13.03.2017 yildagi PQ-2826-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalar va nafaqalar toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son qarori oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash, pensiyalar va nafaqalar toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish, naqd pul shaklida pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish va oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlarni toʻliq va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni (keyingi oʻrinlarda — pensiyalar va nafaqalar deb yuritiladi) naqd shaklda toʻlashni “Oʻzbekiston pochtasi” AJdan Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki deb yuritiladi) boʻlinmalariga mart-iyul oylari mobaynida bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2017-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida pensiyalar va nafaqalarni toʻlash faqat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash tajriba tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-aprelidan boshlab — 1-ilovaga muvofiq 13 ta viloyatga boʻysunuvchi shaharda, shuningdek Toshkent shahrining 6 ta tumanida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-mayidan boshlab — 2-ilovaga muvofiq 39 ta qishloq tumanida amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari pensiyalar va nafaqalarni naqd pulda berish boʻyicha maxsus kassalar ishini tashkil etish uchun posyolkalar, qishloqlar, ovullar mahallalari fuqarolar yigʻinlari binolarida va pensionerlarning mablagʻlarni olishi uchun qulay boʻlgan boshqa maʼmuriy binolarda bepul foydalanish huquqi bilan Xalq bankini alohida xonalar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yashaydigan joyga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassirlar va nazoratchilar soni 4 ming nafar shtat birliklariga koʻpayishini, markaziy apparatda va filiallardagi pensiyalar va nafaqalarni aholiga naqd pul shaklida yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan mutaxassislarning zarur soni butlanishini, ularga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun ularni oʻqitishni taʼminlashni hisobga olgan holda, tashkiliy tuzilmani bir hafta muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventar va kompyuter texnikasi istisno tariqasida tanlov (tender) savdolari oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha zarur miqdorda sotib olinishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4oktabrdagi PF-5428-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda naqd pul mablagʻlarni toʻplash va yetkazib berishni tashkil etish tartibi hamda pensiyalar va nafaqalarni toʻlash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar va nafaqalar oʻz vaqtida berilishi taʼminlanganligi uchun Xalq banki xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzavtosanoat” AK naqd mablagʻlarning maxsus kassalargacha yetkazib berilishini tashkil etish uchun Xalq bankining buyurtmanomalari boʻyicha 590 ta “Damas” markali avtotransport vositasi sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq bankining buyurtmanomalariga muvofiq barcha toʻlovlar har oyning 27-kunigacha tugallanishini hisobga olgan holda pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan uzluksiz berilishi uchun naqd pul mablagʻlari bilan zarur hajmda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq bankining oʻz inkassatsiya xizmati tashkil etilguniga qadar pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun naqd pul mablagʻlari Xalq bankining filiallariga imtiyozli shartlarda yetkazib berilishi boʻyicha inkassatsiya xizmatlari koʻrsatish qiymatini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki bilan birgalikda moliyalashtirilgan mablagʻlar qoldigʻi har kuni tahlil qilinib Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etish tartibini joriy etgan holda pensiyalar va nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olishni joriy etish boʻyicha tegishli hisob raqamlari ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov undirmasdan naqd mablagʻlar Xalq bankining maxsus kassalarigacha yetkazib berilishiga hamrohlik qilishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
590 ta “Damas” markali avtotransport vositasini naqd pul mablagʻlarini tashish uchun moslashtirishga tegishli ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq bankining inkassatsiya xizmatini naqd pul mablagʻlarining saqlanishi va butligini taʼminlash uchun himoya va xavfsizlikning tegishli moslamalari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pensiyalar va nafaqalarni toʻlash boʻyicha Xalq banki xizmatlariga haq toʻlash miqdori pensiyalar va nafaqalarni yetkazib berish umumiy summasi hajmining 1 foizgacha miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi Xalq banki bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya va boshqa toʻlovlarni olayotganlarga SMS orqali xabardor qilishni joriy etgan holda aholiga pensiyalar va nafaqalar toʻlashni “on-layn” rejimida hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish maqsadida tegishli maʼlumotlar bazalari integratsiya qilinishini bir oy muddatda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini jalb etgan holda Pensiya jamgʻarmasi interaktiv xizmatlarining yangi turlari, shu jumladan “ishonch telefoni” ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Pensiya jamgʻarmasi Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan nazorat va tizimli monitoring olib borilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2017-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Markaziy bank raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2826-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilning 1-aprelidan boshlab Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalar toʻlanishi amalga oshiriladigan viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahridagi tumanlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Shaharlar (tumanlar)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar

2.

Andijon viloyati

Xonobod shahar

3.

Buxoro viloyati

Kogon shahar

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahar

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

6.

Navoiy viloyati

Zarafshon shahar

7.

Namangan viloyati

Namangan shahar

8.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon shahar

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar

12.

Fargʻona viloyati

Qoʻqon shahar

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahar

14.

Toshkent shahar

Sergeli tumani

15.

Bektemir tumani

16.

Yakkasaroy tumani

17.

Uchtepa tumani

18.

Mirobod tumani

19.

Olmazor tumani

Jami

19 shahar (tuman)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-maydan boshlab Xalq banki tomonidan pensiyalar va nafaqalar toʻlanishi amalga oshiriladigan tumanlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Tumanlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Xoʻjayli, Qonlikoʻl, Qoraoʻzak

2.

Andijon viloyati

Jalaquduq, Boʻz, Ulugʻnor

3.

Buxoro viloyati

Qorovulbozor, Peshku, Romitan

4.

Jizzax viloyati

Arnasoy, Baxmal, Zarbdor

5.

Qashqadaryo viloyati

Muborak, Koson, Qarshi

6.

Navoiy viloyati

Nurota, Qiziltepa, Navbahor

7.

Namangan viloyati

Chust, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy

8.

Samarqand viloyati

Qoʻshrabot, Toyloq, Urgut

9.

Sirdaryo viloyati

Mirzaobod, Guliston, Oqoltin

10.

Surxondaryo viloyati

Muzrabot, Oltinsoy, Shoʻrchi

11.

Toshkent viloyati

Oqqoʻrgʻon, Pskent, Bekabod

12.

Fargʻona viloyati

Furqat, Oʻzbekiston, Buvayda

13.

Xorazm viloyati

Bogʻot, Xonqa, Yangibozor

Jami

39 tuman

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 154-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)