Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2021 15.03.2017 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2021
Hujjat 09.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 09/17/886/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 09/17/886/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik deb ataladi) madaniyat sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik tizimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy ekspertiza boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bosh direksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka idoraviy mansub boshqa madaniyat va taʼlim muassasalari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik tizimining moddiy-texnika taʼminoti va xodimlarning mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobiga va ular doirasida, Vazirlik tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning daromadlari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 09/17/886/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar orasida milliy ongda Mustaqillik gʻoyalarini yanada teran tomir orttirishga, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot gʻoyalariga qarshi immunitetini mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy ijod, shu jumladan teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat muassasalari, jumladan teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, muzeylar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, maʼnaviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada toʻliq foydalanish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan asosiy vazifalar hamda faoliyat yoʻnalishlarini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini taʼminlashda mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida takomillashtirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilgʻor xalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-maʼrifiy muassasalar va taʼlim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, shu jumladan konferensiyalar va koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan chet ellarda keng targʻib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning madaniyat va sanʼat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishni taʼminlaydi, xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va sanʼatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishlarini va attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylarda milliy mustaqillik gʻoyalariga hamohang boʻlgan, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish boʻyicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisini Oʻzbekiston xalqlari tarixi toʻgʻrisida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va eʼtirof etish tuygʻusini tarbiyalashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi Davlat katalogini yuritadi, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda uning tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy muzey fondi holati yuzasidan, shuningdek madaniy va arxeologik meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy va arxeologik meros obyektlarini muhofaza qilish, qoʻriqlash, targʻib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarining amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining Davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishni, muhofaza va targʻib qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya buyumlarining Davlat katalogini yuritadi, unda roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya buyumlarini roʻyxatdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda madaniy boyliklarga taalluqli buyumlarning toifasini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqiladigan, vaqtincha olib chiqiladigan, shuningdek vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional sanʼat va havaskorlik sanʼati festivallari, koʻrik-tanlovlari, shuningdek koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika konsert saroylari, konsert zallari va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslarini oʻtish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda madaniyat va sanʼat arboblarini, yetuk pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlar va sanʼat arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro koʻlamda va respublika miqyosida madaniyat va sanʼat sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kulturologiya, teatrshunoslik, sanʼatshunoslik, musiqashunoslikni va ushbu sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish, taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy sanʼat va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy jamoalar, madaniyat va sanʼat mutaxassislarini, arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xalqaro tanlovlar, festivallarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning sohada joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat boʻyicha oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼatni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sanʼat sohasiga taalluqli dasturiy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning toʻgʻri bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sanʼat arboblarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining keng qatlamlari orasida madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda mamlakatning davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan taʼminlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini koʻrsatishda ularga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mavjud madaniyat inshootlari, kutubxonalar, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat saroylari, istirohat bogʻlari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarni xatlovdan oʻtkazadi;
(8-bandning oʻttiz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro madaniyat aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, oʻziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik maʼlumotlarni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning va uning idoraviy mansub tuzilmalarining davlat mulkini begʻaraz foydalanish huquqi bilan oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga belgilangan tartibda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ilmiy ishlarni amalga oshirish va tadqiqotlar olib borish uchun — idoraviy mansub Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga, axborot-kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish boʻyicha buyurtmalarni Vazirlik huzuridagi Axborot va kompyuter texnologiyalari markaziga tender (tanlov) oʻtkazmasdan joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarga xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga, inventar va xoʻjalik anjomlari, avtotransport, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter texnikasini va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanishga, dasturiy taʼminotni xarid qilishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga shartnoma asosida ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellar olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Jahon Internet axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytlar yaratish, oʻz faoliyatini yoritib borish uchun ijtimoiy tarmoqlar va media-resurslardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan madaniyat masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumxalq bayramlari, yubileylar, madaniy-ommaviy tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimiga kiruvchi teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-maʼrifiy va taʼlim muassasalarini jihozlash uchun yoritish va ovoz yozish qurilmalari, musiqa asboblari, inventar va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey fondlarini va asarlar koʻrgazmalarini toʻldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega boʻlgan kino-teatr, tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat asarlari, noyob qadimiy raritetlarni hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qoʻshiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada oʻtkaziladigan xalqaro tanlovlar, koʻriklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalarida dars berish, shuningdek mahorat darslari oʻtkazish uchun yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilarni, respublikamizdagi va chet ellardagi taniqli madaniyat va sanʼat arboblarini taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga oʻqishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy havaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga “Xalq”, “Bolalar namunali jamoasi”, “Xalq muzeyi” unvonlari, diplomlar, yorliqlar berish va sovrinlar bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik mablagʻlarini, shu jumladan budjetdan tashqari mablagʻlarni Vazirlik tizimi tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan madaniy-ommaviy va konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilishiga, madaniyat va sanʼat arboblarini turli festivallar (tanlovlar) va shu kabilarga tayyorlash hamda ularda qatnashish uchun yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivallar, tanlovlar va boshqa tadbirlar gʻoliblari, qatnashchilari va faxriy mehmonlarini esdalik sovgʻalari bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng iqtidorli sanʼat arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 09/17/886/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi, tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari, shuningdek Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga oʻzgartirishlar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriluvchi idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallari va xarajatlari smetalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini, markaziy apparat boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, viloyatlar madaniyat boshqarmalari, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini, Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlarini va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga boʻysunadilar va hisob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tegishli ravishda hududiy madaniyat boshqarmalariga va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga va tuman (shahar) hokimliklariga boʻysunadilar va hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqori Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshligʻi tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) boʻlimlari mudirlari — tuman (shahar) madaniyat markazlari direktorlari tegishli tuman (shahar) hokimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlikda Madaniyat vaziri (Hayʼat raisi), uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda Hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Madaniyat vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan madaniyat sohasidagi siyosat amalga oshirilishini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlik faoliyatining asosiy konseptual yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun ijro intizomini mustahkamlash, Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlik xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlov, ustama haq, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlikni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda Badiiy ekspertiza boshqarmasining budjetdan tashqari mablagʻlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining maxsus budjetdan tashqari hisob raqamida toʻplashni taʼminlash maqsadida, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarmaning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat bojidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari va daromadlarini toʻplash va ularni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi taʼminotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish Jamgʻarma tashkil etilishining maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mablagʻlar toʻplanishini taʼminlash va ularni quyidagilarni moliyalashtirish Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning zamon talablariga muvofiq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, madaniyat va sanʼat arboblarini respublika va xalqaro miqyosdagi festival va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlariga mablagʻlarni maqsadli ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalardagi kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va ularni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmani boshqarish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Hayʼati tomonidan tartibga solinadigan Jamgʻarma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamgʻarma Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash va unga xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim Jamgʻarma mablagʻlari shakllanishi va sarflanishini monitoringini yuritadi. Boʻlim faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Boʻlim xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar boʻlimning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlarni umumlashtirish hamda ularni Jamgʻarma kengashida koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni joriy nazorat qilish, hisobini yuritish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini joylarda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har chorakda kamida bir marta Jamgʻarma kengashiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi hamda buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat bojidan tushgan mablagʻlarning 70 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi faoliyat turlari boʻyicha budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushayotgan mablagʻlardan 20 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayr-ehsonlari, grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan manbalardan Jamgʻarmaga ajratmalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tegishli tashkilotlar tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmaga ajratmalar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tegishli tashkilotlar rahbarlari va bosh buxgaltyerlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmaning oʻtgan yilda ishlatilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va joriy yilda ushbu Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi va boʻlim taʼminotiga xarajatlar qoplangandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning kamida 75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan ularni jihozlash va taʼmirlashga, madaniyat va sanʼat arboblarini respublika va xalqaro miqyosdagi festival va tanlovlarda qatnashish uchun yuborishga, kadrlar malakasini oshirishga, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan oʻtkaziladigan monitoringlar bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlarini qoplashga va madaniyat muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpi bilan 25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (yil choraklari, manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) tuziladi hamda Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan holda, Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlovchisi Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlaridan boʻlak holda alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Hayʼati yigʻilishida koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muratov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Kengash raisi

lavozimi boʻyicha

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Madaniyat vaziri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Madaniyat vaziri oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining boshligʻi

Maʼsudov F.X.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori

Fayziyeva V.S.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi direktori

lavozimi boʻyicha

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi boshligʻi, Kengash kotibi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.