan joydagi hokimlikka qaytariladi yoki tadbirkorning xohishiga koʻra muddati uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga oʻz vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati oʻtib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda budjetga olib qoʻyishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomalar tayyorlash boʻyicha hokimliklar xizmatlari pulli hisoblanadi hamda buning uchun tadbirkorlar tomonidan tegishli kalkulyatsiyaga muvofiq haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning umumiy sxemasi 4-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. BOZORDA SAVDO QILISh VA XIZMATLAR KOʻRSATIShNING BELGILANGAN TARTIBI BUZILGANLIGI UChUN JISMONIY ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan shaxslar tovarlar sotish va xizmatlar koʻrsatish uchun bozor hududiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Savdo faoliyatini amalga oshirishda xususiy tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma va savdo joyi ijaraga olinganligi haqidagi talon doimo tadbirkorning yonida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir guvohnoma faqat uning egasiga chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bozor hududida belgilangan tartibni buzgan holda chakana savdo qiluvchi yoki xizmatlar koʻrsatuvchi shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23.1. Bozor hududida chakana savdo qilish yoki xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomasiz yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma bilan savdo faoliyatini amalga oshirishga savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlab amalga oshirish sifatida qaraladi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 176-moddasi 2-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solib, qonunni buzish predmetlarini musodara qilish tarzida javobgarlikka tortiladi. Bunday qonunni buzishlar toʻgʻrisidagi materiallar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi. Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora koʻrish uchun hokimlikka qaytariladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23.2. Maʼmuriy jazo koʻrilgandan keyin bir yil mobaynida takroran sodir qilingan aynan shu xatti-harakatlarga aynan shunday xatti-harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin sodir etilgan nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab savdo faoliyatini amalga oshirish sifatida qaraladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-qismiga muvofiq uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli retsidivist tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ancha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan bilan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻp miqdordagi foyda (daromad) olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk musodara qilinib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qonunbuzishlar toʻgʻrisidagi materiallar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora koʻrish uchun hokimlikka qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23.3. Guvohnomani savdo faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa shaxsga berish qatʼiy taqiqlanadi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi. Tuman soliq inspeksiyasi ushbu buzilishni aniqlashgan ichki ishlar organlari taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-moddasining 1-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima soladi. Bu holda jismoniy shaxs savdo qilish huquqidan mahrum boʻladi, chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. GUVOHNOMALARNI ChIQARISh VA SAQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Guvohnomalar shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi, hokimliklar ularning hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. MAZKUR TARTIBGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Tartibga rioya etilishini nazorat qilish tegishli hokimliklar va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Old tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
koʻrsatish tartibiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F O T O‎

‎‎
Chakana savdo qilish
‎va xizmatlar koʻrsatish
‎huquqini beruvchi _____-son
‎GUVOHNOMA

‎ ‎

Mazkur guvohnoma‎
___________________________________________________________________ga‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning F. I. O.)‎

_____________________________________________________________________‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi‎

_____________________________________________________________________‎‎

haqidagi guvohnomaning raqami,‎ sanasi va uni bergan organ koʻrsatiladi)

_____________________________________________________________________‎‎

(pasport seriyasi, raqami, sanasi va uni bergan organ koʻrsatiladi)‎

_______ yil “____”___________dan ______ yil “______”________________gacha ‎
___________________________________________________________________da ‎

(bozorning toʻliq nomi va savdo qilish joyi koʻrsatiladi)‎

chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) huquqini beradi‎

Mazkur guvohnoma shaxslarni bozor direksiyasi tomonidan undirib olinadigan savdo qilish joyi uchun ijara haqi toʻlashdan ozod qilmaydi.
‎Savdo qilish joyi ijarasi uchun haqni va daromaddan olinadigan belgilangan soliqni oʻz vaqtida toʻlamaslik chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) huquqidan mahrum etishga va mazkur guvohnomaning bekor qilinishiga sabab boʻladi.
‎Bozorlarda guvohnomasiz chakana savdo qilish (xizmatlar koʻrsatish) taqiqlanadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Guvohnoma amal qilish muddati tugagandan keyin hokimlikka qaytarilishi kerak.
‎Guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga oʻz vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati oʻtib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda davlat budjetiga olib qoʻyishga sabab boʻladi. ‎

Tuman (shahar)
‎hokimi (hokim oʻrinbosari) ‎‎

Imzo
‎Tuman (shahar)
‎hokimligining gerbli muhri ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:‎‎
Roʻyxatga olish raqami _________________‎
Sana:‎
_____________ yil “________”______________‎

________________________________________________‎

(Hisobga qoʻygan soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr ‎)

_____________ yil uchun daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligi haqida maʼlumotlar:‎
Yanvar

_________________‎

______________________________________‎

summa‎

Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Fevral‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Mart‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Aprel‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
May‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Iyun‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Iyul‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Avgust‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Sentyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Oktyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Noyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Dekabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlarda, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
koʻrsatish tartibiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bozorda chakana savdo faoliyati (xizmatlar koʻrsatish)ni amalga oshirish huquqini olish uchun navbatda turuvchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA‎

Ushbu maʼlumotnoma shu haqda berildiki:‎
Familiyasi‎‎ ‎‎‎
Ismi‎
Otasining ismi‎
Pasport‎ Seriyasi‎

№‎

‎‎tomonidan berilgan ‎

‎‎berilgan sanasi‎

‎‎
doimiy yashash joyi‎‎
‎‎
hisobga qoʻyilgan va _______________________________ bozorida chakana savdo ‎‎
(xizmatlar koʻrsatish)ni amalga oshirish uchun _____________________________
‎raqam bilan navbatda turuvchilar roʻyxatiga kiritilgan.‎

Tuman (shahar) hokimi (hokim oʻrinbosari) ‎‎

‎‎Imzo
‎Tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
koʻrsatish tartibiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq toʻlashi haqida toʻlov xabarnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma‎‏‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏







‎xazinachi
_____________‎ KTUT kodi‎ ‎‎
Toʻlovni oluvchi‎
‎‎Bank muassasasi__________________________‎
Oluvchining
‎ hisob raqami ‎

FA‎

___________________________________________________‎‎

toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi‎

___________________________________________________‎‎‎

yashash joyi‎

toʻlov turi‎

vaqti

miqdori‎‎‎

‎‎

qirqish chizigʻi ‎‎‎
‎‎_______________________________________________________________________________
‎‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‎‎‎
_____________‎ KTUT kodi‎‎ ‎‎
Toʻlovni oluvchi‎‎
‎‎Bank muassasasi__________________________‎
Oluvchining ‎
‎hisob raqami ‎

FA‎

___________________________________________________‎‎‎

toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi‎ ‎

___________________________________________________‎

yashash joyi‎ ‎

toʻlov turi ‎

vaqti‎

Miqdori‎‎

Kvitansiya‎ ‎‎
xazinachi‎ toʻlovchi‎‎‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
koʻrsatish tartibiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini olishga hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Bajaruvchi‎

Hujjatlar roʻyxati‎

Muddati‎

Masʼullar‎

1.‎ Jismoniy shaxs – yakka tartibdagi tadbirkor (doimiy yashash joyidagi hokimlikda belgilangan tartibda roʻyxatda oʻtkazilgan) ‎ Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga) quyidagilarni taqdim etadi:
‎1. Ariza;
2. Pasport (shaxsan koʻrsatiladi);
‎3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan koʻrsatiladi);
‎4. 2 ta fotosurat (3,5 x 4,5 sm). ‎
2.‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi‎ 1. Roʻyxatdan oʻtkazish yozuvini qayd etadi, ariza beruvchiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida kvitansiya beradi. Hujjatlarni qabul qilishda‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi‎‎
‎2. Boʻsh joylar borligini hisobga olgan holda ariza beruvchiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qaror nusxasini ariza beruvchining qoʻliga beradi, shuningdek �ozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi va uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga yuboradi. ‎‎ Ikki ish kuni‎
3.‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi‎ 1. Tadbirkor tomonidan unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqi berilganligi haqidagi tuman (shahar) hokimligining qarori nusxasi taqdim etilgach, tadbirkorga jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq toʻlash haqida belgilangan namunadagi (3-ilova) toʻlov xabarnomasi yozib beradi.
‎2. Tadbirkor tomonidan kelgusi oy uchun daromadga solinadigan soliq toʻlanganligi haqidagi kvitansiya va pasport taqdim etilgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qoʻygan holda xususiy tadbirkorni soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyadi va jurnalga imzo chektirib guvohnoma beradi. ‎
Bir ish kuni‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi‎
4.‎ Bozor maʼmuriyati‎ Guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yigʻimni undiradi va ijaraning butun muddatida savdo qilish joyi koʻrsatilgan talon beradi‎ Daromaddan olinadigan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi qoʻyilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda‎ Bozor maʼmuriyati‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 8-son, 45-modda)