1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROKURATURA TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 257-II-sonli “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysinuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek kimga boʻysinishidan, kimning tasarrufida boʻlishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qonunlar ijrosi ustidan amalga oshiriladigan prokurorlik nazoratining maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy-davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini gʻayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Prokuratura faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar oʻz faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning birinchi moddasida kayd etilgan barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilish (umumiy nazorat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarni qoʻllashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarda jinoiy ishlar koʻrib chiqilishida davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda xoʻjalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanganlarni saqlash, dastlabki qamoq, sud tayinlagan jazo va majburiy xarakterdagi boshqa choralarni oʻtash joylarida qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yuzasidan tergov olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni takomillashtirish va qonunlarni targʻib qilishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining huquqiy asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari faoliyatini tashkil etish va bu faoliyat tartibi hamda prokurorlarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura zimmasiga ushbu Qonunda nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Prokuratura faoliyatini tashkil etish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi pogʻonadagi prokurorlar yuqori pogʻonadagi prokurorlarga boʻysinish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi yagona markazlashgan tizimni tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratni va oʻz vakolatlarini davlat hokimiyati hamda boshqaruv mahalliy idoralaridan, mansabdor shaxslardan, jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonunlarga, xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) qatʼiy rioya etib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysingan holda amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik hamda jinoyatchilikning ahvoli, asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida, boshqaruv idoralari tomonidan qonunlarga rioya etilishini taʼminlash, davlat va jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish borasidagi vazifalar qanday bajarilayotganligidan tegishli boʻlishiga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy idoralarini, Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini, hokimlarini xabardor etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek davlat siri hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni saqlash haqidagi qonun talablariga zid kelmaydigan darajada oshkora ish koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻz vakolatlarini amalga oshirishda prokuraturaning mustaqil boʻla olish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazoratida boʻladi va prokuraturaning qonunlar ijro etilishini nazorat qilish, jinoiy ishlarni tergov qilish, shikoyatlar, arizalar va xabarlarni tekshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi faoliyatiga davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining hamda ular vakillarining, shuningdek mansabdor shaxslarning aralashishi taʼqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralari partiyadan holi qilingan va ularda siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tizilmalarini tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish yoki oʻz faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir taʼsir koʻrsatganlik, uning daxlsizligiga tajovuz qilganlik, shuningdek prokuror va tergovchining ruxsatisiz tekshirishlarga va dastlabki tergovga doir maʼlumotlarni oshkor etganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning oʻzi aniqlagan qonunbuzarlik hollarini, qonun buzishlarning sabablarini va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, hujjatlar, materiallar, va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, reviziya va tekshirish oʻtkazish, mutaxassis ajratish toʻgʻrisidagi, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi xususida tushuntirish berish haqidagi talablarini bajarish shunday talab yuborilgan barcha idoralar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning talablari va qarorlari ustidan shikoyat qilinishi ana shu talablar va qarorlarning ijrosini toʻxtatib qololmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida prokurorning ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining majlislarida belgilangan tartibda qatnashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlar belgilangan tartibda tegishli va quyi darajadagi hokimiyat va boshkaruv idoralarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Arizalar va shikoyatlarni qarab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, davlat, jamoat hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlarini qarab chiqadilar va basharti, hal etishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, fuqarolar hamda tashkilotlarning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar fuqarolarni shaxsan qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi va nazorati idoralariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning shikoyat va ariza boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori pogʻonadagi prokurorga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori shikoyat yuzasidan qaror qabul qilganidan keyin prokuratura idoralarida ana shunday shikoyatlarga doir ishlar yotqiziladi, yangi maʼlum boʻlgan holatlarga doir shikoyatlar bundan mustasnodir.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA IDORALARINING TIZIMI VA ULARNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar, tumanlararo va boshqa hududiy prokuraturalardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining tizimiga, shuningdek transport, harbiy, tabiat muhofazasi prokuraturalari va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan viloyatlar va tumanlar prokuraturalariga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalar, tuman prokuraturalariga ega boʻlgan shaharlarda esa tuman prokuraturalari boʻysinadigan shahar prokuraturalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tuziladigan transport, tabiat muhofazasi prokuraturalari, boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar viloyatlar, tumanlar prokuraturalari, tumanlararo prokuraturalar yoki shahar prokuraturalari vakolati bilan tashkil etiladi hamda faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xarbiy prokuraturasini tashkil etish va uning ish tartibi ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy prokuraturasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini tayinlash va uning hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 yil muddatga tayinlanib, keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻidan oʻtadi. U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oldida hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoli toʻgʻrisida muntazam xabardor etib turadi va besh yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga oʻz faoliyati haqida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Prokurorlarni tayinlash va ularning hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan xolda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadi va ular oldida hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat prokurorlari va Toshkent shahri prokurori hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, unga boʻysinadilar va uning oldida hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadilar, yuqori pogʻonadagi prokurorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysinadilar hamda ular oldida hisobdordirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻidan oʻtadigan birinchi oʻrinbosarga, oʻrinbosarlarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy prokurori, prokuratura idoralarining boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tuzilib, ularda katta prokurorlar va prokurorlar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori katta yordamchilar, maxsus topshiriq boʻyicha yordamchilar va yordamchilarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari, maxsus topshiriq boʻyicha yordamchilari va yordamchilarini, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilari va katta tergovchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining prokuraturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori boshchilik qiladi, uning Oʻzbekiston Bosh prokurori tamonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tuziladi. Boshqarma va boʻlimlarning boshliqlari, respublika prokurorining katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasining prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar va katta tergovchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga, ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalarida, ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda prokuraturaga boshchilik qiladigan prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura idoralarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatlarning shaxsiy tarkibini tegishli prokurorlarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahri prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan boshqa prokuraturalarda boshqarmalar va boʻlimlar tuzilib, ularning boshliqlari, shuningdek katta yordamchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari, yordamchilar, katta prokurorlar va prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar tegishli prokuror tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Shaharlar va tumanlarning prokuraturalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va tumanlarning prokuraturalariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar boshchilik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlarning oʻrinbosarlari, katta yordamchilari, yordamchilari boʻlishi mumkin. Prokuraturalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan katta tergovchilar va tergovchilar xizmat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini va unga boʻysinuvchi prokurorlarni ishdan boʻshatish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etilib, keyin Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi tomonidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu prokurorlarni lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura idoralariga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralarining faoliyatiga rahbarlik qiladi va bu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasining barcha prokuror xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tergov ishlariga doir masalalar boʻyicha koʻrsatmalari barcha tergov idoralarining ijrosi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari basharti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda oʻzga qonunlariga mos kelmaganda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻzi ham bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ajratilgan shtat birligi va mablagʻlar doirasida oʻziga boʻysinuvchi prokuraturalarni tashkil etadi va tugatadi, respublika Prokuraturasi apparatining va quyi pogʻonadagi prokuraturalar tarkibini hamda xodimlari shtatini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha darajadagi va pogʻonadagi prokuraturalar tashkiliy tarkibining tuzilishi va mansab okladlari belgilangan budjet ajratmalari va shtat birligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorining oʻz boʻysinuvidagi idoralarga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tegishincha shaharlar, tumanlar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladilar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va koʻrsatmalari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan oʻziga boʻysinuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradilar, koʻrsatmalar beradilar, ajratilgan ish haqi fondi doirasida belgilangan lavozimlarni saqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi bilan kelishib apparat va oʻziga boʻysunuvchi prokuraturalarning shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tumanlarga boʻlingan shahar prokurorining oʻziga boʻysinuvchi idoralarga rahbarlik qilish borasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarga boʻlingan shaharning prokurori tumanlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, yuqori pogʻonadagi prokurorga apparat va oʻz boʻysinuvidagi prokuraturalarning shtat sonini oʻzgartirish, xodimlarni joy-joyiga qoʻyishga doir takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Prokuratura idoralarining hayʼati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturalarida, viloyatlar, Toshkent shahri va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda hayʼatlar faoliyat koʻrsatadi. Hayʼatlar kengash qabilidagi idora boʻlib, qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoliga, prokuratura idoralarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarga doir eng muhim masalalarni qarab chiqadi, oʻz boʻysinuvidagi prokurorlarning, prokuratura tarkibiy boʻlinmalarining va boshqa xodimlarning hisobotlarini tinglaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hayʼatlarning majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorati va tekshiruvi idoralarining, korxona, muassasa va tashkilotlar, birlashmalar rahbarlarining, harbiy qismlar va qoʻshilmalar komandirlari hamda oʻzga mansabdor shaxslarning qonunlar ijrosi masalalariga doir axborotlari va tushuntirishlari tinglanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatlarning eng muhim qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining va tegishli prokurorlarning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror bilan hayʼatning fikri bir erdan chiqmagan taqdirda, Bosh prokuror oʻz qarorini amalga oshiradi va bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisini voqif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi pogʻonadagi prokuraturalar hayʼati aʼzolari oʻrtasida ziddiyat kelib chiqqan taqdirda tegishli prokuror oʻz qarorini amalga oshirib, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yozma ravishda axborot beradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. PROKUROR NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOB. QONUNLARGA RIOYA ETILIShI USTIDAN UMUMIY NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar nazorat predmetiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat nazorat idoralari, hokimlar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, harbiy qismlar, jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar, mansabdor shaxslar qonunlarni bajarayotganligi, shuningdek ular chiqarayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning daxlsizligi toʻgʻrisidagi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklari toʻgʻrisidagi, ularning shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish (basharti ushbu huquqlarni muhofaza etishning oʻzga tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa) toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy munosabatlarga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatga doir qonunlarga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning qonunlarga rioya etishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror aralashuvini talab qiladigan qonun buzilish hollari haqida arizalar yoki boshqa maʼlumotlar tushganda, shuningdek, yetarli asoslar boʻlganda ham oʻz tashabbusi bilan qonunlar ijrosining tekshiruvlari oʻtkaziladi. Prokurorning xoʻjalik va boshqa turdagi faoliyatga bevosita aralashuviga, shuningdek idoraviy boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshirish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat guvohnomasini koʻrsatib, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tobeligidan, kimga qarashligi ekanligidan va mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar muassasalar, korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning, harbiy qismlar, jamoat birlashmalarining hududi va binolariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni olib koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish uchun zarur boʻladigan qarorlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, qonuniylikning ahvoli toʻgʻrisida va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqida maʼlumotlarni olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari, harbiy qismlarning rahbarlari va mansabdor shaxslardan oʻz nazorati ostidagi hamda oʻz boʻysinuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish va taftish etishni, tekshirishlar, idoraviy va noidoraviy ekspertizalar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib, ulardan qonunlar buzilganligiga doir ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilganligi aniqlangan taqdirda prokuror va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, muassasalarning, korxonalar va tashkilotlar, hokimlar, harbiy qismlar va jamoat birlashmalari hujjatlariga, shuningdek mansabdor shaxslarning qarorlari va xatti-harakatlariga nisbatan protest keltirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda jinoiy ishlar, intizomiy ishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar qoʻzgʻatishga, koʻrib chiqishi uchun materiallarni jamoatchilik muhokamasiga topshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni ochiqdan-ochiq buzish hollariga chek qoʻyish toʻgʻrisida amrnoma berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik hususida mansabdor shaxslar va fuqarolarga yozma ravishda ogohnoma bildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga qonunbuzarlik hollarini, shuningdek qonun buzilishining sabablari va bunga yoʻl ochib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida sudlar yoki xoʻjalik sudlariga ariza bilan murojaat etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, prokurorlik nazorati amalga oshirilmaydigan davlat idoralari va jamoat birlashmalarining normativ hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos emasligi xususida murojaat etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Prokurorning protesti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki uning oʻrinbosari qonunga zid boʻlgan normativ hujjatga nisbatan ana shu hujjatni chiqargan idoraga yoki yuqori turuvchi idoraga protest keltiradilar. Mansabdor shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ham xuddi shu tartibda protest keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror keltirgan protest bu protest topshirilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qonuniylik buzilganligiga tezda barham berish talab qilingan favqulodda holatlarda prokuror protestini qarab chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqlidir. Protestni qarab chiqish natijalari toʻgʻrisida prokurorga darhol yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest kollegial idora tomonidan qarab chiqilgan taqdirda majlis boʻladigan kun prokurorga maʼlum qilinadi, u protestni qarab chiqishda ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest gʻayriqonuniy huquqiy hujjat chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora tomonidan rad etilgan taqdirda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida qarab chiqilmagan taqdirda, prokuror tegishli sudga ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi axborot qilingan paytdan boshlab bir oylik muddat ichida yoki qarab chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning sudga ariza berishi u sudda qoʻrib chiqilguniga qadar hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Prokurorning qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonunning buzilish mazmunidan kelib chiqqan holda jinoiy ish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi yoki intizomiy huquqbuzarlikka doir ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida asosli qaror chiqaradi. Qonunda koʻzda tutilgan oʻzga hollarda ham prokuror qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokuror qarori idora yoki aniq mansabdor shaxs tomonidan bu qaror tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida qarab chiqilishi shart. Qarab chiqilish natijalari toʻgʻrisida prokurorga zudlik bilan yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Prokurorning taqdimnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qonunning buzilishiga ana shu buzilishlarning sabablariga va uning buzilishiga koʻmaklashgan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatiga ega boʻlgan davlat idorasiga, jamoat tashkilotiga yoki mansabdor shaxslarga kiritadi, bu taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi lozim. Koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga maʼlum qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnoma kollegial idora tomonidan qarab chiqilayotganda prokurorga majlis oʻtkaziladigan kun maʼlum qilinadi, prokuror bu majlisda qatnashishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Prokuror amrnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi amrnoma prokuror tomonidan ana shu qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan idora yoki mansabdor shaxsga, yohud yuqori idoraga yoki ana shu qonunbuzarlikni bartaraf etishga qodir mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilganligi yaqqol koʻzga tashlangan hollarda va bu fuqarolar, davlat, korxona, muassasa, tashkilotning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlganda amrnoma kiritiladi. Amrnoma zudlik bilan bajarilib, bundan prokuror voqif etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amrnomadagi talablarga norozi boʻlgan taqdirda idora yoki mansabdor shaxs bu amrnoma ustidan yuqori pogʻonadagi prokurorga shikoyat qilishi mumkin. Prokuror shikoyatni uch kunlik muddat ichida qarab chiqishi shart. Shikoyat amrnoma ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Prokurorning yozma ogohlantiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning qonun tomonidan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, davlat yoki jamoat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar boʻlganida huquqbuzarlikning oldini olish maqsadlarida mansabdor shaxslar va fukarolar prokuror tomonidan qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilmaslik xususida yozma ravishda ogohlantiriladilar hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlik tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogohnoma toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi tashkilotga, shuningdek ogohnoma chiqarilgan shaxsning ishlash, oʻqish yoki yashash joyi maʼmuriyatiga yoxud jamoat birlashmalariga maʼlum qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga monelik qilganlik va talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktlar va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va maʼlumotlar taqdim etish, tekshirishlar va taftishlar oʻtkazish, mutaxassislar ajratish, prokuraturaga kelish va qonun buzilganligi yuzasidan tushuntirishlar berishdan boʻyin tovlash, shu jumladan prokuror fikri bildirilgan hujjatlarda bayon etilgan talablarni bajarishdan bosh tortish hamda ularni toʻliq hajmda bajarmaslik tarzida prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va prokuror talablarini bajarmaslik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOB. JINOYATChILIKKA QARShI KURASh IDORALARINING QONUNLARNI IJRO ETIShLARI USTIDAN NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va maʼlumotlarni qarab chiqish hamda hal etish va tekshiruvlar oʻtkazishning qonunlarda belgilangan protsessual tartibi, jinoyatchilikka qarshi kurash idoralari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan boshqa qonunlarga ogʻishmay amal qilishlik — jinoyatchilikka qarshi kurash idoralarining qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat qilish predmetidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan, prokuror oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov idoralaridan tekshirish uchun jinoiy ishlarni, hujjatlarni, materiallarni, sodir etilgan jinoyatlarga, tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishining borishiga doir maʼlumotlarni talab qiladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlarga doir arizalar va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini oyida kamida bir marta tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovchilar va surishtiruv oʻtkazuvchi shaxslarning gʻayriqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni tekshirish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat kvalifikatsiyasini belgilash, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv idoralariga jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qamoqqa olish, tintuv oʻtkazish, yashirilgan ashyolarni egasining taqdimiga koʻra olish, boshqa tergov harakatlarini bajarish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi qoʻlidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyatlar sodir etgan shaxslarni aniqlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish yuzasidan shaxsan ayrim tergov harakatlarini yoki tekshiruv ishlarini toʻliq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tintuv oʻtkazishga, pochta-telegraf hujjatlariga arest solish va ularni olib ketishga, gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsning telefonlar va boshqa soʻzlashuv apparatlari orqali olib borilayotgan suhbatlarini eshitib turishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlatishga va qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi hamda surishtiruv idorasiga boshqa xatti-harakatlar uchun ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan hollarda va tartibda tergov hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov idoralariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday ishni surishtiruv idorasidan olib qoʻyadi va tergovchiga beradi, toʻla va xolis tekshiruv oʻtkazishni taʼminlash maqsadida ishni dastlabki bir tergov idorasidan olib boshqasiga beradi, shuningdek bir tergovchidan olib boshqasiga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti, ishni tekshirish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv oʻtkazayotgan shaxsni yoki tergovchini surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ishlar qoʻzgʻatadi yoxud jinoiy ishlar qoʻzgʻatishni rad etadi; jinoiy ishlarni yotqizadi yoki yuritilishini toʻxtatib turadi; qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruv idorasiga jinoiy ishni yotqizish yoki toʻxtatishga rozilik beradi; ayblash fikrini (qarorini) tasdiqlaydi; jinoiy ishlarni sudga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning jinoiy-protsessual qonunlarda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov idoralariga tergov oldi tekshiruvi, qoʻzgʻatilgan va tergalayotgan jinoiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu idoralar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Fuqarolarning huquqlarini cheklovchi xatti-harakatlarga ruxsat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, ularga tenglashtirilgan prokurorlari, ularning oʻrinbosarlari, harbiy va transport prokurorlari, shuningdek shaharlar, tumanlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, fuqarolarni qamoqqa olishga ruxsat berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida jinoyat-protsessual qonunlarda nazarda tutilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklovchi xatti-harakatlarga ham ruxsat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Prokuratura idoralari tomonidan jinoyatlarni tergov kilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan va jinoyat-protsessual qonuniga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlarga doir ishlarni tergov kiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror har qanday jinoiy ishni oʻzi yuritish uchun olishga yoki oʻziga boʻysinuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tekshiruv oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar idoralari hamda boshqa idoralarning tergovchilari va operativ xodimlardan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOB. SUDLARDA IShLARNING KOʻRIB ChIQILIShIDA PROKURORNING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Sudlarda ishlarning koʻrib chiqilishida prokurorning ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, prokurorning oʻzi yoxud sud zarur deb topgan taqdirda sudlarda ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etadi. Sud majlisida ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari hajmi va doiralari Oʻzbekiston Respublikasi protsessual qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlar ekan, dalil-isbotlar oʻrganilishida ishtirok etadi, jinoyat qonuni qoʻllanishiga, sudlanuvchiga berilishi lozim boʻlgan jazo turi va miqdoriga doir oʻz fikrini sudga bayon etadi. Bunda prokuror qonun talablariga va ish yuzasidan toʻplangan materiallarnig xolis bahosiga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, ishni qarab chiqish vaqtida prokuror qoʻyilayotgan ayblov sud majlisida oʻz tasdigʻini topmayapti degan xulosaga kelsa, u ayblovdan voz kechadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sud jarayonida boshqa qatnashchilar bilan teng huquqlardan foydalanar ekan, sudlarning mustaqilligi va ular faqatgina qonunga boʻysinish prinsipiga qatʼiy rioya etishi, oʻz faoliyati bilan odil sudlovni amalga oshirishga qoʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Sud qarorlariga nisbatan kassatsiya tartibida protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ishning koʻrib chiqilishida ishtirok etganligi yoki etmaganligidan qatʼi nazar, ushbu ish xususida sudning chiqargan hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari qonunga hamda ish yuzasidan toʻplangan materiallarga qay darajada muvofiq kelishini tekshiradi. Prokuror jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy huquqbuzarlik ishlari boʻyicha sudning chiqargan gʻayrihuquqiy qarorlari ustidan yuqori turuvchi sudga protest keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Prokurorning kassatsion va xususiy protesti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorga va uning oʻrinbosariga ish birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilishida ishtirok etganliklari yoki ishtirok etmaganliklaridan qatʼi nazar, oʻz vakolatlari doirasida kassatsion va xususiy protest keltirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Sud qarorlarining qonuniyligini tekshirish uchun suddan ishlarni talab qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror, uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror, uning oʻrinbosari yoki ularning topshirigʻiga binoan prokuraturaning boshqa xodimlari sudlarda har qanday toifadagi shunday ishlarni oʻrganish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror sud tomonidan chiqarilgan hukmlar, hal qiluv qarorlar, ajrimlar va qarorlarning qonunga muvofiq emasligini aniqlagach, protest kiritish huquqiga ega, agar bu hol uning vakolat doirasiga kirmaydigan boʻlsa, yuqori pogʻonadagi prokurorga taqdimnoma bilan murojaat etib, protest kiritishni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga nisbatan protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest keltirish huquqiga quyidagilar egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasidagi sudlarning hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumlarining qarorlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar — tuman (shahar) sudining hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar sudlari, Toshkent shahar sudi sud hayʼatlari ishni kassatsiya tartibida qarab chiqib, qabul qilgan ajrimlariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining qarorlariga nisbatan.
(39-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ish yuzasidan chiqargan qaroriga nisbatan rayon, shahar va yuqori pogʻonadagi prokurorlar hamda ularning oʻrinbosarlari tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish. Jinoiy ishni suddan talab qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy va fuqarolik ishlariga doir sudning hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan berilgan kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ish sudda koʻrib chiqilguniga qadar toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori pogʻonadagi prokuror tomonidan chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tuman prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ayblash fikrini tasdiqlagan prokurorlar jinoiy ishni ayblanuvchini sudga berishga qadar va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqarolik ishini sudda qarab chiqilishiga qadar chaqirib olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Jinoiy ishlar va fuqarolik ishlari yuzasidan sud chiqargan qarorlarining ijrosini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har qanday sudning protest keltirilgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ijrosini ish nazorat tartibida hal etilgunga qadar toʻxtatib turishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va xoʻjalik ishlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish huquqi berilgan prokurorlar qonun ochiq-ravshan buzilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar yetarlicha boʻlgani taqdirda ishni talab qilib olish bilan birga sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorining ijrosini ular ustidan protest keltirgunga qadar koʻpi bilan uch oy muhlatga toʻxtatib turishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Prokurorning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlar rayosatlari, tegishli xoʻjalik sudlari hayʼatlari majlislarida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi va Oliy xoʻjalik sudining Plenumi majlislarida, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rayosatining majlislarida ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar prokurorlari va Toshkent shahri prokurori viloyatlar sudlari va Toshkent shahar sudi rayosatlarining, tegishli xoʻjalik sudlari hayʼatlarining majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Qonunlarni qoʻllash yuzasidan sudlarga tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi taklif
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining va Oliy xoʻjalik sudining Plenumlari muhokamasiga jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi va boshqa sudlov ishlarini qarab chiqish chogʻida yuzaga keladigan qonunlarni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish toʻgʻrisida taklif kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-BOB. UShLAB TURILGANLARNI SAQLAB TURISh, DASTLABKI QAMOQ, SUD TAYINLAGAN JAZO VA MAJBURIY XARAKTERDAGI BOShQA ChORALARNI OʻTASh JOYLARIDA QONUNLARNING BAJARILIShI USTIDAN NAZORAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Nazorat predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat predmetini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanganlarni saqlab turish, dastlabki qamoq joylarida, ozodlikdan mahrum etish joylarida va axloq tuzatish ishlariga yuborilgan joylarda, majburiy davolash va tarbiyalash muassasalarida shaxslarni saqlab turish qay darajada qonuniy ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanganlar va qamoqqa olinganlarni saqlab turish, jazoni oʻtash, mahkum etilganlarni tarbiyalash, qonunlarga muvofiq majburiy davolash va tarbiyalash chorasi qoʻllanilgan shaxslarni ushlab saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonunlarga rioya etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanganlar, qamoqqa olinganlar, hukm etilganlar, shuningdek majburiy davolash va tarbiyalash choralari koʻrilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquqlari va burchlariga rioya etilishi taʼminlanayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axloq tuzatish-mehnat qonunlarini qoʻllaydigan mansabdor shaxslar va idoralarning faoliyatida qonuniylikka rioya etilayotganligi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Prokurorning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlanganlarni saqlab turish, dastlabki qamoq, ozodlikdan mahrum etish joylarida, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni va sud tomonidan belgilanadigan majburiy tarzdagi boshqa choralarni oʻtash chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlanganlarni saqlab turish, dastlabki qamoq, ozodlikdan mahrum etish joylarida, majburiy davolash va tarbiyalash muassasalariga istalgan vaqtda moneliksiz kirish va binoning hamma joylari bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslarni saqlab turishga, dastlabki qamoq joylarida saqlashga, shuningdek ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo va jazo choralarini oʻtashga yoxud majburiy davolash va tarbiyalash choralari qoʻllashga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylarida gʻayriqonuniy ravishda saqlab turilgan yoki qonunga xilof tarzda ushlangan, dastlabki qamoqda saqlanayotgan, majburiy ravishda davolanayotgan yoki tarbiyalanayotgan shaxslarni darhol ozod qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti, qamoqlarda saqlanayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar qonunga muvofiq kelmasa, bu qarorlarni bekor qilish, oʻz qarori bilan yuqorida uqtirilgan shaxslarni jarima izolyatoridan, kamerat tipidagi binodan, karserdan, intizomiy izolyatordan darhol ozod qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlangan, qamoqqa olingan, hukm etilgan hamda majburiy davolash va tarbiyalash chorasi koʻrilgan shaxslarni soʻrab-surishtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddada aytib oʻtilgan muassasalarning maʼmuriyatlari chiqargan buyruqlar, farmoyish va qarorlar, ular koʻrgan tezkor-qidiruv tadbirlarining, ana shu muassasalarda odamlarni saqlab turish tartibi va sharoitlarini hamda jazoni oʻtashning tartibi va shartlari belgilab qoʻyilgan qonunlarga qay darajada muvofiqligini tekshirishga; basharti, bunday hujjatlar qonunlarga zid boʻlsa, ularning ijrosini toʻxtatish va ular ustidanprotest keltirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Prokuror qarorlari va talablari ijrosining majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlangan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan va boshqa jazo chorasi qoʻllangan shaxslarni, shuningdek majburiy choralar koʻrilgan yoki maxsus psixatriya muassasasiga joylashtirilgan shaxslarni saqlashning qonunda belgilangan tartibi va sharoitlari ijrosiga doir prokurorning qaror va talablari maʼmuriyat tomonidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo chorasi koʻrilgan mahkumlarga nisbatan sudlar chiqargan hukmni ijro etuvchi idoralar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqi taʼminlanishida prokurorning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror ushlangan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda majburiy davolash va tarbiyalash choralari koʻrilgan shaxslarning davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalari bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi hamda maʼmuriyatning shikoyat va arizalarni qonunda belgilangan tartibda kimga tegishliligiga muvofiq joʻnatish toʻgʻrisidagi qonun talablarining rioya etilishini kuzatib boradi. Tushgan shikoyat va arizani prokuror belgilangan muddatda qarab chiqadi va zarur chora-tadbir koʻradi hamda oʻz qarori toʻgʻrisida arizachiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. PROKURATURA IDORALARINING XODIMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Prokuror lavozimiga tayinlangan shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oliy yuridik maʼlumoti bor va zarur kasb-korga hamda axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan fuqarolari prokuror etib tayinlanadilar. Prokuratura idoralarida lavozimga birinchi marta tayinlangan shaxslar qasamyod qiladilar. Qasamyod matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yoshi 25 dan kam boʻlmagan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralarida xizmat qilish bilan bir vaqtda pulli yuridik xizmat koʻrsatishga, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi, ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati qonuniyligi prokuror nazorati ostida boʻlgan saylov yoʻli bilan tashkil etiladigan idoralarga prokurorning oʻzi saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Prokuratura idoralari xodimlarining mansab darajalari va harbiy unvonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralarining xizmatchilariga, shu jumladan prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darajali unvon hamda harbiy unvon berish va undan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Prokuratura xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizom bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadigan harbiy Prokuratura toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Prokurorlar va prokuratura tergovchilarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror va prokuratura tergovchisi davlat himoyasida boʻlib, xizmat daxlsizligiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish va jinoiy ishni tekshirish faqatgina prokuratura idoralarining huquq-vakolatlariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura xodimlariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik va nojoʻya xatti-harakat uchun intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllashga doir masala yuqori pogʻonadagi prokuror tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori tomonidan roʻyxati belgilanadigan prokuror-tergov xodimlari oʻq otar qurolini olib yurish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Prokuratura xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar va prokuratura tergovchilarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura idoralarining xodimlarini koʻp yillik va halol xizmati uchun koʻkrakka taqiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” nishoni bilan taqdirlab, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faxriy yorligʻini topshirishi mumkin. Koʻkrakka taqiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” nishoni bilan taqdirlashga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori respublikada qonuniylikni mustahkamlash ishidagi alohida xizmatlari, koʻp yil va samarali ishlaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralarining xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Prokuror xodimlarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror xodimlarning, prokuraturaga qarashli ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari xizmatchilarining ish haqi mansab okladidan, mansab darajasi va koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansab darajalari berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha bepul kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror xodimlariga davomiyligi 30 sutkadan iborat har yilgi taʼtil beriladi. Mansab darajalariga ega boʻlib, prokuratura idoralarida 10 yildan koʻp ish stajiga ega boʻlgan prokuratura xodimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kalendar yilidan keyin — 5 sutka,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 kalendar yilidan keyin — 10 sutka,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 kalendar yilidan keyin — 15 sutka davomiyligida haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror xodimlari xizmat guvohnomalarini koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida shahar atrofi va mahalliy yoʻnalishdagi jamoat transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga egalar; xizmat safariga borganlarida transportning barcha turlariga biletlarni va mehmonxonalarda joylarni oldindan band qilib qoʻyish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
LexUZ sharhi
52-moddaning toʻrtinchi qismining shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishga doir qismi Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. PROKURATURA IDORALARINI TAShKIL ETIShGA DOIR BOShQA MASALALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura muassasalari va tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, prokuror xodimlar malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda oʻziga qarashli ilmiy va oʻquv muassasalari tashkil etishi, maxsus adabiyotlar chop etishi, matbaa korxonasiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Xalqaro va davlatlararo aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari doirasida xalqaro va davlatlararo shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq tajriba almashish, prokuror nazoratini amalga oshirishning ilgʻor uslublarini oʻrganish va joriy etish, jinoyatchilikka va qonuniylik buzilishiga qarshi kurash, xodimlarga taʼlim berish va ularning oʻquvini tashkil etish hamda boshqa masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning prokuraturalari bilan xalqaro va davlatlararo aloqalarga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Prokuratura idoralarini moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura idoralarining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti markazlashtirilgan tartibda respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimlar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, harbiy qismlarning qoʻmondonliklari oʻz hududlarida joylashgan prokuratura idoralarini tegishli xizmat binolari bilan taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Prokuratura idoralarining muhri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va unga boʻysinuvchi prokuraturalar, ilmiy-oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar, korxonalar yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
746-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 29-modda; 6-son, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 9-son, 241-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda)