17.10.2016 yildagi 609-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2015-yil 27-noyabrdagi 318–III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 11, 444-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-bandning birinchi qismi oʻzbekcha matnidagi “Qonunning” degan soʻz “Nizomning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Roʻyxatdan oʻtkazilgan murojaatlar, 12-bandning uchinchi qismida va 13-bandning toʻrtinchi qismida belgilangan murojaatlar bundan mustasno, kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Sektor tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga yoki uning oʻrinbosarlariga kiritilib, ular murojaatni koʻrib chiqish yuzasidan masʼul qoʻmitaga, unda tegishli jismoniy yoki yuridik shaxs murojaat etgan saylov okrugi deputati aʼzo ekanligidan kelib chiqqan holda, taqsimlab koʻrsatma (topshiriq) chiqaradi yoxud murojaat etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning saylov okrugidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatini bevosita koʻrsatib koʻrsatma (topshiriq) chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni koʻrsatma (topshiriq) chiqarish uchun Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlariga kiritish chogʻida Sektor tomonidan murojaat etayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsning saylov okrugidan saylangan Qonunchilik palatasi deputati aʼzo boʻlgan qoʻmita Qonunchilik palatasi Spikerining tegishli oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinishi inobatga olinishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 18-bandning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Mavjud masalalarni hal qilish oʻzining vakolatiga kirmaydigan Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlar, 12-bandning uchinchi qismida va 13-bandning toʻrtinchi qismida belgilangan murojaatlar bundan mustasno, tegishli organlarga murojaatni koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita raisi yoki qoʻmita raisi oʻrinbosari yoxud deputat tomonidan imzolangan xat bilan aloqadorligi boʻyicha besh kunlik muddatdan kechiktirmay yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud masalalarni hal etish oʻzining vakolatiga kirmaydigan qoʻmita yoki deputat nomiga yoʻllangan murojaatlar tegishli organlarga qoʻmita raisi yoki qoʻmita raisi oʻrinbosari yoxud nomiga murojaat kelib tushgan deputat tomonidan imzolangan xat bilan aloqadorligi boʻyicha besh kunlik muddatdan kechiktirmay yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy boʻlim (M. Soipov) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Devoni xodimlarini ushbu qaror bilan tanishtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
609-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 347-modda)