14.03.2017 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va davolashning samarali tizimini tashkil etish, uyqu arteriya stenoziga chalingan bemorlarni xirurgik davolashning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya bo‘limi negizida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish, uning bemorlar o‘rin fondini 40 o‘ringacha yetkazish, shu jumladan 20 ta o‘rin pulli asosda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanishi haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z muhriga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida g‘aznachilik hisob raqamlariga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
angionevrologiya sohasida muvofiqlashtirish markazi funksiyalarini amalga oshirish, miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy usullarini eng avvalo hududiy tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda ko‘rgazmali operatsiyalar, ta’lim beruvchi ma’ruzalar va seminarlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miya qon-tomir yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy etish yo‘li bilan uyqu va yurakning qon tomirlari arteriyalari shikastlanishiga chalingan bemorlarni davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bog‘liq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasida insult kasalligi milliy registrini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sog‘liqni saqlash” tarmog‘iga ajratiladigan budjet mablag‘lari, Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish doirasidagi grantlar mablag‘lari, pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan bemorlar o‘rin fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika muassasalarining bemorlar o‘rin fondi doirasida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin, shuningdek Markazni amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-kilinkasi hududida joylashtirish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diagnostika va statsionarda davolanish uchun Markazga yo‘llanma (order)ni birinchi navbatda olish huquqini beruvchi miya qon-tomir yetishmovchiligiga chalingan bemorlar toifalari ro‘yxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Magistratura oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari tasniflagichiga “qon-tomir xirurgiyasi” mutaxassisligini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda Markazning shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida Markazni joriy ta’minlash va tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 164-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)