Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023 24.03.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1948-12
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023
Hujjat 01.04.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-12]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4/5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 4-martdagi 4/5-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimadan “, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning oltinchi xatboshisidan “undagi” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan bank hisobvaragʻi shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar, bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar, shuningdek mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat)ning nusxasi ularning yuridik yigʻmajildida saqlanadi. Banklar tadbirkorlik faoliyati subyektlariga hisobvaraq ochish va ularni qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda identifikatsiya qilishlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi”dan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablagʻ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan norezident yuridik shaxslarning (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari) hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan hujjatlari, bank hisobvaragʻi shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar, taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxalari, ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisidagi asosiy hisobvaragʻini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi, bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar, shuningdek mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat)ning nusxasi mijozning yuridik yigʻmajildida saqlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xoʻjaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan ikki dona varaqcha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli koʻrsatilgandan soʻng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 36-bandning birinchi xatboshisi “Devonxona” degan soʻzdan keyin “, “Maʼlumotlar uchun”, “Guvohnomalar uchun”” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 39-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablagʻ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan norezident yuridik shaxslarning (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari) taʼsis hujjatlarida (taʼsis shartnomasida, ustavda) koʻrsatilgan maʼlumotlar (muassislar, aʼzolar yoki boshqa maʼlumotlar) oʻzgargan taqdirda, ular taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning nusxasini bankka taqdim qiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2-ilova “M.Oʻ.” qisqartmasidan keyin “(muhr mavjud boʻlganda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 192-modda)