Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining
qarori
Qashqadaryo, Navoiy, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimlarining taklifi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bir qancha viloyatlari hokimlarining viloyatga boʻysunuvchi rayon markazi boʻlgan shahar hokimi bilan shu rayon hokimi lavozimlarini birlashtirish maqsadga muvofiq ekanligi toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
584-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 288-modda)