Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2864]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 7-mh-sonli “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3444, 05.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 50-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlarni adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2562, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 100-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
42-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini majburiy tartibda tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) tushuniladi.
2. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga tayinlash va undan ozod etishga taqdim etilgan nomzodlarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) adliya organlari bilan kelishish ularning tavsiya etilgan lavozimga layoqatini va kasbiga munosibligini aniqlash, shuningdek yuridik xizmat xodimlarini noqonuniy taʼsir koʻrsatishdan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
3. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi va ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga adliya organlari bilan kelishilib lavozimga tayinlangan xodimlar kelgusida ushbu tashkilotning yuridik xizmatidagi lavozimi oʻzgarsa adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi, yuridik xizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno.
Bunda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2861, 2017-yil 28-fevral) asosan davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli maʼlumotni adliya organiga yuborishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmat xodimlari hamda ular bilan kelishib lavozimga tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 77-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-3, 26.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 10/19/2864-3/2679-son)
2-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalalarini kelishish
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash masalasini kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi anketasi va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi yoki oliy yuridik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomining nusxasi va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomdan nusxa — oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisida diplomga ega boʻlmaganlar uchun;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
nomzod mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma, agar mavjud boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar nomzod xorijda taʼlim olgan boʻlsa ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻgʻriligi tasdiqlangan xorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusxalari taqdim etiladi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
7. Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlashni kelishish masalasini koʻrib chiqishda nomzod bilan suhbat oʻtkaziladi.
8. Suhbat adliya organlarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi. Komissiyalar tarkibi tegishli adliya organi rahbari tomonidan kamida besh kishidan, yaʼni rais, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirning soha boʻyicha masʼul oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va adliya boshqarmasi boshligʻi komissiya raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Komissiyalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar ishchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning boʻlimlari tegishli komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Kelishish hujjatlar tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy ichida amalga oshiriladi.
12. Ishchi organ tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin suhbat oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida xabar beriladi.
13. Hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular tegishli adliya organiga kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida ishchi organ tomonidan kamchiliklar koʻrsatilgan holda nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi.
14. Hujjatlarni koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishda ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar takroran taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Komissiya ishida aʼzolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning aʼzosi ish joyida boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga uning vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
16. Nomzod bilan uning kasb faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
17. Suhbat natijalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi suhbat oʻtkazish varaqasida aks ettiriladi. Suhbat oʻtkazish varaqasida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollarning javobi “toʻgʻri”, “notoʻgʻri”, “toʻliq emas” yoki “javob berilmadi” shaklida baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Komissiya aʼzolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari nomzodni boshqa lavozimga tayinlash haqida tavsiya berishi mumkin.
Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar Komissiyaning ishchi organini yozma xabardor qilishlari lozim. Komissiyaning ishchi organini suhbatga kela olmasligi toʻgʻrisida yozma xabar bergan nomzodlar Komissiyaning navbatdagi yigʻilishida suhbatga qoʻyiladilar.
Suhbatga kelmagan va komissiya ishchi organini yozma xabardor qilmagan nomzodlar suhbatdan oʻtmagan deb topiladi va bu haqda ishchi organ tomonidan nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga maʼlum qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
19. Suhbat natijalariga koʻra nomzodning suhbatdan oʻtganligi yoki oʻtmaganligi holati boʻyicha ishchi organ uch ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar bir oydan soʻng, umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga suhbatdan uch marotaba oʻta olmagan nomzodlar uch oydan soʻng umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
3-bob. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish
23. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimidan ozod etishni kelishish uchun davlat organi va tashkiloti tomonidan adliya organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat organi va tashkiloti rahbarining yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnomasi, ushbu taqdimnomada xodimni lavozimidan ozod etish sabablari, motivlari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi;
yuridik xizmat xodimi mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik xizmat xodimining arizasi — mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilishda;
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish sabablarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
24. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish mazkur Nizomda belgilangan yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalasini kelishish tartibida amalga oshiriladi. Bunda xodim bilan suhbat ishchi organ tomonidan zarur deb topilgan hollardagina oʻtkaziladi.
Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan boʻlsa, mazkur masalaning komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi talab etilmaydi.
Yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishning kelishilganligi yoki kelishilmaganligi (sabablari koʻrsatilgan holda) haqida tegishli adliya organi tomonidan davlat organi va tashkiloti yozma ravishda xabardor qilinadi.
25. Zarur hollarda, adliya organlari tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish masalasiga doir qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi hamda yuridik xizmat xodimi bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
26. Quyidagilar yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etish uchun sabablar yetarli emas deb topilganda;
yuridik xizmat xodimining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqmaydigan ishlarni bajarmaganligi yoki uni oʻziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.
27. Mazkur Nizomning 26-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat organi va tashkilotida tegishli adliya organi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
28. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻlgan holat oʻz isbotini topganda, tegishli adliya organi davlat organi va tashkilotining aybdor mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 7-bandiga muvofiq yuridik xizmat xodimi lavozimidan ozod etilganda hamda yuridik xizmat shtat birligi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilganda yuridik xizmat xodimini lavozimidan ozod etishni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimini yuridik xizmat bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa lavozimga oʻtkazish mazkur Nizomning 23 — 27 bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 8-sentabrdagi 457-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2864-2, 08.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son)
4-bob. Yakuniy qoidalar
29. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish bilan bogʻliq barcha hujjatlar tegishli adliya organida saqlanadi.
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
2017-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q. RAFIKOV
2017-yil 28-fevral
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Adliya organlariga kelishish uchun tavsiya etilgan nomzodning yaqin qarindoshlari haqida
MAʼLUMOT
|
T/r |
F.I.O. |
Qarindoshligi |
Tugʻilgan yili va joyi |
Ish joyi va lavozimi |
Yashash joyi |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | Yaqin qarindoshlarimning roʻyxatini toʻliq va toʻgʻriligini tasdiqlayman: | ||||
| | | | | | |
| | Nomzod: _____________________________________________________ | | | ||
| | |
(F.I.O., imzo) |
| | |
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 140-modda, 10.01.2018-y., 10/18/2864-1/0539-son, 10.09.2018-y., 10/18/2864-2/1860-son; 26.02.2019-y., 10/19/2864-3/2679-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)