Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF—2342-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 28-avgustdagi 669-I-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan, shuningdek bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonlarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasiga, Oliy xoʻjalik sudiga Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-noyabrdagi 460-son qarorini bajarish, iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va sanatsiya qilish, bankrot korxonalar mol-mulkini sotib yuborish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi koʻrsatib oʻtilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va kompaniyalar ishtirokida zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini 1999-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha chuqur tahlil qilsin, tugatiladigan, istiqbolsiz korxonalarning aniq roʻyxatini aniqlasin, mulkida davlat mulki boʻlgan korxonalarni tugatish, sanatsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ilgari tasdiqlangan dasturlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonlarining amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin, ushbu ishlarning qoniqarsiz amalga oshirilganligi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati masalalarini koʻrib chiqsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
sanatsiya qilinayotgan korxonalar faoliyatining, ular biznes-rejalari va moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturlari amalga oshirilishining samarali monitoringini taʼminlasin;
idoralararo tarmoq ishchi guruhlari ishlarini faollashtirsin, ularning axborotlarini muntazam ravishda eshitib borsin, ishchi guruhlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika koʻchmas mulk birjasi, agrosanoat va tovar-xomashyo birjalari bilan birgalikda tugatilayotgan korxonalarning mol-mulkini sotish boʻyicha kimoshdi savdolari tarmogʻi kengaytirilishini va kimoshdi savdolarining muntazam oʻtkazilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy sogʻlomlashtirish istiqboli boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jamgʻarmasining qaytarish asosidagi mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga:
respublika mintaqalarida korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha xoʻjalik sudlarining faoliyatini faollashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda, tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda rasmiyatchilik va sansalorlik hollarini bartaraf etish, bunday hollarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
iqtisodiy nochorlik haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan oʻz vaqtida takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
8. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Mulkida davlat mulki boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi yangilangan Namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
oʻn kun muddatda xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
ikki oy muddatda Qoʻmita markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga oshirilishi masalalari yilning har choragida Vazirlar Mahkamasi majlislarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishini baholash chogʻida koʻrib borilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-iyul,
362-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18-fevraldagi 2004-yil 77-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son hamda “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son farmonlariga asosan ishlab chiqilgan va bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Suddan oldin sanatsiyalash (bundan keyin sanatsiyalash deb ataladi) bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdor korxona — yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdorning kreditorlari va boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlardan iborat boʻladi.
Suddan oldin sanatsiyalash qarzdor korxonaning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgungacha amalga oshiriladi va qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash hamda uning kelgusida samarali faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni maqsad qilib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
4. Ushbu Nizomning amal qilishi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiyalashga tatbiq etilmaydi.
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
5. Qarzdor korxona-yuridik shaxsning muassislari (qatnashchilari), qarzdor korxona mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar sanatsiyalash subyektlari boʻlishi mumkin.
6. Qarzdor korxona sanatsiyalash obyekti hisoblanadi.
7. Quyidagilar birinchi navbatda sanatsiya qilinadi:
hayotiy muhim oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari hamda dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
davlat mudofaa qudrati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonalar;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydigan bazaviy tarmoqlar (kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlar) korxonalari;
raqobatga bardoshli, eksportbop, importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar;
zamonaviy, yuqori unumli texnika ishlab chiqarishni va iqtisodiyot sohasiga yangi, progressiv, resursni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar.
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori bilan yettinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
8. Faoliyatni davom ettirish uchun qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning aniq imkoniyati mavjudligidan dalolat beradigan moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiya qilinadigan obyektlar qatoriga kiritishning asosiy mezoni hisoblanadi.
III. SANATSIYALAShNI OʻTKAZIShNING ShAKL VA USULLARI
9. Sanatsiyalash ham toʻlanadigan, ham toʻlanmaydigan asosda davlat mablagʻlari ishtirokida yoki ishtirokisiz, shu jumladan tanlov asosida quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
qarzlarni oʻzaro surishishni tashkil etish;
toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
ishlab chiqarishni raqobatbardoshli mahsulot chiqarishga qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashdan va uning faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
kreditorga toʻlovlar muddatini uzaytirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdor korxonaning faoliyatini davom ettirish uchun qarzlardan chegirish toʻgʻrisida ular oʻrtasida ahdlashuvga erishishga yoʻnaltirilgan qarzdor korxona va kreditor (kreditorlar) oʻrtasida bitim tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
yuridik shaxs — qarzdor korxonani qayta tashkil etish;
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishga yordam beradigan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish jamgʻarmasidan mablagʻlarni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yoki kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish kengashi qarori asosida tarkibiy oʻzgartirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun, tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida, maqsadli ajratish;
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish;
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalash tartiboti Hukumat qarorlariga binoan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
11. Quyidagilar sanatsiyalash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
korxonalar egalari, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
(11-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V. MULKIDA DAVLAT ULUShI BOʻLGAN KORXONALARNI HAMDA DAVLAT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING OʻTKAZILIShINI NAZORAT QILISh
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sanatsiyalash, shuningdek sanatsiyalash uchun davlat mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi qabul qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yoki davlat mulkini jalb etish yuzasidan murojaatnoma Qoʻmitaga beriladi. Qoʻmita korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash asosida qarzdor xoʻjalik subyektining toʻlovga qodirligini tiklashning aniq imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Xulosa tayyorlash uchun qarzdor korxona Qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot yilining joriy davri hamda oldingi yilning buxgalteriya balanslari;
taʼsis hujjatlarining nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki zaxiralardan foydalanish imkoniyatlari puxta tahlil qilingan, shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotga haq toʻlashga qodir ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi tegishli shartnomalar koʻrsatilgan, mulkdor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy sogʻlomlashtirish rejasi;
korxonaning qarzlari boʻyicha mahalliy soliq organi bilan solishtirish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
hisob raqamlarining holati toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qoʻmita xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qoʻllanilishi, korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining xulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarni davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni tashkil etish va uning monitoringi Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
16. Sanatsiyalash uni oʻtkazish muddati tugashi, uning samarasiz ekanligi aniqlanishi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi munosabati bilan va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablarga koʻra toʻxtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mablagʻlarini jalb etgan holda sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-avgustdagi 2005-yil 185-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 235-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorida:
qarorning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2 va 3-ilovalardagi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy organlariga koʻrsatmalar chiqarib tashlansin;
2-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bilan kelishgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoʻmitaga yiliga Jamgʻarma mablagʻlarining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdoridan Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorida 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qarorining Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va uning hududiy organlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan Respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga 1-ilovadagi toʻrtinchi komissiyaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 42-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 7-8-son, 62-modda, 12-son, 99-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda, 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)