15.02.2017 yildagi PQ-2777-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, koʻrilayotgan choralarga qaramay, joylarda nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari ishlatilmayotganligi sababli chakana savdodan va xizmatlar koʻrsatish sohasidan tijorat banklarining kassalariga naqd pul mablagʻlari tushishi darajasi hamon pastligicha qolmoqda. Natijada naqd pul tushumining kattagina qismi bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish sohasida naqdsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pul mablagʻlari toʻliq hisobga olinishi va bank aylanmasiga jalb etilishini, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilning 1-martidan boshlab chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan toʻlovlar plastik kartochkalar yordamida qabul qilinishini taʼminlaydigan, oʻrnatish majburiy boʻlgan hisob-kitob terminallarini oʻrnatmagan taqdirda oʻz faoliyatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va xizmatlarni elektron tijorat, shu jumladan internet-doʻkon va elektron savdo maydonchalari orqali realizatsiya qiluvchi elektron tijorat subyektlari oʻz faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni taʼminlaydigan virtual terminallarni (E-POS) koʻllagan holda amalga oshirish huquqiga egadirlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5476-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tijorat banklari, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda chakana savdo va pullik xizmatlar koʻrsatish obyektlarini hisob-kitob terminallari mavjudligi boʻyicha inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya yakunlariga koʻra, juda qisqa muddatlarda zarur miqdordagi hisob-kitob terminallari oʻrnatilishini, zarur hollarda, ular uzluksiz elektr taʼminotining texnik vositalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektidan buyurtmanoma tushgan kundan boshlab uzogʻi bilan uch kun ichida yangi oʻrnatilayotgan hisob-kitob terminallari roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, doimiy savdo joylariga ega boʻlmagan va vaqtinchalik joylarda savdo qiluvchi hunarmandlar tomonidan kassa apparatlari va savdo terminallaridan foydalanish, shuningdek savdodan tushgan naqd pul tushumini tijorat banklariga inkassatsiya qilish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari sotilayotgan tovarlar narxini hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar haqini naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlash shakliga qarab ularni sunʼiy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan taqdirda, bunday xatti-harakatlar plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni qabul qilishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish borasida oʻrnatilgan tartibni buzish hisoblanadi va ularga nisbatan eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek oʻrnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar, belgilangan tartibga muvofiq, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining maxsus ruxsatnomasini talab etadigan soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek oʻrnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan, belgilangan tartibga muvofiq, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish tashkilotlarida doimiy asosda tekshiruvlarni oʻtkazib tursin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob terminallari bilan jihozlash va ulardan amalda foydalanishni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish va ularga mulk sifatida sotish mexanizmini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining isteʼmol ehtiyoji va ishlab chiqarish faoliyatini ragʻbatlantirish, shuningdek naqdsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida plastik kartochkalardan foydalangan holda aholini isteʼmol sohasida qisqa muddatli kreditlashning xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklariga, istisno tariqasida, 2017-2018-yillar mobaynida Protsessing markazlarining texnik tavsifnomalariga muvofiq, hisob-kitob toʻlov terminallari, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalarga tender-tanlov savdolarini oʻtkazmasdan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekenergo” AJ bilan birgalikda respublikaning togʻli va olis hududlariga alohida eʼtibor bergan holda, toʻlovlarni plastik kartochkalar yordamida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlangan chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish obyektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga yuridik va jismoniy shaxslardan banklardagi hisobvaraqlardan naqd mablagʻlarni berishda va plastik kartochkalardan foydalanib, toʻlovlarni amalga oshirishda qoidabuzarlik faktlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda, murojaatlarda koʻrsatilgan faktlar tasdiqlangan hollarda, uch kun muddatda ularni bartaraf etish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortish yuzasidan aniq choralar koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi muntazam asosda tadbirkorlik subyektlari orasida nazorat-kassa mashinalarisiz hamda toʻlovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarisiz faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tovarlarni sotish va xizmatlar haqini toʻlashning ushbu qarordan kelib chiqadigan normalari va qoidalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda bevosita aholiga tushuntirish jadvallarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2777-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 113-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5476/1504-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)