06.03.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan Turkmaniston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Turkmaniston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida 1996-yil 16-yanvardagi Bitim, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida chegaraboʻyi viloyatlari hududida joylashgan xoʻjalik obyektlarida xizmat qiluvchi shaxslar tomonidan oʻzbek-turkman chegarasini kesib oʻtishlari toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrdagi Bitim hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 10-martdagi Bitim qoidalariga, shuningdek Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalarga asoslangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan holda va oʻzaro hurmat prinsiplari asosida davlatlararo manbalarning suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish zaruriyatini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transchegaraviy (davlatlararo) suv oqimlaridan foydalanish sohasida hamkorlik masalalarida yagona pozitsiyani ishlab chiqishga intilishlarni hisobga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarining integratsiyalashtirilgan holda boshqarish va Orol dengizi havzasining ekologik holatini yaxshilash asoslari sifatida ilmiy-texnikaviy va axborot salohiyatlarini kengaytirish muhimligini taʼkidlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishi va boshqa omillar taʼsirida suvga boʻlgan ehtiyojlar oʻsayotgan va suv resurslari kamayib borayotgan vaziyatda suvni tejash, suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha kelishilgan va maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlar Amudaryo havzasida suv xavfsizligini taʼminlash uchun asos boʻlib xizmat qilishini tan olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatlari doirasida transchegaraviy suv resurslarini barqaror boshqarish, Amudaryo havzasida suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha birgalikda harakat qilish maqsadida hamkorlikni rivojlantiradilar, shuningdek Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarni samarali amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarish, ulardan oqilona foydalanish va ularni hisobga olish masalalarida yaqindan hamkorlikni amalga oshiradilar. Ushbu maqsadlarda Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xoʻjaligi komissiyasining (DMSK) bayon qarorlariga muvofiq suv resurslarini taqsimlashni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suv taqchil yillarida Amudaryoning quyi oqimida suvning oʻtkir tanqisligiga yoʻl qoʻymaslik uchun paritet asosida oʻrta oqimidan suv olinishini cheklaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Amudaryoning quyi oqimi suv resurslarini boshqarishni birgalikda koʻrib chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Amudaryoning, shu jumladan Tuyamuyun suv omborining suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish uchun daryoning quyi oqimidagi sugʻoriladigan yerlarni yuvish ishlarini bajarish boʻyicha kelishilgan choralar koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Amudaryoning oʻrta va quyi oqimlari suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va Tomonlar davlatlarining sugʻoriladigan yerlarida suv taʼminotini koʻpaytirishga qaratilgan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekologik talablarni hisobga olgan holda kollektor-drenaj suvlaridan foydalanish masalalarini kompleks ravishda hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vakolatlari doirasida suv xoʻjaligi obyektlarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, avtotransport, mexanizmlar, uskuna va maxsus texnikalarni oʻzbek-turkman chegarasidan oʻtkazish, kelishilgan roʻyxatlar asosida ehtiyot qismlarni olib kirish va olib chiqish masalalari boʻyicha, shuningdek suv xoʻjaligi obyektlarida avariya holatlari, shu jumladan tungi vaqtda yuzaga kelganda, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga va avariya holatlarini bartaraf qilish uchun zarur boʻlgan avtotransport, mexanizmlar va maxsus texnikalarni Davlat chegarasidan tezkor ravishda oʻtishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar toshgan suvlarni oʻtkazib yuborish va suv toshqinlari bilan kurashishda, shuningdek boshqa tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda texnikaviy, axborot va boshqa tarzda koʻmak berishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar transchegaraviy taʼsirga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday keskin vaziyat haqida zudlik bilan bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarish, gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohalaridagi qoʻshma tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazishda hamkorlik qiladilar. Ushbu maqsadlarda Tomonlar, xususan, quyidagilarga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion dasturlarni jadallashtiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejash texnologiyalarini, ilgʻor sugʻorish uslublari hamda suv quyish, suv hisobi va suv oʻlchovini yuritish texnikalari boʻyicha chora-tadbirlarni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gidrotexnik inshootlar texnik holatini yaxshilash va ishonchliligini oshirishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirish va kollektor-drenaj suvlaridan takroran foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Orolboʻyi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va suv xoʻjaligi faoliyatidagi ekotizim talablarini hisobga olish boʻyicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari natijalarini koʻrib chiqadilar va ijobiy natijalarni hayotga tatbiq qilish boʻyicha kuchlarini safarbar etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha koʻshma loyihalarni aniqlash, ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek ularni hayotga tadbiq qilish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb qilishda oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar va oʻzaro qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilar bilan almashishni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kollektor-drenaj suvlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) suvni tejash texnologiyalari, ilgʻor sugʻorish metodlari va sugʻorish texnikasi, suvni hisobga olish va suvni oʻlchash, shuningdek kollektor-drenaj suvlaridan takroran foydalanish sohasida toʻplangan tajribalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash tajribasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transchegaraviy taʼsirni oldini olish, cheklash va qisqartirish boʻyicha qoʻllanilayotgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot bilan almashish ikki tomonlama asosda, shuningdek DMSK organlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar Orolni qutqarish xalqaro fondi va uning tashkilotlari faoliyatini mustahkamlashga, shuningdek Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam koʻrsatish boʻyicha muayyan harakatlar Dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini muvofiqlashtiradilar va qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar DMSK doirasida ishlar muvofiqlashtiruvini kuchaytirish uchun milliy va mintaqaviy darajada barcha tegishli choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar suv xoʻjaligi kadrlari malakasini oshirish kurslari, seminarlar, stajirovka va boshqa taʼlim dasturlarini tashkil etish uchun barcha tegishli choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va uning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash va talqin qilish yuzasidan barcha kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan biri uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonning yozma xabarnomasini olgan sanadan ikki oy oʻtguniga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida 2017-yil 6-martda har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda ixtiloflar vujudga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga asoslanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)