14.03.2017 yildagi PQ-2831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalari sifatini yanada oshirish, loyihalashtirish jarayoniga loyiha ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish ishlariga ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan zamonaviy usullarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari xoʻjalik boshqaruv organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” — Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari buyurtmachi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalarining, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi sifatida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari buyurtmachilari, geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati sohasida, mazkur talabga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, shu jumladan, DTIA/DTIH hamda TIA/TIHni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarni texnik boshqarish va Oʻzbekiston Respublikasi standartlari sohasidagi normativ hujjatlarga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va investitsiya loyihalari hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tartibga solinadigan loyihalar boʻyicha (loyihalashtirishga doir qismda) iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini texnik jihatdan kuzatib borish, loyihalarni tender savdolari tashabbuskorlari bilan birgalikda olib borish va ularga hamrohlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy yangilash konsepsiyasini, tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiya va texnik rekonstruksiya qilishni koʻrib chiqish va kelishuvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida loyihalashtirish jarayonlariga xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilgʻor chet el tajribasiga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari, loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish yoʻnalishini rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda keyinchalik bosh pudratchi funksiyalarini oʻziga yuklagan holda, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini aniq ishlab chiqish uchun subpudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, yetakchi mutaxassislarni tanlov (tender) asosida jalb etish, shuningdek, ularning ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori unumdorligi va sifati, energiya hamda resurs tejamkorligi, shuningdek, ekologiya standartlarining zamonaviy talablariga javob beruvchi ilgʻor texnologiya va uskunalar jahon bozorini chuqur tahlil qilishni amalga oshirish, respublikaga istiqbolsiz, maʼnaviy va jismoniy eskirgan uskuna va texnologiyalar olib kirilishini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishda ilgʻor yuqori texnologiyali, energiya tejamkor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning Ilmiy-texnika kengashida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va loyiha, loyihaoldi hamda ishchi hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va tasdiqlashda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari ilmiy-texnika va ekspert kengashlari bilan uzviy hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy xarakteristikalari, samaradorligi va amaliyotda sinovdan oʻtganlik darajasi, shuningdek, yuqori texnologiyali uskunalarning asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari hamda faoliyat turi boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va litsenziyalovchilar toʻgʻrisida axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan maʼlumotlarni yigʻish va umumlashtirish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash yoʻli orqali jahon va ichki bozorlarda yuqori talabga ega raqobatdosh tayyor mahsulot va yarim tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarga boʻlgan narxlarning cheklangan parametrlari, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining narxi boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari buyurtmasi boʻyicha iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari investitsiya loyihalarini mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatini muvofiqlashtirish Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari Kompleksiga yuklanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning asosiy tarkibiy boʻlinmalari etib, loyihaning bosh muhandislari tomonidan (LBM) boshqariladigan tarmoq byurolari hisoblanadi, ular loyihani ishlab chiqish va loyihani toʻliq yakuniga yetkazgunga qadar texnik jihatdan kuzatuvini tashkillashtirish uchun masʼuldirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LBM byurolari institutning istiqbolli ixtisoslashuvini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan butlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari, faqat Institut ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasidan keyin belgilangan tartibda vakolatli organlarga ekspertiza qilish uchun kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti ilmiy-texnik kengash aʼzolarining tarkibi vakolatli vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqalarning yuqori malakali mutaxassislaridan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 113 kishidan iborat tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan umumiy xodimlar cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari Kompleksi rahbari bilan kelishgan holda uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida shtat birliklari sonini qayta taqsimlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida zarur miqdorda qoʻshimcha jalb qilish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori zimmasiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, ishlarning alohida turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan subpudrat loyiha tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanilgan xorijiy loyiha institutlari, konsultantlar va ekspertlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha konsorsiumlar tashkil etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institutni moliyalashtirish manbalari etib, quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga shartnoma asosida ajratiladigan investitsiya loyihalari buyurtmachilari, loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, loyihalar amalga oshirilishiga texnik hamrohlik qilishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq, Institutning oʻz faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik prospekti, 66-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, institut direktori buyrugʻi bilan ustav faoliyatidan hamda ajratilgan maqsadli budjet ajratmalaridan olinadigan daromadlar chegarasida Institut xodimlari ish haqlariga har oylik qoʻshimchalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut faoliyatini taʼminlash xarajatlari, shu jumladan, asosiy xorijiy kataloglar va nashrlarga obuna boʻlish, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan loyihalarning mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun mutaxassislarni jalb qilish loyihaning umumiy narxiga kiritilgan, koʻrsatilayotgan xizmatlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya (A. Ramatov) Institut faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarordan kelib chiqadigan talablar va vazifalarni hisobga olgan holda Institut toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni zarur bilim va ish, jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni tayyorlash va ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston elektroenergetika, neft va gazni qayta ishlash, kimyo va ogʻir sanoat davlat loyiha institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 13-iyundagi PQ-377-sonli qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 30-iyuldagi PQ-1376-sonli qarori, “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” Instituti qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2831-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining faoliyatini tashkil etish boʻyicha Komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi

J.A. Qoʻchqorov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

B.M. Nizomov

mehnat vaziri oʻrinbosari

A.A. Usmonov

adliya vaziri oʻrinbosari

S.X. Gafarov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

Davarxitektqurilish raisi oʻrinbosari

Sh.A. Vafoyev

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari

A.S. Sultonov

“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ raisi

A.A. Abdullayev

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi

K.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

U.D. Karimov

“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori v.b.

A.S. Nurutdinov

“Oʻzmetkombinat” AJ bosh direktori

N.B. Husanov

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari

I.R. Mahkamov

Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishiga tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 12-son, 183-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)