Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019 23.02.2017 yildagi PQ-2796-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2019
Hujjat 06.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, respublikani iqtisodiy rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganiga qaramay, ayrim mulkdorlarning qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalana olishga noqobilligi sababli hamon ularning soni ancha miqdorda saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yangi ishlab chiqarishlar va ish joylari yaratishni xohlovchi tadbirkorlar buning uchun zarur ishlab chiqarish binolarini xarid qilishda koʻpincha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali hamda oqilona foydalanish, zarur investitsiyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yangi ish joylari barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha xoʻjalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida 2-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibda qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan oʻtkazish hamda aniqlash boʻyicha Idoralararo komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiyalar) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organi Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo komissiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash, oʻtkazilgan xatlov yakunlari boʻyicha ularning roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bilan birgalikda ishlab chiqarishni yoki xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini tashkil etish, shuningdek, yangi ish joylari yaratish boʻyicha investitsiya loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining maqomi haqida, loyihani amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik toʻgʻrisida xulosalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlar tomonidan ruxsatnoma hujjatlarini va tijorat banklarining kreditlarini olishda ularga yordam berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan xususiy mulk qilib berilgan (shu jumladan ustav kapitaliga berilgan, sotilgan va boshqa usullar bilan boshqa shaxsga berilgan) koʻchmas mulk obyektlari, keyinchalik mulkdorlar oʻzgarganidan qatʼi nazar, ilgari xususiylashtirilgan binolar, noturarjoy xonalari va qurilishi tugallanmagan koʻchmas mulk obyektlari sifatida eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari xususiylashtirilgan binolar va noturar joy xonalari umumiy maydonining 50 foizdan koʻprogʻi (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) soʻnggi 12 oy mobaynida tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da foydalanilmay kelingan boʻlsa, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda tugallanmagan, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud boʻlmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan hollarda ilgari xususiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektlari qurilishi tugallanmagan obyektlar sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Idoralararo komissiya tomonidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarilgandan keyingi oydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini qoʻllayotgan mulkdorlari umumoʻrnatilgan tartibdagi soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga oʻtadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar — mulkdorlar oʻzlariga tegishli qurilishi tugallanmagan obyektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun mulk va yer soliqlarini ikki karra oshirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning 5-bandi quyidagi mulkdorlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami maydoni 2 ming kvadrat metrdan kamroqni tashkil etuvchi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida tadbirkorlik subyektlariga ruxsatnoma hujjatlarini berish funksiyasi yuklangan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning aybi bilan investitsiya loyihasini amalga oshira olmagan mulkdorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini sotib olgan mulkdorlarga nisbatan — sotib olingan sanadan boshlab 12 oy mobaynida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonini sotuvga qoʻygan mulkdorlarga nisbatan — sotuvga qoʻyilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshira boshlagan mulkdorlarga nisbatan — Idoralararo komissiya investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida xulosa bergan sanadan keyingi kalendar choragidan boshlab.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni negizida investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan hollarda mulk va yer soligʻi navbatdagi hisobot yilidan boshlab ikki karra miqdorda oshiriladi va har bir keyingi hisobot yilida ikki karra miqdorda, ammo olti karradan koʻp boʻlmagan oshirib boriluvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari foydalanilmayotgan hamda maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan yer uchastkalari olib qoʻyilishini, boʻshayotgan yer uchastkalari zaxira yerlari toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklariga qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ijarachilarga 5 yil muddatgacha, imtiyozli davri 12 oy boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi D.A. Xidoyatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hududlar boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin hamda uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining majlislarida har chorakda maʼlumot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari R.S. Azimov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlarni va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xoʻjalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etish mexanizmi tatbiq qilinishini har bir hudud boʻyicha koʻrib chiqish jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlariga ular tomonidan ishlab chiqarishlarni yoki xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sotuvga qoʻyilgan hollarda amaliy yordam koʻrsatish chora-tadbirlari roʻyobga chiqarilishini, yangi mulkdorlar aniqlanishini shaxsiy nazorat ostiga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — hududiy Idoralararo komissiyalarning raislari Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda xatlov yakunlari boʻyicha qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining tasdiqlangan roʻyxati mahalliy matbuotda albatta chop etilishini hamda ularning xoʻjalik faoliyatiga tezkorlik bilan jalb etilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda televideniye orqali aholining xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tijorat banklari, masʼul mansabdor shaxslar tomonidan ushbu qarorning moddalari bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi ushbu qaror bilan belgilab berilgan maqsad hamda vazifalar bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2796-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 126-modda, 27-son 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 06/18/3541/0788-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)